So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  3 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  9 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  4 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

Abdusamad Do'rmonov “Neftchi”ga qaytdi Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov “Neftchi”ga qaytdi

Farg'onaliklar ham malum muddatli tatildan so'ng yana o'z qarorgohida yig'ilmoqda.

Klubga oid eng so'nggi yangilik deb esa Abdusamad Do'rmonovni yana “Neftchi”ga qaytganini aytish lozim. Muxlislarga yaxshi malumki, Do'rmonovlarning to'ng'ichi “Neftchi” uchun begona emas. Sababi futbolchilik davrida eng yorqin damlarini aynan Farg'ona klubida o'tkazib, keyinchalik ham ushbu jamoa murabbiylar shtabida samarali ish olib borgan Do'rmonovni mahalliy ishqibozlar doimo qadrlaydi.

Ilgari “Neftchi” yoshlar jamoasini boshqargan kezlarida faqat medallar uchun kurashib, asosiy tarkibga munosib kadrlarni etishtirib bergan Abdusamad Do'rmonovni hech ikkilanmasdan bemalol yoshlar bilan ishlash hadisini olgan murabbiylar qatoriga qo'shish mumkin. SHu bois bo'lsa kerak, rahbariyat yana ushbu mutaxassisni jamoaga qaytarishga qaror qildi. Kelasi yil Do'rmonov asosiy jamoada Andrey Fyodorovga yordam beradi yoki yoshlar jamoasi boshqaruvini o'z qo'liga olishi mumkin. Hozircha bu borada aniq to'xtamga kelinmadi.

Bosh murabbiy Andrey Vitalevich Moskvadan qaytib kelgach, ushbu masalaga oydinlik kiritilishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz Do'rmonovning bungacha so'nggi jamoasi birinchi liga qatnashchisi “Yozyovon-Lochinlari” edi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика