So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  2 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  3 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Abdusamad Do'rmonov: "Bunday jamoalar bilan o'yinlar har doim qiyin o'tgan" Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov: "Bunday jamoalar bilan o'yinlar har doim qiyin o'tgan"

Pro liga 13-turdan o'rin olgan "Zomin" - "Neftchi" (2:4) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin haqida nima desam bo'ladi, boshida ikkita gol urganimizdan so'ng yigitlar bo'shashishdi. Futbolda har qanday vaziyatga tayyor turish kerak. Ikkita gol urdik degani g'alaba qozonishimizni anglatmasdi. "Zomin" esa o'yinni kuchaytirdi va ikkita to'p kiritdi",- deydi Abdusamad Do'rmonov.

- Jamoa bugun qarshi hujumlarda harakat qildi. Ikkita goldan so'ng esa xotirjamlikka berildi. O'tkazib yuborilgan ikkita golga nimani sabab sifatida ko'rsata olasiz?
- Qaysidir manoda bu ikki gol yordam berdi. Ko'rdinglar, hisob 2:0 paytida yigitlar bo'shashishdi. Birinchisi penaltidan, ikkinchi gol darhaqiqat ajoyib chiqdi. Bunday jamoalar bilan o'yinlar har doim juda qiyin o'tishini yigitlarga tushuntirgan edik.

- 14-turdan so'ng Pro liga bahslari ikki guruhga bo'lingan holda davom ettiriladi. Sizni bunga munosabatingiz qanday?
- Bu qaror boshida qabul qilingan edi. O'tgan mavsumda Pro ligada sakkizta jamoa to'rtta davra o'ynagandi. Pandemiya sabab ko'p narsa o'zgarib ketdi, videokonferenciyada ikki davra o'ynab, to'rttadan ikki guruhga bo'linish taklifi bildirildi. Birinchi minimal vazifa kuchli to'rtlikka kirish edi. Endi to'rtta jamoa ichida yuqori o'rinlar uchun kurashamiz. Bunda har bir uchrashuv final hisoblanadi. Yigitlarga ishonamiz. Mehnat qilgan holda vazifani bajarishga harakat qilamiz.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика