So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  2 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  19 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  76 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Abdusalom Azizov O'FAda katta yig'ilish o'tkazdi Yangiliklar

Abdusalom Azizov O'FAda katta yig'ilish o'tkazdi

O'zbekiston futbol Associaciyasi prezidenti Abdusalom Azizov bugun terma jamoa murabbiylari va O'FA vakillari uchun katta yig'ilish o'tkazdi.

"Zamonaviy futbolga etib olishimiz uchun hali ko'p ish qilishimiz kerakligini anglab etdik. Osiyo kubogida ikkinchi o'rinni olganimizdan havolanishimiz kerak emas. Kamchiliklar ham ko'rindi. Oldimizda 17 va 20 yoshli futbolchilar ishtirokida jiddiy musobaqa turibdi. Sizlardan ham Kapadzening jamoasiga o'xshab mana shunday sifatli o'yin ko'rsatishinglarni so'rayman. Umid qilaman, faqat istedodli futbolchilar topilgan holda tarkibdan joy olishadi", - deydi Abdusalom Azizov.


Osiyo kubogini o'tkazishda yordam qilganligi uchun, O'FA prezidenti Toshkent va Qashqadaryo viloyati futbol associaciyalari va ularning prezidentlari, shuningdek, "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Nasaf" jamoalarini ham eslab o'tdi. Undan tashqari MTJ o'yinlari ishtirokidagi o'yinlarni bekamu-ko'st o'tkazganiga Namangan viloyatiga ham minnatdorchilik bildirildi.

O'z so'zlarini yakunlagan Abdusalom Azizov, yig'ilgan mutaxassislardan keyingi faoliyat haqida fikr so'radi. SHu o'rinda Srechko Katanec ham o'tgan musobaqa haqida to'xtalib, keyinchalik terma jamoa o'yinlariga bo'lgan munosabatni yanada oshirishni so'radi.

"Oldimizda katta maqsad bor, barchamiz birgalikda amalga oshirgan natijamiz boshlanishi bo'lishi kerak. Bugungi kunda OTJ uchun yaratilgan sharoit uchun rahmat aytgan holda, o'z kamchiliklarimizdan to'g'ri xulosa chiqarib, bundan ham kuchli bo'lishga harakat qilamiz", - deydi Timur Kapadze.


Murabbiylarning fikrini tinglagan rahbar, muxlislar haqida to'xtalmay o'tmadi:
- So'nggi yillarda bunday ajiotajni ko'rmagan edik. Terma jamoamiz o'z o'yinlari bilan muxlislarni stadionga qaytara oldi, bu katta masuliyat beradi. Endi ularning hurmatini joyiga qo'ygan holda, masuliyat bilan ishga yondoshishimiz kerak.


Ayni paytda davom etayotgan yig'ilishda, Abdusalom Azizov O'FA xodimlaridan kerakli hisobotni tinglab boshqa qator masalalarni ham muhokama qildi.


Rahbar O'FAning xalqaro bo'limidan terma jamoa uchun yaxshi saviyadagi kuchli raqiblarni topish kerakligini aytib o'tdi:
Biz doim bir xil raqiblar bilan o'ynaymiz. Keyingi raqiblarimiz terma jamoamizdan kuchli bo'lishi kerak. SHunda biz sifatga erishamiz, iltimos, o'z vazifangizga masuliyat bilan yondoshing!

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика