Abdurauf Bo'riev milliy jamoadan olimpiya terma jamoasi safiga o'tkazildi
Alisher
9 iyun 2024
O'zbekiston MTJ yarim himoyachisi Abdurauf Bo'riev Olimpiya terma jamoasiga o'tkazildi.
"Milliy jamoa yig'iniga jalb etilgan futbolchimiz Abdurauf Bo'riev murabbiylarning kelishuviga muvofiq, o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida Olimpiyachilarimizning safiga borib qo'shildi", - deyiladi xabarda.