Abdurauf Bo'riev: "Lokomotiv" 5 himoyachi bilan o'ynagani sabab qiyinchilikka duch keldik"
18 okt 2022 09:25
Yangiliklar


Abdurauf Bo'riev: "Lokomotiv" 5 himoyachi bilan o'ynagani sabab qiyinchilikka duch keldik"
Coca-Cola Superligasining 22-turidan o'rin olgan “Lokomotiv" - "Olimpik" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar futbolchisi Abdurauf Bo'riev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Qiyin o'yin bo'ldi. "Lokomotiv" 5 ta himoyachi bilan o'ynagani bizga yorib o'tishda qiyinchilik tug'dirdi. Tezkor gol ham tasir qildi. Futbolda oxirigacha kurashish kerak. SHukr, bugun g'alabaga erishdik.
- Jamoada sheriklarning almashib turishi qiyinchilik tug'dirmaydimi?
- Yo'q, qiyin bo'layotgani yo'q. Ular bilan oldindan o'ynab kelamiz.
- Jamoada muammo yo'qmi? Birinchi bo'limda "Olimpik"da ishtiyoq yo'qdek ko'rindi...
- Yo'q, bizda va jamoamizda hammasi yaxshi. Birinchi bo'limda mezbonlarning 5 talik himoya chizig'i bizga ozroq qiyinchilik tug'dirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar