So’nggi yangiliklar

22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  0 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  6 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  4 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  19 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  14 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  1 17:50Осимхен "Ювентус"ни рад этди. АПЛнинг 2 та клуби уни трансфер қилмоқчи  1 17:26"Қўқон-1912" "Қизилқум"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05Модричга "Реал"дан янги таклиф тушмади – Ла Лиганинг навбатдаги турида хайрлашув кутилмоқда  4 16:30Хаби Алонсо "Байер"дан Мадридга асосий ҳимоячисини олиб кетади  16

Abdurashid Ismoilov: "UzDongJu"ning maqsadi birinchi o'rinni olib oliy ligaga chiqish" Yangiliklar

Abdurashid Ismoilov: "UzDongJu"ning maqsadi birinchi o'rinni olib oliy ligaga chiqish"

Dinamo - UzDongJu (1:0) o'yinidan keyin UzDongJu bosh murabbiyi Abdurashid Ismoilov uchrashuv borasidagi fikrlarini bildirdi.

- Bugungi uchrashuv borasidagi fikrlaringiz?

- Samarqandda og'ir uchrashuv bo'lishini kutgandik. CHunki, Dinamo Oliy Ligadan quyi ligaga tushgan bo'lsada, hozirda yana Oliy Ligaga qaytishni maqsad qilgan. SHuni bilgan holda Samarqandga puxta tayyorgarlik bilan kelgandik. SHu bilan birga raqib ham bizga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rganligi ko'rindi. Ular tajriba bobida ustun kelishdi. Bugun omad ham ular tomonda bo'ldi va g'alaba qozonishdi. O'ylaymanki, keyingi o'yinlardan biz yana maqsadimiz sari olg'a intilamiz.

- O'yin juda keskin o'tdi, ogohlantirishlar, chetlatish va penalti. O'yinga nimadir tasir qildimi?

- Uchrashuvning keskin va asabiy o'tishini kutgandik. Hakamlar qarorlariga kelsak, ularni ishini baholash mening emas, nazoratchilarning vakolatiga kiradi. Men faqat shogirdlarim o'yini haqida gapirishim mumkin.

- UzDongJu 3-turda Zominga qarshi maydonga tushishi kerak edi. Bahs o'tkazilmagach, jamoangizga texnik g'alaba yozildi. SHu kuni Yangierdagi o'yin o'tkazilmasligiga nima sabab bo'ldi?

- Mezbon jamoa Zomin o'yinning Yangierda o'tishini malum qilgandi. Uchrashuvga o'z vaqtida etib bordik, ammo Yangier stadionida o'yin o'tkazilmasligini bildirishdi. Bizga aytilishicha, mezbon jamoa va stadion Yangierda o'tishi kerak bo'lgan o'yinni Sirdaryo viloyati IIBga malum qilmagan. Yani ularga aytib, ruxsat olishmagan. CHunki stadionda tartibni saqlash xodimlari bo'lishi shart.

- UzDongJu 4 o'yinda 9 ochko jamg'ardi. Bu yomon natija emas. Klub oldiga muayan vazifa qo'yilganmi?

- Albatta. Har bir klub va murabbiyning o'z oldiga qo'ygan maqsadi bo'ladi. Bilasiz, UzDongJu 2008 yilda Oliy Ligada ishtirok etgandi. Bu yil ham birinchi o'rinni egallab, Oliy Ligaga chiqishni maqsad qilganmiz.

Dinamo Matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика