So’nggi yangiliklar

10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  0 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  1 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  4 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  10 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  8 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  3 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8

Abduqahhor Xojiakbarov: "Olmaliq" bu yil yuqori o'rinlar uchun kurashadi" Yangiliklar

Abduqahhor Xojiakbarov: "Olmaliq" bu yil yuqori o'rinlar uchun kurashadi"

Iqtidorli himoyachi Xojiakbarov joriy mavsumni "Olmaliq"da o'tkazadigan bo'ldi.
Aslini olganda, Abduqahhor uchun bu jamoa begona emas. Sababi 2011-2012 yilgi mavsumlarda ham himoyachi "Olmaliq" sharafini himoya qilgan.

Yaqinda Abduqahhor shartnomaga imzo chekkach, "SA"ga intervyu berdi.

- Abduqahhor, malum muddatlik tanaffusdan so'ng yana"Olmaliq"qa qaytishingizni qanday izohlaysiz?

- Oldimda bundan boshqa takliflar ham bor edi. Lekin Igor SHkvirin jamoasidan bo'lgan chorlov menga har tomonlama maqul keldi. Qolaversa bu jamoa aytib o'tganingizdek, menga begona emas. Yakdil va kurashuvchan klub shakllantirilgan.

- "Bunyodkor" bilan o'zaro bitim poyoniga etgach, bu klubda qolish imkoni ham bormidi?
- Ha, qolishim ham mumkin edi. Lekin "Olmaliq"ning taklifini rad etib bo'lmasdi.

- Yangi jamoaga kirishib ketishingiz qiyin bo'lmagandir?

- Yo'q, jamoadagi futbolchilarning deyarli barchasini yaxshi bilaman. Ular bilan o'zaro munosabatimiz ham juda yaxshi bo'lib kelgan. SHuning uchun ham moslashib olishga ko'p vaqt ketmadi.

- Klubda necha yil o'ynamoqchisiz?

- Kelishuvimiz hozircha bir yilni o'z ichiga oladi. Qolganini esa vaqt ko'rsatadi.

- Aytishlaricha, joriy yil "Olmaliq" klubi oldiga yuqori maqsadlar qo'yilayotgan ekan. CHindan ham shundaymi?

- Hozircha bu borada rahbariyat oldimizga aniq vazifa qo'ymadi. Balki bu chempionat boshlanishi oldidan o'tkaziladigan yig'ilishda aytilsa kerak. Lekin bu tarkib bilan har bir o'yinda faqat g'alaba uchun o'ynab, yuqori o'rinlar uchun kurashamiz.

- Olmaliqqa borganingizda nimalarni o'zgarganiga guvoh bo'ldingiz?

- Bu erda ijobiy ishlar qilinganini ko'rish mumkin. Yangi zamonaviy stadion qad rostlagan. Qisqacha aytganda, oldinga siljish bor.

- O'z oldigizga qanday maqsadlar qo'ymoqdasiz?
- Jamoamning har bir o'yinida ishtirok etib, uning g'alabalariga o'z hissamni qo'shishni istayman.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика