Abduqahhor Xojiakbarov: "Nasaf haqli tarzda g'alaba qozondi"
10 avg 2015 02:41
Yangiliklar


Abduqahhor Xojiakbarov: "Nasaf haqli tarzda g'alaba qozondi"
"Olmaliq" jamoasi himoyachisi Abduqahhor Xojiakbarov "Nasaf" bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng saytimizga o'yin haqida qisqacha intervyu berdi.
"O'yin qiziqarli kechdi. O'ylashimcha, bu uchrashuv tomoshabinlarga manzur keldi. Qarshida "Nasaf" uncha-muncha jamoalarga engilmaydi. "Nasaf" shu kuni juda yaxshi o'ynadi va haqli g'alabaga erishdi. Biz ham yomon harakat qilmadik. Biroq o'zimiz istagan o'yinni ko'rsata olmaganimiz bois, mag'lubiyatga uchradik. "Nasaf" bizdan ko'ra mazmunliroq va kuchliroq o'ynadi. Ikkinchi davra jamoamiz uchun ko'ngildagidek boshlanmadi. O'z maydonimizda bo'lgan "Paxtakor"ga qarshi bahsda ham imkoniyatni boy berib qo'ygandik. O'sha o'yinda yomon taassurot qoldirmagandik. Lekin raqib yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalangani sabab g'alaba qozongandi. Kelgusi o'yinlarda g'alaba qozonib, muxlislarimizni shod etamiz degan umiddaman", - deydi Abduqahhor Xojiakbarov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar