Abduqahhor Xojiakbarov: “Andijonda o'ynash har doim qiyin bo'lgan”
19 iyu 2016 11:48
Yangiliklar
Abduqahhor Xojiakbarov: “Andijonda o'ynash har doim qiyin bo'lgan”
Oliy liganing 12-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Olmaliq” uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa himoyachisi Abduqahhor Xojiakbarov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- O'yin qiyin bo'lishini oldindan bilgandik. CHunki mezbonlar ham o'z muxlislari qarshisida faqat g'alaba uchun o'ynardi. Qolaversa Andijonda o'ynash har doim qiyin bo'lgan. Ishqibozlar daldasi ham mezbonlarga qo'l kelishi aniq. Buni oldindan bilgan xolda, shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik.
- Bungacha joriy chempionat hisobidan mehmonda g'alaba qozonmagandik. Ushbu yoqimsiz ananaga barham berish uchun astoydil xarakat qildik va maqsadimizga erishdik.
- “Andijon” jamoasi ko'rinib turibdi yaxshi murabbiy qo'li ostida ekanligi. Bizda ular juda yaxshi taassurot qoldirdi. To'g'ri, bu jamoa omadsizlikka duch kelib turibdi. Lekin bu vaqtinchalik deb o'ylayman va “Andijon”ga keyingi o'yinlarda omad tilayman.
- Durang natijasi ham bizni qoniqtirarmidi? Yo'q, Andijonga faqat uch ochko olish maqsadida kelgandik – deydi Xojiakbarov.
"Andijon" matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
00:05
A Seriya. "Inter" "Milan"ga qarshi o'yinning oxirgi daqiqalarida mag'lubiyatdan qutulib qoldi 12
Fikrlar