Abduqahhor Marufaliev: “Bunyodkor”ga qarshi o'yin oson bo'lmaydi"
29 iyu 2016 16:16
Yangiliklar
Abduqahhor Marufaliev: “Bunyodkor”ga qarshi o'yin oson bo'lmaydi"
O'zbekiston kubogining “Bunyodkor” – “Metallurg” jamoalari o'rtasidagi chorak final dastlabki o'yinidan oldin bekobodliklar ustozi Abduqahhor Marufaliev o'z fikrlarini bildirdi.
- “Bunyodkor” mamlakatimizning eng kuchli jamoalaridan biri. Bu jamoa bu yilgi mavsumni juda ko'tarinki kayfiyatda o'tkazayapti. Jamoada iqtidorli yosh o'yinchilar jamlanishgan. Ular hamisha g'alaba ishtiyoqida maydonga chiqishadi. SHu manoda O'zbekiston kubogining chorak finalidagi to'qnashuvimiz biz uchun oson kechmaydi. CHempionatning birinchi davrasida “qaldirg'ochlar” bilan o'z uyimizda durang o'ynagandik. Lekin, bitta mavsumda “Bunyodkor” bilan ketma ket uchrashuvlarda muvaffaqiyatli o'ynash, ijobiy natijaga erishish uchun “boshdan baland sakrash” lozim. Ammo biz ham qarab turmaymiz. Kubok o'yinida jamoalarning imkoniyatlari hamisha teng baholanadi. SHunday ekan, “Metallurg” bugun ishqibozlar uchun chiroyli futbol namoyish etadi, deydi Abduqahhor Marufaliev.
"Metallurg" matbuot xizmati
"Metallurg" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
"Хоразм" Суперлигада қолди, "Бухоро" Нукусга боради
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
Николя Пепе: "Роналду Месси ҳақида жуда кўп гапиради. "Наруто"да ким тинмай валдирайди? Саске. Ким жим юради? Наруто"
Fikrlar