So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  0 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  9 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Abdumalik Hakimov: “Nasaf-2”ni mahorat evaziga mag'lub etdik” Yangiliklar

Abdumalik Hakimov: “Nasaf-2”ni mahorat evaziga mag'lub etdik”

Etibor berayotgan bo'lsangiz, birinchi liganing har bir turidan so'ng unda ishtirok etayotgan jamoalarning murabbiylari bilan suhbat uyushtirib, hukmingizga havola etib kelmoqdamiz.

Kuni-kecha 8-tur bahslari bo'lib o'tdi. Quvasoyning “Cementchi” jamoasi Qarshida “Nasaf-2” mehmoni bo'lib, yirik 5:1 hisobida g'alabaga erishdi. O'yindan keyin “Cementchi” ustozi Abdumalik Hakimov bilan bog'lanib, maqsadimizni aytganimizda, murabbiy biroz kamtarlik qilib, bitta g'alabadan keyin tezda intervyu bersak, qandoq bo'larkin deya kulib qo'ydi. SHunga qaramay, ahdimizdan qaytmasdan, Hakimovni suhbatga ko'ndirdik. O'ylaymizki, uning fikrlari “Cementchi” muxlislarini qiziqtirmasdan qolmaydi.

- Avvalo jamoangizning yirik hisobdagi g'alabasi bilan tabriklaymiz. “Nasaf-2”ga qarshi kechgan bahs haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz.
- “Nasaf-2” yaxshi jamoa. U erda asosan akademiya tarbiyalanuvchilari o'ynamoqda. Kurashchan klub sifatida shakllanib borayotganini etirof etgan bo'lardim. Rostini aytganda, bizning futbolchilar ularga nisbatan mahorat bobida ustunroq. Uchrashuv davomida tajriba baribir o'z so'zini aytdi.

- Yirik hisobdagi g'alabani aynan mahorat evaziga qo'lga kiritdinglar. SHundaymi?
- Ha. Birinchi bo'limda mezbonlarda gol urish uchun imkoniyatlar bo'lgandi. Ammo ketma-ket biz gol urgach, ustunlik jamoamiz tomoniga o'tdi. Yakunda maqsadimizga erishdik va shu tariqa qimmatli ochkoni qo'lga kiritdik. Albatta bu orqali ashaddiy ishqibozlarimizni xursand eta olganimizdan mamnunmiz.

- Gollarning mualliflariga etibor qaratsak, “Neftchi” tarkibidan kelib qo'shilgan futbolchilar ekanligini ko'ramiz...
- To'g'ri, aytib o'tdingiz. Nodirxon Kamolov, Jahongir Dadaboev va Alisher Fayzullaev bungacha viloyatimizning bosh jamoasi “Neftchi”da edi. Ularning ko'magi sezilarli bo'lmoqda. SHu kungacha to'plagan tajribasi asqotmoqda. Aslida bu kabi o'yinchilarni tarkibga jalb etishdan maqsad ham yanada kuchayish va raqobatni oshirish edi. Umuman olganda, davralar oralig'ida jamoamizga kelib qo'shilgan futbolchilarning yordami katta bo'lmoqda deyish mumkin.

- Jamoa sardori Dilshod Eminovni so'nggi paytlarda maydonda ko'rmayapmiz. Bu nima bilan bog'liq?
- Bilasizmi 4-turda safarda “Xorazm”ga qarshi kechgan bahs keskin va qo'polliklarga boy tarzda o'tdi. Mazkur uchrashuvni boshqarib borgan hakamning ishini muhokama qilmoqchi emasmanu, lekin o'sha Eminov jaroxat olgan paytda raqib futbolchisi to'pga emas, uning tizzasiga zarba berdi. Natijada Dilshod og'ir jaroxat oldi va ayni damda davolanish band. Ochig'i o'sha vaziyatda raqibga sariq kartochka ham ko'rsatilmagani bizni hayron qoldirdi. SHaxsan men o'zim yigitlarga har bir uchrashuvdan oldin, tartibli o'yin namoyish etishini uqtirib boraman. Raqibga xurmat bilan qarash kerakligini takidlayman. To'g'ri, bu – futbol. Lekin ochiqdan-ochiqdan zarba berish ham yaxshi emas. Bizda har bir sariq va qizil kartochka uchun moddiy jarima joriy etilgan. Kim uchrashuv chog'ida kartochka olsa, keyin butun jamoa oldida bunga javob beradi va kerak bo'lsa, oylik maoshidan jarimaga tortamiz.

- Natija ijobiy bo'lishi uchun tartib-intizom ham asosiy o'ringa chiqishi kerak deyishadiku.
- Albatta. Intizom bor joyda, ahillik bo'ladi. Ishingizni unumi o'zini uzoq kuttirib qo'ymaydi. SHu bois “Cementchi”da ham eng avvalo tartib-intizomni birinchi o'rinda turadi. Agarda kimda-kim klubning qonun-qoidalariga amal qilmasa, u bilan xayrlashishga majbur bo'lamiz. Bu futbolchi xoh etakchi bo'lsin, to'purar bo'lsin baribir jamoani tark etadi. Bundaylar shu kungacha uchradi.

- “Cementchi” o'yin borasida raqiblariga yutqazmayotgan bo'lsada, ammo ayrim bahslarda qimmatli ochkolardan mahrum bo'lmoqda. Jamoaga barqarorlik etishmayotgandek. Fikrimizga qo'shilasizmi
- Biz bu yil endi yangi jamoani tuzib, shakllantirib bormoqdamiz. Tayyorgarlikni yanvar oyidan boshlagandik. Mana oradan 9 oy vaqt o'tdi. SHu kungacha ko'plab futbolchilarni sinovdan o'tkazdik va talabga mos tushganlarini imkon qadar olib qolishga erishdik. Ikkinchi davra arafasida ham tarkibda jiddiy o'zgarishlarga qo'l urdik. Kurashchan jamoani yaratish uchun malum bir vaqt ketadi. Bir yilda ko'zlagan maqsadga erishish qiyin. Yaxshi hamki jamoaga kelib qo'shilgan yangi futbolchilar farg'onalik. Bu ham qaysidir manoda ularning jamoaga moslashib ketishida muhim o'rin tutdi. SHuni aytishni istardimki, biz kutgan o'yin endi-endi chiqa boshlamoqda va natija ham albatta bo'ladi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика