So’nggi yangiliklar

08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  5 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3

Abdumalik Hakimov: “Kurslar biz uchun omadli o'tmoqda” Yangiliklar

Abdumalik Hakimov: “Kurslar biz uchun omadli o'tmoqda”

Avval xabar berganimizdek, CHig'atoyda murabbiylar uchun navbatdagi o'quv-kurslari bo'lib o'tmoqda. “V” licenziyasiga bo'layotgan o'qishda “Cementchi” bosh murabbiyi Abdumalik Hakimov ham ishtirok etmoqda.
- “V” licenziyasi uchun o'tayotgan mazkur kurslar biz murabbiylar uchun omadli bo'lmoqda desam yanglishmagan bo'laman. Negaki, kurs davomida bir nechta mutaxassislarning talimini oldik. Avvaliga Islom Ahmedov boshchiligida start oldi. U kishiga “Navbahor”dan taklif bo'lgach, kursga OFKning yana bir instruktori Usmon Toshev boshchilik qilib, bizga o'z maruzalari bilan bilim berdi. Usmon Qudratovich ham yaqinda xorij jo'nab ketdi. Endilikda bizga Farhod Abdullaev ustozlik qilmoqda. OFK instruktori va oliy liga nazoratchisi bo'lgan Farhod Alisherovich ham turli video tasmalar bilan saboq berib kelmoqda. Bularning har biridan turlicha bilim oldik. Albatta hammasi kelajakda asqotishi tabiiy. Asosiysi rang-baranglik bor.

- O'qish bilan birga Toshkentdagi rasmiy bahslarga borib, tahlil qilyapmiz. Xususan “Paxtakor” va “Bunyodkor”ni OCHL doirasidan o'rin olgan uydagi bahslariga tashrif buyurdik. Xullasa kurs haqida fikrim ijobiy. Ajoyib taassurot qoldirmoqda. Bu men uchun muhim edi.

- O'qish yakunida olgan bilimlarimiz asosida referat yozib, imtihon topshiramiz.

- Men va yordamchim Ilhom Zaylobiddinov ayni dam “V” licenziyasi uchun o'qiyotgan bo'lsakda, “Cementchi”da ishlar reja asosida ketmoqda. Boshqa yordamchi murabbiy bor. U bilan har kuni bog'lanib, klub xolidan xabar olib turibman.

- 5 mart kuni futbolchilar Toshkentga kelib, tibbiy ko'rikdan o'tib ketdi. SHunda o'yinchilar bilan ham gaplashib oldik. Tarkibda jiddiy o'zgarishlar yo'q. Faqat Umid Boqiev bilan xayrlashganimizi aytib o'tishim kerak. Markaziy yarim himoyachi bilan sharoitlar borasida kelisha olmadik. Uning o'rniga “Neftchi”dan Alisher Fayzullaevni ijaraga olganmiz – deydi Abdumalik Hakimov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика