Abdumalik Hakimov: Biz uchun qo'rqinchi hisob bo'lgani yo'q"
12 iyu 2015 21:47
Yangiliklar

Abdumalik Hakimov: Biz uchun qo'rqinchi hisob bo'lgani yo'q"
Bugun bo'lib o'tgan O'zbekiston kubogining 1/8 finalining "Mashal" - "Cementchi" (2:1) o'rtasidagi dastlabki uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Abdumalik Hakimov o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Haqiqiy va ajoyib futbol ko'rdik. Men "Mashal"ning kuchli jamoa ekanligini bilgan edim. Ular anchagina shakllangan va Oliy ligada o'z o'rniga egadir. Aynan shu jamoaga qarshi jiddiy tayyorgarlik olib bordik. Hisob haqida aytadigan bo'lsam, bugun biz uchun qo'rqinchili hisob bo'lgani yo'q. Raqibga munosib qarshilik ko'rsatdik" , - deydi Abdumalik Hakimov.
"Bugun g'alaba qozonish niyati kelgan edik. Agar g'alaba qozonganimizda balki o'yindan qonishim mumkin edi. Hali qiyin o'yin va keyingi bosqich masalasi oldinda. Men javob o'yini oldidan hech narsa deya olmayman. Maqsad har bir jamoada bo'ladi va biz ham keyingi bosqichga chiqsak mamnun bo'lamiz".

Fikrlar