So’nggi yangiliklar

01:46Миллатлар лигаси. Германия, Греция ва Нидерландиядан йирик ғалаба, Украина эса кутилмаганда Албанияга мағлуб бўлди  0 01:23"Реал" жамоадаги захира ўйинчисининг ҳаракатларидан ҳайратда  1 00:55Эмерик Лапорт шу ёзда унга "Реал" қизиққани ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  0 00:22"Реал" Киммихни "Барселона"дан илиб кетмоқчи?  2 23:26"Ливерпуль" бир йилдан сўнг текинга "Байер"нинг асосий ўйинчиларидан бирини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 23:00Миллатлар лигаси. Англия Ирландиядан устун келди, Грузия, Молдова ва Арманистондан ишончли ғалаба  2 22:26FourFourTwo ўз талқинига кўра тарихдаги энг яхши итальян мураббийини эълон қилди  8 21:58Луис де ла Фуэнте "Барселона" футболчисининг жароҳатини маълум қилди  1 21:28Нима?! Серхио Рамос "Реал"га қайтиши мумкин  3 20:48Довбик жароҳат сабаб Украина терма жамоасидан Римга қайтди, "Рома" Шомуродовни кейинги ўйинга қўйиши мумкин  7 20:28Ўткир Юсупов қайтди, Ўзбекистон МТЖ машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  16 19:56Мадрид дербисидан аввал "Атлетико" "Реал"дан 2 кун кам дам олади. Бу Симеоне жамоасига ёқмаяпти  2 19:26Журналист: "Мураббий терма жамоани тарк этиши керак эди, унинг услублари эскирди"  9 18:44Трансфер мувозанати бўйича кўрсаткичларда АПЛ клуби 1,3 млрд евро зарарда экан  1 18:21Кроос Роналдунинг 900та голи ҳақида: "Машғулотларда урган голларимни қўшсам ҳам бунча бўлмайди"  3

Abdumajid Toirov “Surxon”da ish boshladi. Akramxo'jaev jamoa bilan birga emas Yangiliklar

Abdumajid Toirov “Surxon”da ish boshladi. Akramxo'jaev jamoa bilan birga emas

Joriy mavsumga yangilangan tarkib bilan kirib kelgan “Surxon” jamoasining chempionatdagi ishlari o'zi istaganidek kechmayapti.

Termizliklar hisobida hozircha bitta g'alaba va bitta durang bor. Albatta bundan rahbariyat va muxlislar qoniqmayotgani turgan gap. SHu bois klubda o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. O'zi futbolda shunaqa. Natija salbiy ko'rinish olsa, o'zgarishlar bo'laveradi. Olgan malumotlarimizga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Rifat Akramxo'jaev “Nasaf”ga (6:0) yirik hisobda imkoniyat boy  berilgach, jamoa bilan birga emas. Rasman jamoa bilan xayrlashmagani uchun hozircha bu borada amaldagi bosh murabbiyni bo'shatildi degan fikrdan o'zimizni tiyamiz. Jamoani hozircha yordamchi murabbiy Bahrom Haydarov boshqarib turibdi. Unga Rustam Oripov ko'maklashmoqda. Klub rahbariyati nafaqat jamoa natijalarini ijobiy tomonga o'zgartirish uchun balki klub tizimini yaratish va uni rivojlantirish maqsadida Abdumajid Toirovni jamoaga qaytarganidan xabar topib,  taniqli mutaxassis bilan bog'landik. 

- Abdumajid aka, Sizni “Surxon” jamoasida ish boshlaganingizni eshitdik. Bunga o'zingizning yordamingizda aniqlik kiritib o'tsak maqsadga muvofiq bo'lardi. 

- Ha, bu to'g'ri malumot. Yaqinda jamoa rahbari mening xizmatimga extiyoj sezib, taklif bilan chiqqanida o'ylab ko'rgach rozilik berdim. Hozircha og'zaki kelishuvga erishganmiz. Yaqin kunlarda rasman shartnoma imzolaymiz. 

- “Surxon”ning amaldagi bosh murabbiyi Rifat Akramxo'jaevning jamoa bilan birga emasligini hisobga olib aytadigan bo'lsak, Sizni bu erga bosh murabbiylikka taklif qilishdimi?

- Yo'q men klubda sport direktori sifatida faoliyat yuritaman. Aytishlaricha, Akramxo'jaev o'zining ayrim muammolari bilan Toshkentda bo'lib turibdi. SHu bois O'zbekiston Kubogidagi oxirgi ikkita o'yinda jamoani Bahrom Haydarov boshqargan. 

- CHempionatdagi salbiy natijalar jamoada bosh murabbiy o'zgarishiga sabab bo'lishi mumkinmi?

- “Surxon”ga kelganimga hali ko'p vaqt bo'lgani yo'q. Akramxo'jaev jamoaga qaytadi. Ungacha Bahrom Haydarov bilan Rustam Oripov jamoani boshqarib turibdi xolos. Voqealar rivojini vaqt ko'rsatadi.  

- Jamoada vazifalaringiz nimalardan iborat?

- Klubning tashkiliy ishlarida yordam beraman. Surxondaryodagi bolalar futbol akademiyasi, bolalar va o'smirlar futbol maktabidagi ish jarayonini nazoratga olish, u erdagi murabbiylarga to'g'ri yo'nalish ko'rsatish.Iqtidorli futbolchilarni selekciya qilish kabi ishlar zimmamga yuklatilgan. SHuningdek asosiy jamoaning selekciya ishlariga ham bevosita o'zim bosh-qosh bo'laman. Murabbiylar maslahat so'rashsa, bajonidil o'z bilimim va mahoratimdan kelib chiqib, yaqindan yordam beraman. Mashg'ulotlar chog'ida ham ishtirok etaman. Qolgan ishlar yana ish jarayonida ko'zga ko'rinadi.

- “Surxon”da ilgari ham murabbiy sifatida faoliyat yuritgansiz. Aytingchi bu vaqt oralig'ida klub infrastrukturasida sezilarli o'zgarishlar qilinganmi? 

- 2018 yili jamoa birinchi ligada ishtirok etganida bosh murabbiy Igor SHkvirinning taklifiga binoan “Surxon”da qisqa muddat murabbiy sifatida ishlagandim. O'sha paytdagi sharoitlar bilan bugungisini taqqoslaydigan bo'lsak, deyarli o'zgarish yo'q. Jamoaning shaxsiy qarorgohi yo'q. Haligacha mehmonxonada istiqomat qilib kelinmoqda. Uy o'yinlariga Termizda tayyorgarlik ko'rilsa, safar uchrashuvlariga Toshkentdagi mehmonxonada turib, “Start” stadionida mashg'ulot o'tkazilib kelinmoqda. Rahbariyat bilan bu borada gaplashik. Yaqin orada klub Termizda o'z bazasiga ega bo'ladi. Bu bo'yicha ish ketmoqda.  

- Jamoa o'z uy o'yinlarini o'tkazadigan “Alpomish” stadionidan ham ijara asosida foydalaniladimi?

- Ochig'i aytganda, bu to'g'risida aniq malumotga ega emasman.

- Bungacha sizni “Paxtakor” futbol klubida selekcioner murabbiy sifatida faoliyat yuritganingizni yaxshi bilamiz...

- “Surxon” jamoasiga qaytish bo'yicha taklif olganimdan keyin, “Paxtakor” jamoasi bilan xayrlashdim. Endi Termiz klubida ham murabbilar bilan maslahatlashgan xolda, selekciya ishlariga yordam beraman. Biz hozirdan bu bo'yicha rejalarni tuza boshlaganmiz. Nasib qilsa davralar oralig'ida ayrim chiziqlar bo'yicha yangi o'yinchilarni taklif etamiz. Mahalliy yoshlarga ham etibor kuchaytiriladi. Ularni asosiy tarkibda 15-20-daqiqa o'ynatib, Superligaga ko'niktirib boramiz. SHu orqali yoshlar jamoasidagi iqtidorli yigitlar asosiy tarkibning o'zagini tashkil etadi.   

- “Surxon” jamoasining o'yinlarini bevosita stadionning o'zidan kuzatib bordingiz. Dastlabki taassurotlaringiz qanday?

- Garchi natijalar salbiy ko'rinish olayotgan bo'lsada, jamoaning potenciali bor deb hisoblayman. Tarkibdagi futbolchilarning ko'pchiligiga mahorat etishmayapti. Mashg'ulotlarda ko'proq taktika ustida ishlash kerak. Asosiysi o'yin surati bor. Kubokdagi ikkita uchrashuvga jamoani Bahrom Haydarov tayyorlab uning o'zi boshqarib bordi. Bu o'yinlarda murabbiyning imzosi ko'rindi. 

- Selekciya jarayonida ko'proq nimalarga etibor qaratasiz?

- Avvalo o'sha o'yinchini bosh murabbiyning qarashlariga qanchalik mos tushishiga va jamoa o'yinini qay darajada kuchaytira olishiga qaraymiz. Bizga hozir tajribali o'yinchilar kerak. CHunki yoshlarni ortidan ergashtira oladigan futbolchilar etishmayapti. 

- Surxondaryoda ilgari iqtidorli futbolchilar etishib chiqqan. Ammo oxirgi paytlarda yarq etib porlab chiqqan mahalliy o'yinchini uchratmayapmiz. Bu bo'yicha o'zingiz ham voqeani joyidan kuzatib, tahlil qilib ko'rgan bo'lsangiz kerak?

- Yaxshi bilasiz Surxondaryoda ayrim sabablarga ko'ra, uzoq yillar davomida asosiy jamoa faoliyat yuritmadi. Tabiiyki bu paytda bolalar futboliga ham deyarli etibor qaratilmagan. Mana yaqin 1-2 yildan buyon ijobiy ishlar ko'zga tashlanmoqda. Xususan Surxondaryo viloyati futbol associaciyasiga vice-prezident etib Sanjar SHomurodov tayinlangan. Unga Bahriddin Vahobov, Fazliddin Hasanov singari sobiq futbolchilar yordam bermoqda. Yaqinda ular bilan uchrashib, ish jarayoni bilan tanishdim. Bolalar o'rtasidagi musobaqani kuzatdim. Viloyat birinchiligini yo'lga qo'yishgan. Bir-biriga yaqin tumanlarni mintaqalarga ajratgan xolda musobaqani o'tkazishayotgan ekan. Har xolda oldinga siljish bor. Endi bu xarakatlar tezda o'z mevasini bermasligi mumkin. Lekin bir kuni kelib natija baribir bo'y ko'rsatadi. 

- Yaxshi bilamiz, Siz “Futbol Mutaxassislarini Tayyorlash Markazi”da ham murabbiylarni o'qitish bo'yicha instruktor sifatida faoliyat yuritasiz. Surxondaryodagi bolalar murabbiylarining saviyasi qay darajada? 

- Bolalar futbolini rivojlantirish uchun eng avvalo saviyali murabbiylar zarur. Bu bo'yicha ham endi viloyatimizdagi yosh murabbiylarga qo'limdan kelganicha yordam bermoqchiman. Markaz ruhsat berib, sharoit yaratib berishsa viloyatda ko'proq bu bo'yicha ham ishlayman.

- Demak, instruktorlik ishingizni ham davom ettirasiz? 

- Albatta, bu ishim o'zimga yoqadi. SHuning uchun instruktorlik ishimni ham parallel ravishda davom ettirmoqchiman. 

- Surxondaryoda bolalar murabbiyi bo'lish uchun kurslarda o'qishga talab yuqorimi yoki aksincha?

- Ko'plab mahalliy yoshlar murabbiylik qilish uchun tegishli licenziyaga o'qishni istaydi. Ammo bitta narsa muammo bo'ladi ko'pincha. Yani o'quv-kurslarida ishtirok etish uchun to'lov. O'qish uchun ikki million so'm to'lov qilish qishloqdagi bo'lajak murabbiylar uchun muammo bo'lmoqda. Sababi BO'FM va BO'SMlarda murabbiylarning oylik maoshi ikki millionga etib bormaydi. SHuning uchun ular o'quv-kurslariga pul orttirishi qiyin bo'lmoqda.

- Bu bo'yicha “Futbol Mutaxassislarni Tayyorlash Markazi”ga muammoni echimi bo'yicha taklif kiritganmisiz?

- Markazning avvalgi rahbari Baxtiyor aka Dadamatovga aytganimda, o'ylab chiqilgan. Lekin bilasizmi bu ikki million so'm pul o'quv-kurslarini joylarda tashkil qilish va murabbiylarni bir xilda kiyintirish uchun sarflanadi.

- Ukangiz Masud Toirov futbolchilikni yakunlaganidan keyin ko'rinmay qoldi. Hozirda u nima ishlar bilan mashg'ul? 

- Masud ayni damda “Surxon” yoshlar jamoasida mamur sifatida faoliyat yuritmoqda. Asosan Termizdagi ishlarni bajaradi. Yaqinda murabbiylik kurslarida tahsil olishni rejalashtirgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика