So’nggi yangiliklar

12:18Акмал Мозговой: "Фаолиятимда янги саҳифани очишга қарор қилдим"  0 12:07Расман: "Сўғдиёна" сербиялик ҳимоячи трансферини эълон қилди  0 11:51Мексика терма жамоаси КОНКАКАФ Олтин Кубоги финалида АҚШни мағлуб этди  0 11:29"Фенербахче" "Ал Насср" ҳужумчисини ижарага олди  2 11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  3 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  10 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  5 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  7 09:35ПСЖ "Реал Мадрид" юлдузини қўлга киритишни режалаштирмоқда  15 09:05Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди  11 08:35Факт: "Динамо" ва Абрамовнинг "Насаф" билан ўйинлардаги ноҳуш анъанаси давом этди  2 08:10Фламарион ва Сергеевнинг голлари "шерлар"га "Навбаҳор" устидан ғалаба келтирган учрашувдан галерея  11 08:00"Навбаҳор" "Пахтакор"га ютқазди, Самарқанддаги ўйинда эса Мозговой "Насаф"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  17 07:30Суперлига. Бугун "Нефтчи" "Насаф"га яқинлашиб олиши мумкин  8 02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  8

Abdumajid Toirov: "Raqobat yo'q joyda o'sish qaerdan bo'lsin" Yangiliklar

Abdumajid Toirov: "Raqobat yo'q joyda o'sish qaerdan bo'lsin"

O'zining 40 yoshida ham professional darajada to'p tepib, o'zbek futbolida o'ziga yarasha iz qoldirgan Abdumajid Toirov bugungi kunda murabbiylik faoliyatini olib boryapti.
Metin himoyachi sifatida tanilgan Toirov bundan rosa 20 yil avval, aniqrog'i 1996 yili Termizning ASK klubida futbolchilik faoliyatini boshlaydi. Besh yil davomida “Surxon” klubi sharafini himoya qilgan futbolchi 2000 yili Farg'onaning “Neftchi” jamoasi safini to'ldiradi. Aynan vodiy jamoasi tarkibida u faoliyatidagi yulduzli onlarini o'tkazdi. Olti yil mobaynida “Neftchi” safida o'ynagan Abdumajid Toirov keyinchalik “To'palang”, “Quruvchi”, “Olmaliq”, “Xorazm”, “Andijon”, “Navbahor” jamoalari sharafini himoya qildi. “Neftchi” tarkibida bir bor mamlakat chempioni bo'ldi. To'rt marta O'zbekiston kubogining finalida o'ynadi, lekin bu sovrinni yutish nasib qilmadi. Mana ikkinchi yildirki, yaqin o'tmishning tajribali himoyachisi murabbiylik faoliyatini olib boryapti. Biz Abdumajid akadan bugungi faoliyati xususida intervyu oldik.   

- Abdumajid aka, bugungi kunda murabbiylik faoliyatini olib boryapsiz. Bu faoliyat qanday boshlandi? Futbolchilik davringizdanoq shunga tayyorgarlik ko'rib borganmidingiz yoki...?
- Murabbiylik faoliyatimni boshlaganimga bir yildan oshdi. Albatta, futbol o'ynab yurgan kezlarimda, bir kun kelib murabbiy bo'laman, deb o'z oldimga maqsad qo'ygandim. Faoliyatimning so'nggi yillarida o'zimni shunga tayyorlab bor. Ko'z tegmasin, hozircha hammasi ko'ngildagidek ketyapti.

- Murabbiylik siz o'ylaganchalik qiyin ekanmi? CHunki, futbolchilik davrida bu sizga bilinmagan bo'lishi mumkin. Mana endi murabbiylarga oson emasligini tushunib etyapsizmi?
- Ha, boshida ozgina noqulay edi. Sababi men har doim murabbiy qarshisida turishga o'rganib qolgandim. Endi esa aksincha, futbolchilarning ro'parasida turibman. SHuningdek, ularga futbol o'ynashni o'rgatishim kerak. Vaqt o'tishi bilan o'zim uchun yangi olamga ko'nikib boryapman. Bilasizmi, agar qilayotgan ishingiz sizga maqul kelsa va undan qaysidir manoda qoniqish xosil qilsangiz, o'sha siz aytgan qiyinchiliklar bilinmaydi. To'g'ri, ish oson emas. Lekin mashg'ulot chog'ida shunchalik jarayonga kirishib ketasizki, boshka narsalar, bazi muammolarni tamomila unutasiz. Xuddiki, siz bilan futbolchilardan tashqari hech narsa yo'qdek atrofda.

- Bugungi kunda “Bunyodkor” jamoasida ishlayapsiz. Taklif qachon va kim tomonidan bo'ldi? Bu siz uchun kutilmagan chorlovmidi?
- Futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng malum muddat o'zim uchun jonajon bo'lib qolgan “Neftchi” jamoasining o'rinbosarlar tarkibida murabbiy bo'lib ishladim. Keyin kunlarning birida Sergey Lushanga qo'ng'iroq qilib, “Bunyodkor”ga ishga olishini so'radim. Oilam Toshkentda bo'lgani uchun shunday yo'l tutdim. Sergey Ivanovich yo'q demadi va o'shandan beri “Bunyodkor”da ishlab kelyapman. Bugungi kunda “Bunyodkor-2” jamoasi murabbiyiman. Afsuski, hozirda biz 2-ligada qatnashyapmiz. Bizga 1-ligada joy berishmadi.

- Ikkinchi liganing holati, ahvoli, yani saviyasi qanday?
- Bilasizmi, biz jamoamizni 1-ligaga tayyorlagan edik. SHuning uchun ham bizga 2-liga qiziq emas. O'zingiz o'ylab ko'ring, bazi bir jamoalarning o'z maydoni ham yo'q. Bunday holatda qanday saviya bo'lishi mumkin?

- Futbolchilik faoliyatingizdan ko'nglingiz to'ldimi? 40 yoshingizgacha to'p tepdingiz. Bo'ldi, endi faoliyatingni tugat, deganlar bo'ldimi?
- Albatta bo'lgan. Bobur aka Haydarov shunday deb ko'p hazillashardilar. Endi faoliyatimdan ko'nglim to'lgan. Fakat O'zbekiston kubogini qo'lga kirita olmaganimdan ko'p holatlarda afsuslanaman. Ozgina alamli ham bo'lgan. CHunki to'rt marotaba kubokning finalida o'ynaganman.

- Abdumajid aka, oliy ligada siz o'ynagan vaqt bilan taqqoslaganda, o'sish ko'zga tashlanyaptimi?
- Men o'ynagan paytlarda har bir jamoada kamida 2-3 nafar haqiqatan ham kuchli futbolchilar bo'lardi. Hozirgi kunda hamma kuchli o'yinchilar 2-3ta jamoada to'planib qolgan. SHuning uchun ham bu klublar boshqa jamoalardan ancha ustunlikka erishyapti. Bu fikrim bilan saviya past, o'sish esa yo'q demoqchi emasman. SHunchaki raqobat yo'q. Uning uchun esa klublarimiz modiy jihatdan baquvvat bo'lishlari shart.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика