Abdulloh Omonaliev "So'g'diyona"ga qaytdi
11 jan 2025 17:29
Yangiliklar
Abdulloh Omonaliev "So'g'diyona"ga qaytdi
Abdulloh Omonaliev faoliyatini "So'g'diyona"da davom ettiradi.
Jizzax klubi tez orada bu haqda rasmiy malumot beradi.
"Bunyodkor"ga o'tkazgan yillar uchun katta rahmat aytaman. Ivan Boshkovich menga imkoniyat berishini eshitganimdan keyin, takliflar ichidan "So'g'diyona"ni tanladim. Maqsadim Superligada o'ynash va bu borada mehnat qilaman. Jizzax menga begona emas, bu erda to'p tepishga ulgurganman. Yoshlar terma jamoasidagi do'stlarim fevraldagi musobaqada muvaffaqiyatli to'p tepsalar, balki men ham keyingi o'yinlarda ishtirok etarman. Buning uchun ko'p mehnat qilishim kerakligini tushunib turibman. Buyog'iga faqat mehnat", - deydi 2005 yilda tavallud topgan futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Omonaliev 2023 yilgi mavsumning yarmini "So'g'diyona"da ijarada o'tkazgan edi.
O’xshash yangiliklar
22:09
BAA Pro ligasi. "Dibba" o'z uyida "Xorfakkan"dan ustun keldi, Abdullaev bahsda to'liq harakat qildi 0
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar