So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

Abdullatif Al Hussayni: "Ishni penaltilar seriyasigacha olib bormaymiz" Yangiliklar

Abdullatif Al Hussayni: "Ishni penaltilar seriyasigacha olib bormaymiz"

OCHL 1/8 finali javob uchrashuvi doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Hilol" o'yinidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Abdullatif Al Hussayni ishtirok etdi.
Unga himoyachi Digao hamrohlik qildi.

"O'zbekistonga yana bir bor kelganimdan xursandmiz. Men klublar va milliy terma jamoa bilan bir necha bor yurtingizga kelganman. "Al SHabab" va "Al Hilol" bilan O'zbekistonga tashrif buyurganman.

Ertangi o'yin hayot mamot uchrashuvi bo'ladi. Biz musobaqada qolamiz yoki chiqib ketamiz. Ertaga "Al Hilol" Osiyoning eng kuchli jamoalardan biri ekanini isbotlamoqchimiz.

Klubga yaqinda bosh murabbiy bo'ldim, lekin anchadan buyon klub tizimida ishlab kelayapman. Deyarli barcha futbolchilarni yaxshi bilaman.

Raqibni juda yaxshi o'rgandik. "Lokomotiv" safida kuchli va tajribali futbolchilar bor. Ertangi bahsda bizga faqat hujumchi Nosir Al SHamroni yordam bera olmaydi xolos. Nasib qilsa yaxshi natija qayd etib yurtimizga qaytamiz", - deydi Abdullatif Al Hussayni.



"Ertangi bahs ikkala jamoa uchun ham og'ir kechishi aniq. Birinchi o'yinda "Lokomotiv" himoyada yaxshi o'ynadi va gol o'tkazmadi. Birinchi uchrashuvda gol ura olmadik, shu bois ertaga gol urishga urinamiz.

2014 yil biz finalda yutqazganmiz, 2015 yilda yarim finalda mag'lub bo'lgandik. Menimcha bu yil jamoa OCHLda chempion bo'lish vaqti keldi. Buni isbotlash uchun "Lokomotiv" to'sig'idan o'tishimiz kerak, - deydi Digao.

- Ertaga siz uchun birinchi rasmiy o'yin bo'ladi. Juda masuliyatli bahsda siz birinchi navbatda nimani o'zgartirmoqchisiz?
- Ushbu futbolchilar bilan klublar darajasida juda ko'p ishlaganman. Bu o'yinchilar yangi emas. Ertaga nomlar borasida o'zgarishlar bo'lmaydi. Ammo taktika borasida butkul boshqacha o'yin guvohi bo'lasizlar

- Jamoa penaltilar seriyasiga tayyormi?
- Biz o'yinni penaltilargacha olib bormaymiz.



- "Al Hilol"ning OCHLdagi natijalari yildan yilga pasayib bormoqda. 2014 yilda final, 2015 yilda yarim final, 2016 yil chorak final bo'lishi mumkin. Agar jamoa "Lokomotiv" to'sig'idan o'ta olmasa jamoa uchun fojia bo'ladimi? O'tgan bahsdagi nursiz durangdan keyin bosh murabbiy ham ishdan bo'shatildi...

- Biz o'tmish haqida o'ylayotganimiz yo'q. Barcha futbolchilar ertangi bahsda g'olib bo'lishni istashmoqda. Bu yil OCHLda uzoqqa bormoqchimiz, buning uchun ertaga g'alaba qozonishimiz kerak. Jamoa faqat kelajakka qaraydi.

- Siz g'alabaga juda ishonib gapirayapsiz. Sizni tashvishga solayotgan narsalar ham bormi? Tarkibingizdagi yo'qotishlar yoki raqib safidagi kuchli futbolchilar borligi...
- Ishonchimning siri shundaki futbolchilarning darajasini juda yaxshi bilaman. SHogirdlarimning jismoniy holati, tayyorgarligi maromida. Faqat futbolga doir bo'lmagan hodislar sodir bo'lishi mumkin. Bu hakamlar xatosi yoki boshqa narsalar... Lekin umid qilamanki ertaga barchasi joyida bo'ladi.


Narzulla Saydullaev
Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика