So’nggi yangiliklar

22:25АПЛ. "Тоттенхэм" — "Арсенал" 1:1 (матнли трансляция)  2 22:15Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди  33 22:00"Пахтакор" собиқ дарвозабони фаолиятини Бразилияда давом эттиради  0 21:46"Бани Яс" — "Ал Айн". Таркиблар маълум  0 21:30"Қўқон-1912" "Бешиктош" футболчиси билан шартнома имзолади  4 21:06Лингард Жанубий Америкадан жамоа топди  0 21:05АПЛ. "Ливерпуль" 90+7 дақиқада гол уриб, "Ноттингем Форест"ни мағлуб этди  10 20:48"Ман Сити" португалиялик ҳимоячи учун "Арсенал" билан курашиши мумкин  2 20:20"Тоттенхэм" — "Арсенал". Таркиблар маълум  15 20:01ОПЛ. "Сабаҳ" муҳим ўйинда 88-дақиқада гол уриб, ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 19:45"Мес Рафсанжан" — "Истиқлол". Таркиблар маълум  0 19:38"Пахтакор"нинг янги мавсумдаги либоси қандай кўринишда бўлади?  11 19:13ОКМК янги мавсум учун қайдномасини эълон қилди  6 18:54Ислом Исмоилов: "Асосий таркибнинг 80-90 фоизи шаклланди"  7 18:41"Арал" Тожикистон жамоасини мағлуб этди  2

Abdullatif Al Hussayni: "Bugungi mag'lubiyatda bosh aybdor menman" Yangiliklar

Abdullatif Al Hussayni: "Bugungi mag'lubiyatda bosh aybdor menman"

OCHL 1/8 finali javob uchrashuvi doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Hilol" o'yinidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Abdullatif Al Hussayni ishtirok etdi.
"Birinchi taymda qo'ygan vazifamiz o'z darvozamizdan gol o'tkazmalik edi. Asosiy etibor ikkinchi bo'limga qaratilgandi. Lekin buni uddalay olmadik. Saudiya Arabistonida mavsum yakunlandi. Klub barcha ichki musobaqalarda ishtirok etdi. SHu bois futbolchilarning jismoniy holatini bilgan holda asosiy urg'uni ikkinchi bo'limga qaratgandik. Ammo birinchi taymda gol o'tkazib yubordik. Bugungi mag'lubiyatning asosiy sababi shunda deb o'ylayman. "Lokomotiv"ga keyingi bosqichda omad tilayman. Hayot to'xtab qolmaydi, keyingi mavsumda biz yanada kuchli o'yin namoyish etishga urinamiz.

Bizning futbolchilarimiz terma jamoani hisobga olmaganda 5ta musobaqada qatnashdi. Bundan tashqari deyarli barcha futbolchilarimiz terma jamoalarda o'ynashadi. "Lokomotiv"da esa jismoniy holati top darajaga etib keldi.

Ikkinchi bo'lim boshida o'tkazilgan ikkinchi gol barchasini barbod qilib yubordi. O'yin yakunida bitta gol urdik. Ikkinchi golni urishga urindik, ammo vaziyatlar yaratilmadi va "Lokomotiv" keyingi bosqichga yo'l oldi.

Bugungi mag'lubiyatda bosh aybdor menman. Sababi barchasini bilib turib jamoani qabul qilib oldim. Futbolchilarda hech qanday ayb yo'q", - deydi murabbiy.

- SHogirdlarim charchab qolishdi dedingiz. Ammo ikkala gol ham standart vaziyatda urildi. Tezkor qarshi hujumdan emas. Raqibni yaxshi o'rganmaganingizdanmi?
- Bu shunchaki sizning fikringiz.

- Bosh hakam haqida qanday fikrdasiz?
- Umuman olganda hakamlik haqida gapirishni istamayman. Bu hakam Osiyoning eng yaxshi hakamlaridan biri hisoblanadi.

- "Al Hilol"da jamoaviy o'yin yaxshi shakllanmagandek ko'rindi.

- Ikkinchi bo'lim avvalida o'tkazilgan goldan so'ng ikki baravar ko'proq harakat qilishimiz kerak edi. Bu katta kuch talab qiladi. Buning natijasida qaror qabul qilishda, to'g'ri poziciya tanlashda xatolarga yo'l qo'yiladi. Bizning xatolarga yo'l qo'yishimizda "Lokomotiv" futbolchilarining jismoniy holati yaxshiligi ham rol o'ynadi. Faqat biz yomon o'ynamadik, raqib yaxshi o'ynadi. 


Narzulla Saydullaev
Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика