Abdulla Bo'riev: "Uchinchi o'rinni olishga harakat qilamiz"
06 apr 2014 10:48
Yangiliklar

Abdulla Bo'riev: "Uchinchi o'rinni olishga harakat qilamiz"
Kechagi futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining uchinchi o'rin uchun bahsida “Bunyodkor” “Turon-S” ustidan 6:2 hisobida g'olib bo'ldi.
O'yin yakunlangach “Bunyodkor” klubi o'ynovchi bosh murabbiyi Abdulla Bo'riev o'z fikrlarini bildirdi.
“Birinchi muvaffaqiyatsiz o'yindan keyin yigitlar o'zlariga kelib olishdi. Xatolardan to'g'ri xulosa chiqardik va bugun chiroyli g'alabani qo'lga kiritdik. O'yinchilarim o'zlarining kuchlarini, jamoaviy yaxshi shakllanganliklarini isbotlashdi. Bugun bizda uchrashuvga tayyorgarlik yaxshi edi. Agar shu o'yinimizni saqlab qolsak, yakshanba kuni ham albatta g'alaba qozonamiz deb umid qilaman”, - deydi Abdulla Bo'riev.
Eslatib o'tamiz, bugun, 6 aprel kuni soat 15:00da O'zbekiston sport majmuasida bo'lib o'tadigan “Turon-S” – “Bunyodkor” uchrashuvi g'olibi mamlakat chempionatining bronza medallariga ega chiqadi. Kecha “Lokomotiv” klubi chempionlikni rasmiylashtirgandi. Bugun sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.
Tolibjon Qosimov.

Fikrlar