So’nggi yangiliklar

19:18Марушичнинг дубли "Нефтчи"га Грузия жамоаси устидан ғалаба келтирди. Учрашувда ўзбекистонлик ҳакамлар ва VAR ишлади  0 18:52Дунёнинг энг қиммат ҳимоячисига айланиши кутилаётган Салиба "Реал"га ўтишга рози  8 18:30U-20 Осиё Кубоги. Ўзбекистоннинг гуруҳдоши Эрон Индонезияга 3 та гол урди, Саудия Арабистони қийин ғалабага эришди  4 18:02"Манчестер Сити"га янги дарвозабон керак"  3 17:39"Нима дейишни ҳам билмайман" — Рубен Диаш  18 17:19Ўзбекистонлик ҳакамлар Туркияда йиғин ўтказмоқда  0 16:56Аканжи жиддий жароҳат олгани маълум бўлди  14 16:39Муҳаммадали Ўринбоев: "Яман жуда яхши ўйин кўрсатди, лекин бизда ғалабага бўлган ишонч юқори эди"  19 16:11U-20 Осиё Кубоги. Ўзбекистон илк турда Яманни қийинчилик билан мағлуб этди  100 15:48"Андижон" Чехия жамоасидан енгилди  5 15:27Криштиану Роналду йилнинг энг юқори даромадли спортчиси деб топилди  13 15:01Эшитдик-да! "Олимпик" футболчиси легионерга айланди  7 14:29"Барселона" ҳимоячиси билан янги шартнома имзолайди  4 14:00U-20 Осиё Кубоги. Ироқ КХДР билан муроса кўчасини танлади  0 13:45Англия терма жамоасининг собиқ устози Саутгейт китоб чиқаради  1

Abdulhafiz Abdulhamidov: “Alijon Marajabov men uchun ham ustoz, ham do'st edi” Yangiliklar

Abdulhafiz Abdulhamidov: “Alijon Marajabov men uchun ham ustoz, ham do'st edi”

Teglar :  Alijon Marajabov
Kecha Andijonda bo'lib o'tgan xotira turnirida sobiq hakamlar marhum Azim Ahmedov, SHavkat Rahimov va Alijon Marajabovning yaqinlari ham tashrif buyurdi.

Bugungi kunda jurnalistika sohasida faoliyat yuritayotgan Abdulhafiz Abdulhamidov o'z vaqtida referilikda mexnat qilgan. U kishidan marhum Alijon Marajabov to'g'risida so'raganimizda, sukut saqlagan xolda, marhum haqida iliq fikrlarni bildirib o'tdi.

- Ishonasizmi, Alijon akamning olamdan o'tganiga haligacha ishongim kelmaydi. Haligacha esimdan chiqara olmiman. Huddi yonimizda yurgandek bo'ladi. Bazida o'tirib, akaxonimizni eslab, ko'zimga yosh olaman. CHunki u kishi bilan juda ko'p yig'inlarda bo'lganmiz. Men uchun hayotda ham ustoz va do'st edi. Hakamlar yig'iniga birga borardik. O'yinlarga ham bir guruh bo'lib borganmiz. Endi umri qisqa ekan, nima qilamiz... Mana farzandlari o'zimizni ukamiz. Otasidan bizga meros bo'lib qoldi. Ularga ham to'g'ri tarbiya bergan. Bugungi tadbirni o'tkazish g'oyasini to'ng'ich o'g'li Anvarjondan chiqibdi. Bu ham katta ish. Mana shunday musobaqalarda faxriylarning ishtirok etayotgani, Namangan, Uchko'prik, SHahrixon jamoalari. Bu jamoalar o'zlari chin dildan xohlab, turnirga kelganiga shubha yo'q. Boisi Alijon akam o'zi ilgari shu kabi faxriylar uchrashuvini tashkil etilishida, jonbozlik ko'rsatib kelgan. Samimiy insonlar toifasiga kirardi. Tashkilotchiligi bilan ajralib turardi. Hakamlikda mexnat qilganimizda ko'pincha birga bo'lardik. Kerakli maslahatlarni berib turgan.

Alijon Marajabov (chapda) bilan birga

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика