So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  0 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  3 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Abdul Aziz Yusupov: "Nasaf"ga qarshi munosib o'ynay olamiz" Yangiliklar

Abdul Aziz Yusupov: "Nasaf"ga qarshi munosib o'ynay olamiz"

Termizning "Surxon" jamoasini oldinda yana bir uchrashuv kutib turibdi.

Superliganing qoldirilgan 5-turida jamoa "Nasaf"ga qarshi maydonga chiqadi. "Surxon" futbolchisi Abdul Aziz Yusupov o'tgan va oldindagi o'yin haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida...

- O'yin juda og'ir kechdi, chunki ikki jamoaga ochko juda ham zarur edi. Uchrashuv qiyin bo'lishini biz bilgandik. SHunga yarasha, tayyorgarlik ko'rdik

- Ikkinchi bo'limda jamoa birinchisiga qaraganda faolroq to'p tepdi...

- Biz o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. Bazi vaziyatlarda xato qildik. Bizning darvozamizga penalti belgilandi. Tanaffusda bosh murabbiymiz hujumda yanada tajovuzkor o'ynash bo'yicha ko'rsatmalar berdi. O'yin tempini oshirish kerakligi takidlandi. Jamoadoshlarim ikkinchi bo'limga qo'shimcha motivaciya bilan chiqishdi. Maydonda bor kuchini berdi. Biz o'zimizni ayamay o'ynadik. Yakunda gol urdik. Bundan tashqari ko'plab vaziyatlar yaratdik

- "Surxon" ochko yo'qotdimi yoki bir ochko oldimi?

- So'zsiz, "Surxon" ochko yo'qotdi. Biz g'alabaga loyiq edik. CHunki, ikkinchi taymda "Neftchi"ning zonasida juda ko'p vaziyat yaratdik. Afsuski, gol urish uchun ikkita sof imkoniyatdan foydalana olmadik. Bu futbol, shunday vaziyatlar ham bo'lib turadi.

- Navbatdagi raqibimiz - "Nasaf". Bunday kuchli raqibni qanday engish mumkin?


- "Nasaf" O'zbekistondagi eng top jamoalardan bittasi. O'zining uslubi, yaxshi akademiyasi bor. Lekin shunday raqibga qarshi munosib o'ynay olamiz. Biz bu o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. SHu ruhda davom etamiz va muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика