Abdujamol Isroilov qachon jarohatidan forig' bo'ladi?
30 avg 2019 21:07
Yangiliklar
Abdujamol Isroilov qachon jarohatidan forig' bo'ladi?
Ko'plab muxlislarini "Navbahor" yarim himoyachisi Abdujamol Isroilovning qachon jarohatidan forig' bo'lib, safga qaytishi qiziqtirmoqda.
Futbolchi bilan bog'langanimizda, u bugun, yani 30 avgust kuni oyog'idagi gipsning olinishi, shundan so'ng, 2 sentyabrdan boshlab. jamoamizning mashg'ulotlariga qo'shilishi, avvaliga yakka tartibda mashg'ulotlar o'tkazishi, so'ngra, vaziyatga qarab, umumiy mashg'ulotlarga qo'shilishini bildirdi.
SHuningdek, ushbu 23 yoshli mahoratli yarim himoyachiga oid yana bir yangilik shundan iboratki, u yaqinda o'g'il farzandli bo'lib, farzandiga Abdujamil deya ism qo'ydi.
Biz Abdujamol Isroilovning tezroq jarohatidan forig' bo'lib, jamoamiz tarkibiga qo'shilishi, shuningdek, o'g'li Abdujamil ham kelajakda mustaqil Vatanimizga munosib o'g'lon bo'lib, voyaga etishiga tilakdoshmiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"
Винисиус кечаги воқелардан сўнг баёнет билан чиқди
Расман: УЕФА "Бенфика" — "Реал" ўйинидаги ирқчилик можароси бўйича суриштирув бошлади
Fikrlar