So’nggi yangiliklar

10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  1 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  4 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  1 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  3 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  2 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  5 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  3 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  3 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  22

Abdujamol Isroilov: "Og'ir jarohatdan so'ng yana futbol o'ynayotganimga shukr qilaman" Yangiliklar

Abdujamol Isroilov: "Og'ir jarohatdan so'ng yana futbol o'ynayotganimga shukr qilaman"

Teglar :  Abdujamol Isroilov
Faoliyati davomida "Neftchi", "Navbahor" jamoalaridagi yorqin o'yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan futbolchi Abdujamol Isroilov farg'onalik muxlislar bilan onlayn muloqot tashkil etdi.

Mazkur muloqot jarayoni savol-javob ko'rinishida muxlislar etiboriga havola etilmoqda.

- Abdujamol, siz O'zbekiston U-23 terma jamoasi safida ham bir qator musobaqalarda ishtirok etgansiz. Sizda bu borada qanday taasurotlar bo'lgan?


- Ha, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safida maydonga tushish nasib qilgan. Biz Yaponiya, Koreya kabi kuchli terma jamoalarni mag'lubiyatga uchratgandik. Taasurotlarim albatta juda yuqori bo'lgan, o'shandagi emociyalarni tariflash ham qiyin.

- Siz joriy mavsum avvalida hozirgi "Nurafshon" ("Buxoro") klubi safida ko'rinish bergandingiz. Lekin bu klubdagi faoliyatingiz uzoqqa cho'zilmadi...


- To'g'ri, menga bu klubdan taklif bo'lgandi. Borib qo'shildim va shartnoma imzoladim. Lekin hali jarohatdan so'ng to'liq formada emasman. Ularga jismoniy tayyorgarligimni tiklashimga vaqt kerakligini aytgandim, kutishni istashmadi. SHu sabab o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qildik va do'stona xayrlashdik.

- Ayni damda oldingizda qaysi klublardan takliflar bor? Jismoniy tayyorgarlikni ushlab turish uchun qaerda va qanday mashg'ulotlar bilan mashg'ulsiz?


- Hozir oldimda biron klubdan aniq taklif yo'q. Og'zaki gap-so'zlar bor, lekin hech bir klubdan hozircha rasmiy taklif olmadim. Jismoniy tayyorgalikni ushlab turish maqsadida bir oz muddat "Yozyovon-Lochinlari" klubida o'ynadim. SHuningdek Yozyovon tumanidagi bolalar va o'smirlar sport maktabida murabbiylik faoliyatini olib borayapman. Hozir jarohatdan so'ng yana futbol o'ynayotganimga shukr qilayapman.

- "Neftchi" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov bilan munosabatingiz qanday? Aytaylik sizni yana Neftchida ko'rishimiz mumkinmi?


- Ilhom aka bilan avval birga ishlaganmiz, munosabatimiz yaxshi albatta. Balki yana "Neftchi"da o'ynashim mumkindir, buni bilmadim.

- Farg'ona viloyatining boshqa klublari, masalan "Turon" va "Qo'qon-1912" jamoalaridan taklif bo'lsa qabul qilarmidingiz?


- Albatta, bu jamoalar ham Farg'ona futboli sharafini himoya qilishadi. Taklif bo'lsa qabul qilgan bo'lardim. Lekin bu amalga oshishi qiyin bo'lgan jarayon, chunki hozirda menda o'yin amaliyoti etarli emas.

- Faoliyatingiz davomida o'yinlarini ko'rgan futbolchilardan eng yaxshilari kimlar? CHiziqlar bo'yicha?


- Darvozada Ignatiy Nesterov, himoyada Islom To'xtaxo'jaev, yarim himoyada Odil Ahmedov, hujumda Eldor SHomurodov.

- Qaysi xorij klubiga muxlislik qilasiz?


- Angliyaning "Manchestr Yunayted" klubiga.

- Futboldagi kumiringiz kim bo'lgan?


- Brazilik Ronaldoning harakatlarini zavq bilan kuzatardim.

- Kelgusidagi rejalaringiz qanday?


- Rejalarim birinchi navbatdagi jismoniy tayyorgarligimni tiklab yana katta futbolga qaytish. SHuningdek kelajakda murabbiylik sohasida ham o'zimni sinab ko'rish maqsadlarim bor.

Suhbat so'ngida futbolchi muxlislarga o'zining ramziy terma jamoasini taqdim etdi.


Onlayn muloqot jarayonidan matnlarni Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика