Abdujamol Isroilov maydonga qaytdi
12 iyu 2020 19:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/569664_original.jpg)
![](/upload/storage/569664_220.jpg)
Abdujamol Isroilov maydonga qaytdi
"Navbahor" jamoasining mahoratli yarim himoyachisi Abdujamol Isroilov bir yildan so'ng yana maydonga qaytdi.
Abdujamol 2019 yilgi Superliganing 11-turidan o'rin olgan AGMK - "Navbahor" (o'yin 16 iyunda bo'lib o'tgan) uchrashuv boshida oyog'idan jarohat olib maydonni tark etishga bo'lgandi. Bir yildan oshiqroq vaqt davomida futbolchi singan oyog'ini davolatish bilan band bo'ldi. Bundan bir necha oy oldin esa Abdujamol maxsus mashqlarni bajarishni boshlagandi. Yoshlar birinchiligining 9-turida "Navbahor" yoshlari safida ikkinchi bo'limda maydonga tushdi. Isroilov sekin-asta sport formasini tiklash orqali, Superliga bahslarida ham ishtirok etishni boshlashi mumkin.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar