So’nggi yangiliklar

02:00Месси фаолияти ҳақида: "Бунинг якуни яқинлашиб келмоқда"  0 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Гаттузонинг дебютида Италиядан йирик, Франциядан ишончли ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:19ОКМК назорат ўйинида Про-лига жамоасини икки марта мағлуб қила олмади  0 00:58Урмат Абдукаимов: "Ҳакамларнинг қарорлари футболчиларнинг фаолиятига катта таъсир ўтказади. Ҳакамлар ҳам шуни билиши ва ҳис қилиши керак"  5 00:47"Навбаҳор" ўртоқлик ўйинида "Нефтчи"ни мағлуб этди  4 00:23Лаутаро ЕЧЛ финалидаги мағлубият ҳақида: "5 кун гапира олмаганман"  0 23:45Лотар Маттеус: "Германия жуда ёмон ўйнади. Ҳисоб 5:0 бўлиб кетиши ҳам мумкин эди"  0 23:24Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионати учун аниқ режа? Барчаси ҳал бўлгунча кутиш керак"  20 22:55"Барселона" Ромеу клубдан кетганини маълум қилди  0 22:36"Реал" мухлислари жамоанинг август ойидаги энг яхши футболчисини танлаб олди  0 22:13ЛаЛига "Барселона"га рухсат берди  1 21:45CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси 4:0  23 21:26CAFA Nations Cup. Ўзбекистон 10 киши бўлиб қолган Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда енгди. Финалдаги рақиб – Эрон  236 21:10Ўмон терма жамоаси мураббийи: "Кўплаб вазиятлар яратдик, аммо бор-йўғи иккита гол урдик"  11 20:54Ровшан Мередов: "Ушбу мусобақа орқали мундиаль иштирокчисига қарши ўйнадик"  5

Abdujabbor Marufaliev: "Bolgariyadan ijobiy natija bilan qaytmoqchimiz" Yangiliklar

Abdujabbor Marufaliev: "Bolgariyadan ijobiy natija bilan qaytmoqchimiz"

Toshkentning "Bunyodkor" klubining 2008 yilda tavallud topgan futbolchilari Bolgariya shahrida bo'lib o'tadigan "Janubiy qora dengiz-2017" musobaqasida ishtirok etish uchun kuni kecha jo'nab ketdi.

Ushbu jamoani anchadan beri murabbiy Abdujabbor Marufaliev  tayyorlab kelmoqda. Bolgariyaga ham Marufaliev boshchiligida yosh "qaldirg'ochlar" yo'l olgan. Abdujabbor Marufaliev bilan bog'lanib turnir haqida suhbatlashdik.


- Yaqinda Andijon shahrida bo'lib o'tgan "Xotira-79" musobaqasida ishtirok etib qaytdinglar. Ushbu turnir Bolgariyada o'tayotgan musobaqa uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab berdimi?

- Albatta, biz Andijondagi musobaqada munosib ishtirok etdik. O'tkazilgan barcha uchrashuvlarning birida durang natija qayd etgan bo'lsak qolgan uchrashuvlarda g'alaba qozondik. Biz Andijonga asosiy tarkib futbolchilarini olib bormagandik. Asosan ikkinchi tarkibdagi futbolchilarni qay darajada ekanliklarini ko'rib olish uchun ularni olib borgandik. Andijondagi turnirda deyarli barcha futbolchilarni ko'rib oldim. Ular orasidan bir nechtasini saralab oldik va Bolgariyadagi turnirga olib ketdik. Bundan tashqari malum bir sabablarga ko'ra "Xotira-79" musobaqasida ishtirok eta olmagan bir qator futbolchilarni o'zimiz bilan birga Bolgariyaga olib ketdik.

- Andijon viloyatida "Xotira-79" musobaqasida ishtirok etdik deb aytib o'tdingiz. O'zingizni jamoangizdan tashqari boshqa raqib klublarning yosh futbolchilarini ham kuzatdingizmi?

- Boshqa jamoadagi bolalarni ham kuzatib bordik. Bizni asosan "BFK-Asia" jamoasida futbol sir-asrorlarini o'rganayotgan bolakaylar qiziqtirib qo'ydi. U erda juda ham ko'p istedodli bolalar bor ekan. 4-5 nafar iqtidorli bolalarni ko'z ostimga olib qo'ydim. Bolgariyadan qaytganimdan so'ng albatta ularni "Bunyodkor" akademiyasiga chaqiraman.


- Bolyagariyaga ketishdan oldin tayyorgarlik qay darajada o'tkazildi?

- Tayyorgarlik alo darajada o'tkazildi. Har bitta bolani alohida imtihondan o'tkazdik. Mashg'ulotlar yaxshi o'tkazildi. Turnirga 100 foiz tayyorgarlik ko'rib bordik. 

- U erda qanday jamoalar ishtirok etayapti?

- Bolgariya va Moldaviya bolalar futbol jamoalari ishtirok etishmoqda. Biz bu erga g'olib bo'lish maqsadida tashrif buyurganmiz. 


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi
Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика