Abduholiqov: "Xorvatiyalik muxlislarning o'zini tutishi men uchun yangilik emas"
18 iyu 2016 12:55
Yangiliklar
Abduholiqov: "Xorvatiyalik muxlislarning o'zini tutishi men uchun yangilik emas"
2013-2015 yillarda Xorvatiyaning "Xayduk" safida to'p tepgan, hozirda Toshkentning "Lokomotiv" sharafini himoya qilayotgan Temurxo'ja Abduholiqov Xorvatiya - CHexiya uchrashuvidagi xorvatiyalik ishqibozlarning o'zini tutishi haqida fikr bildirdi.
"Xorvatiya chempionatida o'tkazgan 2 yilim davomida bunday voqealar sodir bo'lib turgan. "Dinamo"ga qarshi birinchi o'yinimda ishqibozlar juda ko'p petardalar yoqishgan. Natijada maydonni ko'rib bo'lmay qolgan, xuddi quyuq tumanga o'xshardi. O'sha paytda hakam bahsni to'xtatgan va tutun tarqalgandan so'ng o'yin davom etgan.
"Xayduk"da fan-klubida futbolning ashaddiy muxlislari yig'ilgan. Kechagi tartibsizliklarda ular ishtirok etgan bo'lishi mumkin. Xorvatiyalik ishqibozlarning kechagi tartibsizligi men uchun yangilik bo'lmadi" - deydi Abduholiqov.
Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! SHartlar esa bu erda >>>> TANLOV
O’xshash yangiliklar
07:30
Rasmiy xabar: "SHo'rtan" O'zbekiston chempioni va ikki nafar darvozabon bilan shartnoma imzoladi 3
Fikrlar