So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  2 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

Abbosjon Otaxonov: "Yana chempion bo'lish qo'limizdan keladi" Yangiliklar

Abbosjon Otaxonov: "Yana chempion bo'lish qo'limizdan keladi"

2018 yil O'zbekiston terma jamoasi safida U-23 Osiyo chempionatida ishtirok etib chempionlikka erishgan Abbosjon Otaxonov o'z ukalariga omad tiladi.

"Avvalo barchangizni Osiyo chempionatining final bosqichi start olganligi bilan tabriklayman. Bu qita chempionati Tokio olimpiadasiga yo'llanma berishi bilan ham ikki hissa masuliyatli va muhimdir.

Tailand maydonlarida o'tayotgan birinchilikda ham raqiblar deyarli o'zgarmagan. Hamisha va har doim final bosqichiga chiqib yurgan tanish termalar. Barchada imkoniyat bir xil: to'p yumaloq, maydon tekis. Biz qitaning so'nggi chempionatida kuchli ekanligimizni isbotlaganmiz. SHunday ekan, Osiyo chempionatini yana bir bor yutish, chempionligimizni munosib himoya etish qo'limizdan keladi. Faqatgina har bitta o'yinga katta ishtiyoq bilan tushing. Ortingizda Ona Vatan – serquyosh O'zbekiston turganligini unutmang! Boshni tik tutib, har qanday raqibdan cho'chimasdan to'p suring. Yig'inlar davomida, saralash guruhi bahslarida, nazorat uchrashuvlarida Siz nimalarga qodir ekanligingizni ko'rsatdingiz. Siz bundan-da yuksak marralarga loyiqsiz. Sizga chempionlik taxti, boshingiz uzra Kubokni baland ko'tarish yarashadi.

Qadrli ukalarim, aziz ustozlar! Biz sizlarga ishonamiz! Osiyoda yana chempion bo'lish qo'limizdan keladi. Sizlarga omad va g'alabalar yor bo'lishini tilayman!", - deydi 2018 yilgi U-23 Osiyo chempionati oltin medali sohibi Abbosjon Otaxonov. 


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика