So’nggi yangiliklar

21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  4 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  5 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7

Abbosbek Fayzullaev Turkmanistonga qarshi o'yin va CSKAdagi o'zgarish haqida gapirdi Yangiliklar

Abbosbek Fayzullaev Turkmanistonga qarshi o'yin va CSKAdagi o'zgarish haqida gapirdi

2026 yilgi Jahon chempionati saralashidan o'rin olgan Turkmanistonga qarshi o'yin oldidan terma jamoamiz futbolchisi Abbosbek Fayzullaev kichik intervyu berdi.

– Abbosbek, Turkmanistonga qarshi o'yin haqida nima deya olasiz?

– Turkmanistonga qarshi o'yin qiziqarli bo'ladi deb o'ylayman. Vazifani uddalab bo'lganimizga qaramay, muxlislarimiz yonida o'ynaymiz. Ularga yoqadigan o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Uch ochkoni qo'lga kiritmoqchimiz. 

– CSKAda may oyi o'yinchisi bo'ldingiz. Umuman Rossiyada siz haqingizda juda ko'p ijobiy fikrlar mavjud. Kelajagingiz haqida nima deya olasiz?

– Kelajagim haqida hech narsa deya olmayman. CHunki CSKA bilan shartnomam bor. Hozir terma jamoadaman, asosiysi bu erda ikkita o'yinni o'tkazib olishim. 

– CSKAda murabbiy o'zgardi. SHu haqida fikringiz?

– Buni kecha bildim. Klub shu qarorga kelgan ekan, men hech narsa deya olmayman. Fedotov bilan ishlaganimdan juda xursandman. Turkiyadagi yig'inlarda jamoaga qo'shilib ketishimga ham asosiy sababchi aynan u bo'lgandi. 

– Rossiyada yangi mavsum iyul oyidan boshlanadi. Bu Olimpiadaga borishingizga to'siq bo'lmaydimi? Bu masala bo'yicha biror kelishuvga erishdingizmi?

– Bu masala haqida gaplashmadik. Federaciya va klub kelisha olsa, Olimpiadaga borish niyatidaman. 

– Ertaga "Bunyodkor" stadionida o'ynaymiz. Bu stadionda U-20 Osiyo kubogida g'alaba qozongansiz. Muxlislarga biror chorlov bormi?

– Terma jamoaning har bir o'yini muxlislar uchun bayram hisoblanadi. Ertaga ham kelib, qo'llab-quvvatlab turishsa, xursand bo'lardik. Qancha ko'p muxlis kelsa, bu bizga qo'shimcha kuch bo'ladi. 

– Abdurahmon Fozilov bilan iPhone masalasida nima bo'lgandi?

– SHart bor edi. U shartni bajarmadim. Ertaga shu shartni bajarishga harakat qilaman.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика