So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  0 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  11 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  36 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Abbosbek Fayzullaev: Maydonga tushganimni "kichik mo'jiza" deb atasak bo'ladi. SHifokorlarimiz tufayli men bahsda ishtirok eta oldim" Yangiliklar

Abbosbek Fayzullaev: Maydonga tushganimni "kichik mo'jiza" deb atasak bo'ladi. SHifokorlarimiz tufayli men bahsda ishtirok eta oldim"

JCH-2026 saralashi uchinchi bosqich O'zbekiston - BAA (1:0) bahsidan so'ng terma jamoamiz azosi Abbosbek Fayzullaev OAV vakillari bilan suhbatlashdi.

"Qiyin uchrashuv bo'ldi, ammo Eronga qarshi uchrashuv bilan solishtirsak bugun yaxshiroq o'ynadik. Pressingimiz yaxshiroq bo'ldi, vaziyatlar yarata oldik. Muhimi, g'alaba qozondik va muxlislarimiz bugungi natijadan qoniqishdi, deb o'ylayman", - deya fikr bildirdi Abbosbek Fayzullaev.

- Ikkita uchrashuvdan beri o'ng qanotda o'ynab kelmoqdasiz. Bu sizga qanchalik noqulaylik tug'dirmoqda?

- To'g'risi, menga chap qanotda o'ynash qulayroq. CHap qanotda qanday o'ynashni sezaman, lekin murabbiyimiz qaysi poziciyani tanlasa o'sha erda maksimal foyda keltirishga harakat qilaman.

- Ikkinchi bo'limda ajoyib vaziyatga ega bo'ldingiz. O'sha vaziyatda siz pas bermoqchi edingizmi yoki zarba?

- To'pni to'xtatib olib, darvozaga zarba bermoqchi edim, lekin raqib himoyachisi to'pni maydondan chiqarib yubordi.

- Jismoniy holatingiz haqida nimalar deya olasiz? Jarohatingiz borligidan xabardormiz. Jarohat bilan o'ynash qanchalik qiyin bo'ldi?

- Bugungi bahsda maydonga tushganimni "kichik mo'jiza" deb atasak bo'ladi. Oyog'im ishib ketgan edi. SHifokorlarimizga rahmat, ularning sayl harakatlari tufayli o'yinda ishtirok eta oldim.

- Keyingi raqibimiz Qatar haqida biroz gapirib o'tsangiz?

- Qatarga yaxshi kayfiyatda boramiz. Safarda bizni qiyin uchrashuv kutib turibdi. Noyabr oyidagi bahslarda 6 ochko to'plashni maqsad qilganmiz. Agar ushbu natijaga erisha olsak, mundial sari juda katta qadam tashlagan bo'lamiz. Bizni qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarga rahmat aytaman.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика