Abbos Maxstaliev oliy ligada birinchi bor dublga erishdi
01 may 2016 15:00
Yangiliklar
Abbos Maxstaliev oliy ligada birinchi bor dublga erishdi
Oliy liganing 7-turida "Neftchi" klubi o'z uyida "SHo'rtan" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.
Ushbu o'yinda farg'onaliklar safida har ikkala golga yarim himoyachi Abbos Maxstaliev mualliflik qildi. SHunday qilib, 2011 yildan buyon oliy ligada o'ynab kelayotgan futbolchi ilk bor bitta uchrashuvda raqiblar darvozasiga ikkita to'p kiritishga erishdi. Bungacha "Paxtakor" va "Andijon" jamoalari safida 37ta o'yin o'tkazib, 7ta gol urgan Abbos, "Neftchi" tarkibida 30dan ortiq o'yinda 4ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar