Abbos Maxstaliev butsalarini mixga ildi
15 avg 2021 17:25
Yangiliklar
Abbos Maxstaliev butsalarini mixga ildi
O'z vaqtida muxlislar va mutaxassislar tomonidan kelajagi porloq o'yinchi sifatida qaralgan Maxstaliev butsalarini mixga ilishga qaror qildi.
Superliga klublarida barqaror o'yin ko'rsata olmay, PRO-Liga jamoalarida qo'nim topgan sirdayorlik futbolchi bu yil Farg'onaning “Istiqlol” jamoasida ko'rinish bergandi. Ammo keyinchalik bu jamoa tarqatib yuborilgach, Abbos Toshkent viloyatining “Rubin” jamoasiga borib qo'shildi. Ajablanarlisi ushbu jamoa ham ko'p o'tmay musobaqadagi ishtirokini to'xtatdi. SHundan so'ng Abbos o'ziga yangi jamoa topishga qiynaldi chog'i. Natijada sobiq futbolchi murabbiylikka o'tishga qaror qildi. Olingan malumotlarga ko'ra, Maxstaliev “Yangier futbol akademiyasi”da murabbiy sifatida ish boshlagan.
Saytimiz nomidan Abbos Maxstalievning murabbiylik sohasidagi faoliyatiga omad tilaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar