So’nggi yangiliklar

14:25Суперлигада қолиш учун плей-офф. Улар нега бу ерда?  2 14:17"Бухоро" - "Хоразм". Таркиблар эълон қилинди  1 13:40Гвардиола "Реал" билан ўйин ҳақида: "Менга "қасос" сўзи ёқмайди. Бу "Ман Сити" учун яхши синов. Агар Мбаппе бўлмаса, Винисиус ёки Родриго бор"  0 13:13"Реал" ва "Барселона" собиқ футболчиси энди Қирғизистон миллий терма жамоасини бошқаради  3 13:00Transfermarkt ва Championat.asia 2025 йилнинг энг яхшиларини аниқлашди   6 12:30"Челси" "Барса" устидан қозонилган 3:0 ҳисобидаги ғалабадан сўнг кетма-кет 4 та ўйинда ғалаба қозона олмади  10 11:48TVCOM'да бугунги тақвим: Ўтиш ўйини, Ҳусанов “Сити” билан Мадридда ва бошқалар  0 11:30Слот Салоҳ билан юзага келган зиддият ҳақида: "Ҳаётда ҳамма хато қилади, аммо ўйинчи хато қилганини тушуняптими? Ташаббус ундан чиқиши керакми ёки мендан?"  2 11:15“Fair-play”ни “Машъал”га беринглар  11 10:46Германия МТЖ аъзоси келажаги борасида бир қарорга келди  1 10:15Европанинг ТОП клуби Рамосга таклиф юборди  4 09:46Кейннинг "Бавария"даги келажаги маълум  0 09:20Флик жамоасининг Чемпионлар Лигасидаги ғалабасига муносабат билдирди  3 08:52Месси навбатдаги совринига эга чиқди  19 08:26"Динамо" етакчиларидан бири жамоани тарк этди  3

Abbos Fayzullaev: "Tarkibimizdagi barcha futbolchilar o'z chempionatlarida yaxshi formaga kirib olishdi. Bu bizga ancha qo'l keladi" Yangiliklar

Abbos Fayzullaev: "Tarkibimizdagi barcha futbolchilar o'z chempionatlarida yaxshi formaga kirib olishdi. Bu bizga ancha qo'l keladi"

Bugun O'zbekiston terma jamoasi "Bunyodkor" stadionida o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi.

Unda qatnashgan O'zbekiston terma jamoasi azosi Abbos Fayzullaev jurnalistlarning bir qator savollariga javob berdi.

- Terma jamoamiz navbatdagi yig'inga kirishdi. Eronga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik qanday kechmoqda?

- Barchasi yaxshi. Futbolchilar sog'. Tarkibimizdagi barcha futbolchilar o'z chempionatlarida yaxshi formaga kirib olishdi. Bu bizga ancha qo'l keladi.



- Terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanec sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli navbatdagi uchrashuvlarda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi. Bu xabar jamoa ruhiyatiga qanchalik tasir qildi?

- Bu holat birinchi marotaba bo'layotgani yo'q. "Mister"ga sog'liq tilayman va tezroq terma jamoaga qaytsinlar. Ushbu tarkib ancha vaqtdan beri birga. Biz maydonda nima qilishni bilamiz, sababi uch yildan beri birga o'ynab kelmoqdamiz.

- Erondek kuchli jamoaga qarshi qanday tayyorgarlik ko'ryapsizlar?

- Bu katta o'yin. Eron – katta terma jamoa. Ertaga maydonga kuchli ishtiyoq bilan tushib, uch ochkoni qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz.

- Eron terma jamoasi tarkibida o'zgarishlar bo'ldi. Eronning asosiy tarkib futbolchisi Hussayn Kanooni jarohati sabab yig'inlarda ishtirok etmayapti. Himoya chizig'idagi yo'qotish bizga qanchalik qo'l kelishi mumkin?

- To'g'risi, Eron futbolini ko'p kuzatmayman va ko'p malumotga ega emasman. Eron juda kuchli terma jamoaligini aniq bilaman. Saralashda har bir ochko juda katta ahamiyatga ega. Ertangi uchrashuvda uch ochkoni qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz.



Eslatib o'tamiz, JCH 3-saralash bosqichi doirasidagi O'zbekiston – Eron bellashuvi ertaga 19:00 da boshlanadi. Uchrashuvga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика