Abbos Fayzullaev: "Eronga qarshi bahsda maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz"
09 sen 2023 22:34
Yangiliklar
Abbos Fayzullaev: "Eronga qarshi bahsda maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz"
U-23 Osiyo Kubogi saralashi 2-turi doirasidagi Gonkong – O'zbekiston uchrashuvidan (0:10) so'ng Abbos Fayzullaev bahs haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Abbos Fayzullaev: "Yaxshi o'yin bo'ldi, hammani g'alaba bilan tabriklayman. Terma jamoadagilar bor kuchini berishdi. Xalqimiz yirik hisobdagi g'alabaga haqli edi".
- Bugun Timur Kapadze sizga ishonch bildirdi, terma jamoada o'zingizni qanday his qilyapsiz?
- O'zimga ishonch his qilyapman. Terma jamoada doim bor kuchimni ishga solaman.
- Eronga qarshi bahsda bizni g'alaba ham durang ham qoniqtiradi...
- Eronliklar bilan o'yin qiyin bo'ladi. CHunki ular Osiyoning eng yaxshilaridan biri hisoblanishadi. Maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar