Abbos Fayzullaev: "Eronga qarshi bahsda maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz"

Aslanov Jasurbek
9 sen 2023
U-23 Osiyo Kubogi saralashi 2-turi doirasidagi Gonkong – O'zbekiston uchrashuvidan (0:10) so'ng Abbos Fayzullaev bahs haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Abbos Fayzullaev: "Yaxshi o'yin bo'ldi, hammani g'alaba bilan tabriklayman. Terma jamoadagilar bor kuchini berishdi. Xalqimiz yirik hisobdagi g'alabaga haqli edi".

- Bugun Timur Kapadze sizga ishonch bildirdi, terma jamoada o'zingizni qanday his qilyapsiz?

- O'zimga ishonch his qilyapman. Terma jamoada doim bor kuchimni ishga solaman.

- Eronga qarshi bahsda bizni g'alaba ham durang ham qoniqtiradi...

- Eronliklar bilan o'yin qiyin bo'ladi. Chunki ular Osiyoning eng yaxshilaridan biri hisoblanishadi. Maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia