A Seriyaning ikki klubi Maldiniga qiziqmoqda
07 iyu 2022 01:24
Yangiliklar


A Seriyaning ikki klubi Maldiniga qiziqmoqda
Daniel Maldini "qizil-qoralar" safini tark etishi mumkin.
"Milan" yarim himoyachisi Daniel Maldiniga "Verona" va "Speciya" klublari tomonidan qiziqish bo'lmoqda, deb xabar berdi "Calciomercato". Har ikki klub mavsum oldidan futbolchini sotib olishga erishmoqchi.
Maldini – "rossoneri" tarbiyalanuvchisi. 20 yoshli xavbek o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 13 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.
Avvalroq uning otasi Paolo Maldini va boshqalar "Milan" bilan shartnomasini uzaytirgani haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar