So’nggi yangiliklar

00:21"Ал Ҳилол" Зиданга йилига 100+ млн евро таклиф қилганди. Мураббий эса...  2 23:50ЕЧЛ финали. ПСЖ - "Интер" 2:0 (матнли трансляция)  52 23:10Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади  0 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Селекция ишлари ҳар бир жамоада мунтазам давом этади"  0 22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  0 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  56 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  1 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  1 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  22 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  2 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  1 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 17:38"Атлетико" Фернандо Торрес билан шартномани узайтирди  0

A Seriyadagi poygalar davom etadi. "Yuventus"ga bu safar ham raqib topilmaydimi? Yangiliklar

A Seriyadagi poygalar davom etadi. "Yuventus"ga bu safar ham raqib topilmaydimi?

Italiyada A Seriyaning 29-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"Yuventus" "Jenoa"dan kuchliroq

Umuman olganda, amaldagi chempionning Genuyaga bo'lgan safarlari doim ham oson kechmagan. "Grifonlar" muntazam ravishda ushbu raqibga bor kuchi bilan qarshilik ko'rsatgan, bu gal ham shunday bo'ldi. Albatta, "Yuventus" dastlab faolroq harakat qildi, Ronaldu va uning sheriklari Perrin darvozasiga bir necha bor tahdid solishdi. Ammo golkiper 1-taymda gol o'tkazmadi va qator xavfli zarbalani qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Biroq "grifonlar"ning o'zi raqib darvozasiga xavf sola olmadi, shu sababli tanaffusgacha gol bo'lmadi.

Ikkinchi taym boshidan Dibala o'zini ko'rsata boshladi. Argentinalik jarima maydonchasi burchagida bir nechta himoyachini aldab o'tdi va ehtiyotkorlik bilan darvoza burchagiga aniq gol urib qo'ydi. Bu pallada Perin ham hech narsa qilolmay qoldi. Oradan 6 daqiqa o'tib, "Yuventus" yanada yaxshiroq harakat qila boshladi. Pyanich to'pni Ronalduga oshirdi, u darvoza tomon biroz yaqinlashdi-da, uzoqdan kuchli zarba berdi va darvozabonga hech qanday imkon qoldirmadi. SHundan so'ng, "Jenoa" deyarli hujum qilmadi va o'yin biroz sustlashdi. Duglas Kosta esa o'yinni jonlantirdi. Braziliyalik qanotdan siljidi va o'ta kuchli zarba bilan raqib darvozasini ishg'ol etdi. Qizig'i shundaki, uchinchi goldan keyingina "Jenoa" hujum qila boshladi va 76-daqiqada Pinamonti gol urishga erishdi. "Yuventus" hamon etakchi o'rnida qolmoqda, "grifonlar"ning ahvoli esa unchalik ham yaxshi emas.


"Lacio" katta qiyinchilik bilan "Torino"ni engdi

"Fiorentina" bilan o'yinda Indzagi shogirdlari yorqin o'yin ko'rsata olmagan bo'lsada, muhim 3 ochkoga ega chiqdi. Bu safar ham ularga oson bo'lgani yo'q. O'yinning avvalidayoq, aniqrog'i 5-daqiqada "Torino" futbolchilari penalti tepish imkoniyatiga ega bo'lishdi va Belotti imkoniyatdan unumli foydalandi. "Burgutlar" darhol hisobni tenglashtirishlari mumkin edi, lekin Immobile juda qulay vaziyatda to'pni noaniq yo'lladi. Biroz o'tgach, italiyalik futbolchi yana zarba berdi, lekin yana noaniq. "Torino" esa iloji boricha zich o'ynashga harakat qildi.

Ikkinchi bo'lim boshida esa A Seriyaning eng xafli juftliklaridan biri yana o'zini ko'rsatdi. Luis Alberto ajoyib to'p oshirishi bilan Immobileni qulay vaziyatga chiqarib yubordi va CHiro  bu safar kuchli zarba berib o'tirmay, to'pni Siriguning yonidan o'tkazib darvozaga joylab qo'ydi. "Torino" gol o'tkazib yuborgach, bir-ikki marta hujumga o'tishga harakat qilib ko'rdi, lekin bundan naf chiqmadi. Aksincha "Lacio" ikkinchi to'pni kiritdi. SHu o'rinda ushbu vaziyatda darvozabon xato qilganini ham takidlash lozim. Parolo to'pni Immobiledan qabul qilib olgach, kuchli zarba berdi, lekin Sirigu chalg'ib qoldi chog'i, to'pni qo'llari ostidan o'tkazib yubordi. "Lacio" bunday xatolarni kechirmaydi va qolgan vaqt davomida "buqalar" hisobni tenglashtirishidan ko'ra, aynan "burgutlar" 3-golni urishlari mumkin edi.


"Inter"ning jaxli chiqdi

"Neradzurri" A Seriya autsayderiga qarshi o'yin o'tkazdi. Antonio Konte tarkibda va taktik joylashuv borasida bir nechta o'zgarishlarni amalga oshirdi. "Inter" ishni uzoq cho'zib o'tirmadi, 5-daqiqadayoq Aleksis Sanches jarima maydoni ichida unutib qoldirilgan Yangga to'pni oshirdi, u esa to'pni to'xtatib o'tirmay, hisobni ochdi. "Inter" hujum qilishda davom etdi, lekin malum vaqtgacha "Breshiya" unga qarshilik ko'rsatishni uddaladi. Biroq keyin jarima maydoni ichida Viktor Mozes yiqitildi, penalti. To'p oldiga Aleksis Sanches keldi va imkoniyatdan unumli foydalandi. "Breshiya" o'ziga kelib ulgurmasidan "Inter" yana gol urdi. Eshli Yang jarima maydoni ichiga to'pni etkazib berdi va D`Ambrozio hammadan chaqqonroq chiqti.

"Inter" futbolchilari ijrosida qanotdan jarima maydoniga havodan oshirib beriladigan uzatmalar juda xavfli ko'rinish olmoqda. Ikkinchi bo'limda Sanches jarima to'pidan uzatmani amalga oshirdi va Galyardini boshi bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Yana bir vaziyatda Kandrevaning kuchli zarbasidan keyin to'p darvozaga borishiga raqib kiperi yo'l qo'ymadi. "Inter" to'xtash niyatida emasdi. Hali gol urmagan Lukaku ayniqsa harakat qilardi, 5-golni aynan u tashkillashtirdi. Romeluning zarbasidan keyin Eriksen bir metr masofadan to'pni bo'sh darvozaga olib kirib qo'ydi. Bu gol daniyalik uchun A Seriyadagi 1-bo'ldi. O'yin oxirida esa Kristian samarali uzatma amalga oshirdi, Kandreva o'z ismini tabloga yozdirib qo'ydi. Bunday ishonchli g'alaba "Inter"ga keyingi o'yinlarda kuch bag'ishlashi turgan gap.


"Atalanta" quvishda davom etadi

"Napoli" oxirgi vaqtlarda ijobiy natijalar bilan maqtana oladi. Italiyaning eng yorqin jamoasiga qarshi Gattuzo alohida tayyorgarlik ko'rgani aniq. Bu borada himoyaga ayniqsa urg'u berilgan bo'lsa ajabmas. Birinchi bo'limda o'yinga tuzilgan reja ish berdi desak bo'ladi. O'yin suratiga Ospinaning majburiy almashtirilishi ham tasir ko'rsatdi, lekin umuman olganda "Atalanta" birinchi 45 daqiqalikda ko'p ham vaziyat yarata olmadi. O'z o'rnida "Napoli" ham yorqin o'yin ko'rsatolmadi.

Ikkinchi bo'limda vaziyat o'zgardi. Marten de Ron to'pni olib qo'ydi va Gomesga etkazdi, "Atalanta" sardori hech kim halaqit qilmayotgan Pashalichni topdi. Ko'p o'tmay, "Atalanta" yana o'ng qanotdan hujumni gol bilan yakunladi. Bu safar Gonsens aniq zarba berdi. Voqealarning bunday rivojiga mehmonlar butkul tayyor emasdilar. SHundan keyingina "Napoli" hujum haqida esladi, lekin Fabianning uo'oq masofadan bergan zarbasi va Kulibalining faolligidan boshqa eslaydigan vaziyat bo'lmadi. "Atalanta" haqli ravishda g'alabaga erishdi, Gattuzo esa shogirdlariga bu o'yinda ishtiyoq etishmagani va buni tez orada to'g'rilashini aytdi.


"Milan" 25ta zarba berdi, lekin 3 ochko nasib qilmadi

O'yin avvalidayoq "Milan"ning muammolari boshlandi. Donnarumma darvozasi oldida yuzaga kelgan vaziyatda, noqulay vaziyat bo'lsada, Valotti nishonga aniq zarba berishni uddaladi. Keyingi hujumda Paketada shunday imkon tug'ildi, lekin braziliyalikning omadi chopmadi. O'yin bir muddat sokin ruhda davom etdi, sokinlikni Flokkarining zarbasi buzib yubordi. Donnarumma oldinga chiqib ketgani sabab joyiga qaytib ulgurmadi. Tanaffusgacha "SPAL" himoyachisi Alessandro qizil kartochka olib, maydonni sheriklaridan avvalroq tark etishga majbur bo'ldi. Ko'p bo'lib qolgan "Milan" raqibni himoyaga qamab qo'ydi. Tarkibda ayniqsa CHalxanoglu ajralib turdi.

Ikkinchi bo'limda bosim yanada oshdi. "Milan" 25 bor (!) zarba berdi. "SPAL" darvozaboni va himoyachilari katta qiyinchilikka duch keldi va qaysidir pallada raqib uni yorib o'tdi. Leao yaqin burchakka ajoyib zarba bilan to'pni joylab qo'ydi. "Milan" vaziyatdan foydalanib qolishga tushdi, lekin ular mardlarcha turdi. "SPAL" asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalardagina uch ochkoni qo'ldan chiqardi. Vikari raqib hujumini qaytarishda negadir shoshilib qoldi, uning harakatidan keyin to'p Letica darvozasiga borib tushdi. "Milan" o'yin borasida oladigan bo'lsak, mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmagandi.

SHuningdek, "Fiorentina" "Sassuolo"ga mag'lub bo'ldi, "Udineze" "Roma"dan ustun keldi, "Bolonya" va "Kalyari" durang natija qayd etdi.


Sergey Rumyancev

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика