So’nggi yangiliklar

22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  5 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  44 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  30 20:43Париж-2024. Аргентина Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  373 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  3 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6

A Seriyada xPTS statistikasi bo'yicha eng ko'p ochko yo'qotgan TOP-5 klub haqida Yangiliklar

A Seriyada xPTS statistikasi bo'yicha eng ko'p ochko yo'qotgan TOP-5 klub haqida

Kuni-kecha "Atalanta" kutilmaganda ochko yo'qotdi va endi "Yuventus"ga etishi qiyin bo'ladi.

O'tgan tur "Atalanta" o'zaro o'yinda "Yuventus"ni qanchalik qiyin vaziyatga tushirib qo'ygani va turinliklar faqatgina penaltilar evaziga ikki gol urib, mag'lubiyatdan qutilib qolgani hali ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak.

Xo'sh, "Yuventus" gegemonligi sizning ham joningizga tegmadi-mi? Turin klubi ushbu mavsum Skudettoni qo'lga kiritishi adolatdan bo'lyaptimi? xPTS ko'rsatkichi (taxminiy to'plangan ochkolar) "keksa sinora" turnir jadvalida "Atalanta" va "Inter"dan pastroqda bo'lishi kerakligini ko'rsatmoqda. xPTS statistikasi bo'yicha A Seriyaning ochkolarni eng ko'p qo'lga kirita olmagan 5 jamoasi haqida gaplashamiz.


"Jenoa"
30 ochko, xPTS – 41.49

Yanvar oyida ham Genuya klubi jadvalning oxirgi pog'onasida edi, lekin qishdagi aqlli transferlar va Davide Nikolaning bosh murabbiy etib tayinlanishi oqibatida klub "podvaldan" chiqib keldi. "Jenoa" qutqaruvchi 17-pog'onani egallab turibdi, "Lechche" bir ochkoga ortda qolmoqda. "Jenoa" – eng ko'p ochko yo'qotgan klub, aniqrog'i xPTS bo'yicha ishlashi kerak bo'lgan ochkolarsiz qolgan. Nikola shogirdlari 40 ta gol urishdi, aslida ko'proq urishlari zarur edi: xG (kutilgan gollar) – 45.03. O'z darvozasidan 63 ta gol olib chiqqa, lekin kamroq o'tkazishlari kerak edi: xGA (taxminiy o'tkazib yuborilgan gollar) – 49.30.

"Jenoa" 11 ochkodan quruq qoldi, jon saqlash uchun kurashish o'rniga u chempionatni bemalol tugatib qo'yishi ham mumkin edi. Qolgan turlarda "Jenoa"ni o'rtamiyona raqiblar kutib turibdi: "Torino", "Lechche", "Sampdoriya", "Inter", "Sassuolo", "Verona". Yani ortiqcha muammosiz ochkolarni ishlab, chempionatni tugatib qo'ysa bo'ladi.

"Fiorentina"
36 ochko, xPTS – 44.92

Florenciyaliklar yaxshi tarkibga ega va bu tarkib bilan klub Evropa Ligasi yo'llanmasi uchun kurashishi mumkin edi. Buning o'rniga "fialkalar" jadvalning quyi pog'onalarida o'ralashib yurishibdi. Malum muddat jamoa quyi divizonga ravona bo'lishi mumkin bo'lganlar ro'yxatida ham bor edi. Murabbiylar shtabi qo'l ostida Frank Riberi, Patrik Kutrone va Federiko Keza kabi futbolchilar bor. Ular esa hujumda qanday harakat qilishni bilishadi. "Fiorentina" esa bor yo'g'i 13-o'rinni egallab turibdi. Mavsum yakunlangach Juzeppe Yakini bosh murabbiy kursisini bo'shatib qo'yadi. Karantin sabab unga ham "vaqt berilgandi", ammo restardan keyin jamoa bor yo'g'i 6 o'yinda 1ta g'alabaga erishdi. "Fiorentina" bilan vaziyatda ham omad kelmasligi masalasi bor – xPTS statistikasi bo'yicha jamoa deyarli 9 ochkosiz qolgan. Bosh murabbiylikka asosiy nomzodlar – Mauricio Sarri, Luchano Spalletti va Daniele de Rosso. "Fiorentina"ga kim kelsa ham katta o'zgarishlar bo'lishi aniq. Mish-mishlarga qaraganda, Florenciyaliklar shuningdek bo'lajak transfer oynasida Aleksey Miranchukni o'z tarkibiga qo'shib olishga urinib ko'radi.


SPAL
19 ochko, xPTS – 27.08

Rasman jamoa hali A Seriyadan tushib ketmadi, lekin SPAL o'zi ham B Seriyaga tushib ketishiga o'zi ham ishonib bo'ldi chog'i. 32 uchrashuvda Luidji Di Byanko shogirdlari bor yo'g'i 23 gol urdi – ligadagi eng yomon natija. xG statistikasi bo'yicha esa vaziyat u qadar yomon emasdi – 34.19, ammo bu ham A Seriyadagi eng yomon ko'rsatkich. SPAL nafaqat chempionatdagilar orasida eng kam zarba bergan, balki aniq zarbalar borasida ham oxirgi o'yinda. Luidji Di Byanko jamoasi 19 ochkodan ko'proq to'plashi kerak edi, lekin jamoaning quyi divizionga tushib ketayotgani adolatdan bo'lmoqda. Klub uchun mavsumdagi yagona yorqin epizod – forvard Andrea Petanya (12 ta gol urgani). Ammo yana bir jihat, 30 yoshli futbolchi SPAL safida hujumchi ijarada o'ynamoqda va mavsum so'nggida "Napoli"ga qaytadi.



"Breshiya"
21 ochko, xPTS – 28.49

"Breshiya" prezidenti Massimo CHellino mavsum avvalida jamoaga Mario Balotellini taklif qilganida, muxlislar bu yangilikni ijobiy ruhda qabul qilishdi. Ha, forvardning xarakteri og'ir, bazan qiliqlari tushunarsiz, ammo ko'pchilik Mario 29ga to'ldi, endi aqlini yig'ib olar deyishgandi. Ustiga-ustak Breshiya – uning ona shahri, aynan shu erda uni boqib olgan ota-onasi, Balotelli ularni hozirgacha hurmat qiladi va iliq so'zlarini ayamaydi. Karantindan avval Balotelli 19 o'yinda 5 ta gol urgan va vaziyat chidasa bo'ladigan edi. Lekin jamoalar karantindan qayta boshlagach, Mario mashg'ulotlarga borishdan bosh tortdi.

"Breshiya"ni SPAL kabi endi hech nima qutqarib qola olmaydi, jamoa quyi divizionga tushib ketishi aniq bo'lib ulgurgan. Klub elitani tark etgan taqdirda Balotelli bilan shartnoma avtomatik tarzda bekor bo'ladi va CHellino bundan faqat xursand bo'lsa ajabmas. 17-o'rindan 9 ochkoga ortda qolayotgan "Breshiya" katta ehtimol quyi ligaga tushib ketadi. Jamoa mavsum davomida vaziyatlardan unumli foydalanish borasida jiddiy oqsadi: xG – 35.66 amalda 28 ta gol urilgan.


"Sampdoriya"
38 ochko, xPTS – 41.57

Genuyaning yana bir vakili ham ro'yxatimizdan joy oldi. Klaudio Raneri jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganch, "Sampdoriya" ijobiy natijalar qayd eta boshladi va o'ziga xos seriyani qayd etdi, lekin bevosita karantindan avval vaziyat unchalik yaxshi emasdi. "Sampdoriya" – A Seriya klublari ichida koronavirusdan eng katta zarar ko'rgan klub. Oxirgi natijalardan kelib chiqsak, hozir Raneri jamoasi yaxshi holatda – 4 o'yinda 3 g'alaba. SHu tariqa, jamoa 14-pog'onaga ko'tarilib, elitada jon saqlab qolish muammosini hal etdi desak ham bo'ladi. 32 turda jamoa 54 ta gol o'tkazib yubordi, vaholanki xGA bo'yicha nisbatan kamroq – 45.37 ta gol qo'yib yuborishi zarur edi.  


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика