A Seriyada ham klublar soni qisqarishi mumkin
04 fev 2019 23:29
Yangiliklar
A Seriyada ham klublar soni qisqarishi mumkin
A Seriya rahbari Gaetano Mikkiche xabar berishicha, Italiya chempionatining asosiy divizionidagi jamoalar soni 18taga qadar qisqartirilishi mumkin.
"Bundesligani hisobga olmaganda Evropaning barcha kuchli chempionatlarida 20tadan jamoa qatnashadi. Italiya futbol federaciyasining so'nggi yig'ilishi vaqtida bizga jamoalar sonini 20dan 18taga qadar kamaytirish qarorini qabul qilishga ruxsat berildi.
Hamma yutuq va kamchiliklarini inobatga olgan holda, tez orada uchrashuv tashkil qilib bu haqda yakuniy qarorga kelamiz. Federaciya har bir ligadagi jamoalar sonini o'ylab ko'rish imkoniyatini berdi va bu ajoyib", — deya Mikkichening so'zlarini keltirdi Football Italia nashri.
Eslatib o'tiamiz, oxirgi 7 yilda A Seriya chempionligini "Yuventus" qo'lga kiritib kelmoqda. Turinliklar joriy mavsum ham etakchilik qilishmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar