A Seriyaning ushbu mavsumdagi eng yaxshi o'yinchilari aniqlandi
20 may 2022 23:33
Yangiliklar
A Seriyaning ushbu mavsumdagi eng yaxshi o'yinchilari aniqlandi
Italiya chempionatining bu yilgi mavsumi o'z yakuniga etishiga birgina tur qoldi.
A Seriya esa mavsumning eng yaxshi futbolchilarini aniqladi.
Eng yaxshi darvozabon deb Mayk Menyan ("Milan") topildi. Himoya chizig'ining eng yaxshi futbolchisi deb "Torino" o'yinchisi Gleyson Bremer qayd etildi.
Mavsumning eng yaxshi yarim himoyachisi sifatida "Inter" futbolchisi Marcelo Brozovich tan olindi. A Seriyaning eng yaxshi hujumchisi nomiga "Lacio" forvardi CHiro Immobile loyiq ko'rildi.
Bundan tashqari, A Seriyaning 23 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi o'yinchisi "Napoli" vakili Viktor Osimxen bo'ldi.
Fikrlar