So’nggi yangiliklar

13:20ОКМК Тошкентда "Пахтакор"ни мағлуб этган учрашувдан галерея  0 13:03"Навбаҳор" футболчиси учун мавсум тугади   1 12:45ЎзФҲМ нимани яширмоқда? Асимов, Норсафаров ва бошқа ҳакамлар қаерда?  2 12:08"Милан" Меньян ва Эрнандес билан шартномаларни узайтириш устида ишламоқда  0 11:40FIFA.COM: "Аббос Файзуллаев кичик бўйли эканига қарамай, ажойиб техник хусусиятларга эга"  6 11:28"Реал" Дэвис трансферига шубҳа қилмаяпти  0 10:42Гвардиола нима учун «Манчестер Сити»да қолишга қарор қилганини тушунтириб берди  7 10:06Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум  2 09:30Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда  13 08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  1 08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  7 07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  2 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  8 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  15 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0

A Seriyada 8 yildan buyon titul uchun kurash yo'q. “Inter” bunga chek qo'ymoqchi Yangiliklar

A Seriyada 8 yildan buyon titul uchun kurash yo'q. “Inter” bunga chek qo'ymoqchi

Mana oradan 3 yil o'tib, Antonio Konte yana Italiyaga qaytdi.

“Yuventus” va terma jamoa sobiq murabbiyi “Inter” bilan shartnoma imzoladi va yiliga 12 mln evro maosh olishga kelishib oldi – bu A Seriyadagi rekord summa bo'ldi. Quyidagi intervyu orqali Konte nima uchun “Inter”ni tanlagani haqida bilib olishingiz mumkin.

Konte faqat g'alaba qozona oladigan jamoalarga keladi

– "Men erishayotgan natijalar va ayniqsa, ularga erishish uchun sarflayotgan vaqtim men uchun malum bir obrazni yaratadi. Yangi ish boshlaganimda, klub mendan ko'p narsani kutadi. Hammasi yaxshi bo'lishiga futbolchilarning ishonchi komil. Muxlislar esa sevimli jamoalari g'alaba qozonishiga ishonadilar. SHu sababli, bir qarorga kelishda juda ehtiyotkor bo'lish lozim. Jamoam g'olib bo'lishi uchun imkon topishi shart. Avvaliga oz bo'lsa-da, o'ziga ishonchi bo'lishi kerak".

“Inter” rahbariyati Italiya chempionatida “Yuventus” hukmronligiga nuqta qo'ymoqchi

– "Marotta ko'p bor g'alaba qozongan. Agar “Inter” uni “Yuventus”dan ketishi bilan darhol chaqirgan bo'lsa, u holda rahbariyatning niyati ancha jiddiy. Keling, ochiqchasiga gaplashamiz: mana sakkiz yildirki, A Seriyaning birinchi o'rni uchun kurash deyarli yo'q. “Inter” shu vaziyatni o'zgartirmoqchi. Ularning bu harakatlari chempionlik uchun kurashmoqchi ekanliklaridan dalolat beradi. Meni faqat Marotta ko'ndirgani yo'q. Men prezident CHjan bilan ham gaplashdim va u juda qatiyatli inson ekani meni lol qoldirdi. Pero Auzilioning ham fikrlari yaxshi, qay yo'nalishdan borish kerakligini yaxshi biladi. “Inter” – shon-shuhratga ega klub", - deydi Konte.

Konte kuzda “Real”ga rad javobini bergan edi

(Intervyu muallifi Paolo Kondoning so'zlariga qaraganda, Konte quyidagi gapi orqali madridliklar “Barselona”dan 1:5 hisobida mag'lub bo'lgach, u bilan aloqaga chiqqanliklarini nazarda tutgan).

– "Bazida har tarafdan takliflar bo'ladi va bazilariga rad javobini berishni istamaysiz. SHunday voqea kuzda men bilan ham sodir bo'ldi. Men barchasi haqida obdon o'ylab ko'rdim va shunday qarorga keldim: klubning bugungi kundagi ahvoli bilan menga to'g'ri kelmaydi".

Angliyada murabbiy sifatida ulg'aydim

– "Angliyadagi faoliyatim o'sishimda yordam berdi. Murabbiy sifatida ulg'ayganimni sezdim. Moslashishga o'rgandim. Italiyada jamoa birga yoki o'z oilasi bilan ovqatlanadi. Bu ular o'rtasidagi munosabatni yanada mustahkamlaydi. Angliyada esa bunday anana yo'q. Mashg'ulot tugadi-mi, barcha shaxsiy ishi bilan shug'ullanadi va turli tomonga tarqab ketishadi. SHu sababli, o'yinchilarni birlashtirish uchun nimalardir o'ylab topish kerak deb o'ylayman. Bu juda katta ahamiyatga ega.

SHuningdek, u erda men italiyalik ekanimni ko'rsatishim kerak edi. Aslida futbolka va jinsi kiyishni xush ko'raman, ammo o'yin vaqtida kostyum kiyib, galstuk taqdim. Sababi, italiyaliklar did bilan kiyinishini ko'rsatishim zarur. U erda jurnalistlarning savol berish usullari ham boshqacha. Masalan, Italiyada nima uchun sxemani o'zgartirganimni so'rashadi. Angliyada taktika ularni umuman qiziqtirmaydi. Savollar deyarli bir xil: siz “falonchi o'yinchi”ni zaxirada qoldirdingiz, endi jamoa ruhiyatini qanday qilib bir maromda ushlab qolasiz? Bilasizmi, bir marotaba shu savolga quyidagicha javob bergandim: “Zaxiradagilarni yig'ib, kinoga olib tushaman. Ularga popkorn ham olib beraman!”

Ishsiz o'tgan bir yil – tatil emasdi!

– "Bir yil qanday dam oldim? Bu shartli ravishdagi tatil edi. Sud ishi (Konte “CHelsi” bilan sudlashdi va ishdan bo'shatilgani uchun 9 mln evro tovon puli oldi) juda og'ir o'tdi, bir necha kun dokument yig'ish bilan band bo'ldim. SHuningdek, televizor orqali ko'plab o'yinlarni tomosha qildim, bazilarini esa borib ko'rdim. Zamonaviy murabbiy bir yilga yo'qolib qolmasligi kerak. U tinimsiz ravishda ishlashi lozim. Lekin bu safar bo'sh vaqtimni oilam bilan o'tkazishga harakat qildim. Betta va Vittoriya (ayoli va qizi) bilan “Euro Disney”da bir necha soat navbatda turdik. Bu yil ota-onam to'yining ellik yilligi bo'lib o'tdi, buni ular bilan nishonladim. Agar qaysidir klubda ishlayotgan bo'lganimda, ularning yoniga borolmasdim. Ota-onamga juda yaqinman, ularnga bog'lanib qolganman. SHu sababli, Lechcheda o'tkazgan vaqtim menga faqat zavq bag'ishladi. Otam hamon futbol tomosha qiladi. Ular meni tanqid qilsalar, qilgan ishimni isbotlashga harakat qilaman. Lekin ko'pincha ular haq bo'lib chiqadilar.

Men dengiz bo'yiga ko'p borganman – yana qachon bunday imkoniyat bo'ladi, bilmayman. 15 yoshimdan beri futbol sohasi ichidaman. Ajoyib karera qilish uchun katta fidokorliklarga qo'l urgan odamlar yonida bo'ldim. Bu narsa qalbimda o'chmas iz qoldirgan. Men ishlashim, juda ko'p mehnat qilishim kerak. Bu mening qonimda bor", - deydi murabbiy.

Futbolda tuganmas yangi g'oyalar bor

– "Bir fikr meni jaxlimni chiqaradi — “endi futbolda yangi narsa o'ylab topishning iloji yo'q”. Futbol tinimsiz ravishda rivojlanib boradi. Agar u bilan birga o'sishni istasangiz, bu borada sizda bir qator yangi qaror va imkoniyatlar kerak bo'ladi. O'yin uslubi bo'yicha turli g'oya va tamoyillarga ega juda ko'p murabbiylar bor. Ularning g'oyalarini ko'chirish emas, ular ustida qayta ishlash kerak.

Masalan, men “Arecco” va “Bari”da darvozabon uzatmasidan darhol hujum qilish usulini qo'llashni boshlagan edim. Lekin bu usulni doim qo'llash foyda bermaydi. Kerakli vaqtni topa bilish kerak".

Pirlo va Kante — ideal futbolchilar

– "Mening 2ta ideal o'yinchim bor edi. Andrea Pirlo – yuqori darajadagi o'yinchi. U 60 metr masofadan aniq pas bera oladi va u to'p to'g'ri oyog'ingiz tagiga kelib tushadi. U mashg'ulotlarda ham yirtqichlardek harakatlanardi. U “Yuventus”ning “motori” edi. Men mashg'ulot payti o'yinchilarga istalgancha yuklamalar berishim mumkin edi – agar jamoada Pirlo bo'lsa, birorta futbolchi charchadim deb shikoyat qilmasdi.

Ikkinchisi – Ngolo Kante. Uning tayyorgarligini so'z bilan tariflab berish qiyin. U jamoani yangi darajaga olib chiqadi. Muammosi bor barcha sheriklariga yordam berib, faqat tabassum qilib yurardi. SHunday o'yinchilaringiz bor ekan, siz doim g'alaba qozonasiz".

Agar muvaffaqiyat qozonmaganimda, murabbiylik sohasidan ketardim

– "Men futbolchidan ko'ra, yaxshiroq murabbiy bo'ldim deb o'ylayman. Lekin men buni har mavsum, har bir klubda qayta-qayta isbotlab berishim kerak. Men o'ziga bino qo'yganlardan emasman. Endigina murabbiylik bilan shug'ullanishni boshlagan paytim, agar malum muddat ishim o'xshamasa, bu ishni to'xtataman deb o'zimga vada bergan edim. Boshqa tarafdan esa, o'zimga juda ishonardim. Yoshligimda akamning maktabidagi jamoani shug'ullantirganman. Doim murabbiy bo'lishni xohlar va bu borada omadim kelishini sezar edim".

“Inter”ga o'tishdan maqsad barchani ruhlantirish. Bu xiyonat emas

– "Men uzoq yil mobaynida “Yuventus”da ishladim, lekin muxlislar bilan bog'liq muammo bo'ladi deb o'ylamayman: “Inter” tifozilari bilan ham, “Yuve” ishqibozlari bilan ham. Murabbiy bo'lganingizdan keyin futbolchilik faoliyatingizni butunlay yoddan chiqarishingiz kerak bo'ladi. Futbolchi butun karerasini bitta yoki ikkita jamoada o'tkazish haqida o'ylaydi. Murabbiy esa – yo'q.

Murabbiy bir narsani yaxshi biladi: agar rejalari ish bersa, ko'plab klublarda ishlay oladi. Men “Yuventus” bilan g'alaba qozondim, Italiya bilan Evropa chempionati yarim finaliga chiqishimizga esa bir qadam etmadi, “CHelsi” bilan yuqori cho'qqilarga chiqib, chempionat hamda Kubok g'olibi bo'ldim. Endi esa “Inter”da samarali ishlar bilan shug'ullanmoqchiman. Mendan ko'p narsa kutishmoqda".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика