So’nggi yangiliklar

19:05ЖЧ-2026 саралаши. Австралия яна юта олмади  2 19:00ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон (матнли трансляция)  13 18:31Футзал. Таиланд терма жамоаси Бухорога етиб келди  0 18:20ЖЧ-2026 саралаши. КХДР - Қатар 2:2  51 17:52Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси ФИФА Жаҳон чемпионатидаги иштирокини бошлади  1 17:35ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон: Асосий таркибимиз маълум  50 17:23Долен Омурзаков номидаги стадион Қирғизистон - Ўзбекистон учрашувини қабул қилишга тайёр  2 17:05Ўзбекистон ва Қирғизистон терма жамоалари ўзаро ўйинлар тарихи  0 16:52Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувига мезбонлик қилаётган Бишкек шаҳрида тартибни 3 минг полициячи назорат қилмоқда  5 15:56Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувини кимлар шарҳлайди?  18 15:35⚡️Мундиаль юлдузлари дастхати туширилган тўпларни ютиб олинг!  0 15:05Тен Хаг "Аякс"дан келган шогирдини қўйиб юборгиси келмаяпти  3 14:36"Фенербахче" ўз таркибига А Сериядан ярим ҳимоячи қўшиб олди  1 14:01"Ливерпуль" дарвозабони клубдан кетиш ниятидалигини маълум қилди  2 13:13БМБ футзал клуби Панама ва Венесуэлага қарши ўртоқлик учрашувлари ўтказди   3

A Seriya. "Yuventus" yirik hisobda g'alabaga erishdi Yangiliklar

A Seriya. "Yuventus" yirik hisobda g'alabaga erishdi

Italiya chempionati 25-turidan o'rin olgan to'qnashuv matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Yuventus – Speciya 3:0 

«Alyanc Stedium»

Gollar: Morata 62', Keza 71', Ronaldu 89'

Gol urilmagan penalti: Galabinov (90', darvozabon)

Yuventus – SHensni, Danilo, Aleks Sandro, Demiral, Frabotta (Bernardeski, 61), Bentankur, Makkenni (Morata, 61), Kulusevski, Rabo, Keza (Remzi, 72), Ronaldu.

Speciya – Provedel, Erlich, Vinyali, Terci, Markicca (Bastoni, 86), Madjore (Akampora, 73), Leo Sena (Agume, 86), Esteves, Jasi, Farias (Verde, 73), Nzola (Galabinov, 73).

Ogohlantirishlar: Frabotta (10), Demiral (90+5).


Bahs yakunlandi. "Yuventus" muxlislarini chiroyli g'alaba bilan muborakbod etamiz! Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+5. Demiral qo'pollik ishlatib, penalti olib keldi, ammo penaltidan Galabinov unumli foydalana olmadi. 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

89. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Ronaldu ham o'z maqsadiga erishib, hisobni yiriklashtirdi – 3:0! 

88. SHensni jarima maydoni ichiga ketma-ket uzatmalar etib kelyapti, himoyachilar esa havodagi kurashda bugun to'liq ustunlikka ega bo'lishdi. 

86. "Speciya"da 2 ta almashtirish: Leo Sena o'rniga Agume, Markicca o'rniga Bastoni tushirildi. 

83. Jamoalar maydon markazi haqida shunchaki unutishdi. Faqat u tomondan bu tomonga hujumlar bo'lyapti. 

79. Adrien Rabodan uzatma... hech qanday xavf kuzatilmadi.

77. Ronaldu Estevesdan qochib ketib, 20 metrlik masofadan jarima ishladi.

76. Galabinov va Verde "Yuve" jarima maydoni yaqinida vaziyat yaratishga harakat qilishdi, ammo himoyachilar bunga yo'l qo'yishmadi.

75. Ronaldu burchak to'pidan keyin bosh bilan zarba berdi, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

73. "Speciya"di 3 ta o'zgarish: Nzola o'rniga Galabinov, Madjore o'rniga Akampora, Farias o'rniga Verde tushdi. 

72. "Yuventus"da almashtirish: Keza o'rniga Remzi o'iynni davom ettiradi. 

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Keza!  Vanihoyat, u o'z maqsadiga erishdi. 2:0! 

69. Kulusevski va Morata "Yuve"ning hujumini chap qanotdan rivojlantirishdi. Ispan Ronalduga pas berdi, u esa himoyachini dribling evaziga chalg'itishga urindi, ammo to'pni yo'qotdi.

68. Jasi hujumda qo'pol o'ynagani bois hakam o'yinni to'xtatdi. 

65. Gol VARda uzoq vaqt tekshirildi, aniqrog'i, Bernardeskining ofsaydda bo'lgan yoki bo'lmaganligi tekshirib chiqildi va inobatga olindi – 1:0!  

62. GOOOOOOOL!  Morata!  Eh, "Janob Ofsayd"ning goli o'yindan tashqari holat tufayli inobatga olinmadi. 

61. "Yuventus"da 2 ta o'zgarish: Frabotta o'rniga Bernardeski, Makkenni o'rniga Morata tushdi. 

57. Bonuchchi o'yinni kuzatib bormoqda.

55. Kulusevski Ronaldu bilan kombinaciya uyushtirib, zarba nuqtasiga chiqib bordi. SHved zarba yo'lladi, ammo yo'l-yo'lakay o'yin qoidasini ham buzdi. 

54. Aleks Sandro Jasiga nisbatan qo'pollik ishlatdi, jarima belgilandi. 

52. Deyan Kulusevski havolatib ichkariga pas uzatdi, Ronalduning taxminan 11 metrdan bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

49. Federiko Kezaning zarbasiga aniqlik etishmadi. U chap tomonni ko'zladi, biroq bir necha santimetr noaniq ketib qoldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

42. Zarbaaa!  Ronalduning zarbasi darvoza ustuniga tegdi. 

40. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 47% – 53

37. Bentankur maydonda o'z darajasini ko'rsatdi. Rodrigo Kezaning ochilayotganini ko'rdi va uzun pasni qoyilmaqom ijro etdi. Federiko zara yo'llashga urindi, biroq Markicca "qalqon" bo'ldi.

35. Ronaldu yoshligini eslanshni xohladi va dribling orqali uch raqibini ortda qoldirishga urindi, ammo o'sha damdagi energiya hozir yo'qda, lekin burchak to'pi ishladi. Standart holat Demiralning bosh bilan bergan zarbasi bilan tugadi. 

30. Markicca yana hujumda faol – uning zarbasi rikoshetdan so'ng noaniq ketdi.

29. Madjore Bentankurni "podkat" orqali qulatdi, lekin hatto kartochka ham yo'q. 

26. Leo Sena Ronalduga nisbatan qo'pollik ishlatdi, jarima zarbasi.

23. Raboning uzatmasidan keyin "Yuve" o'yindagi ilk jarimasini ishladi. Kezaning pasi Makkeniga qadar etib keldi, biroq amerikalik to'pni o'ziga bo'ysundirishning uddasidan chiqmadi.

19. "Yuve" juda faol emas, ammo raqibga ham vaziyat yaratishga yo'l qo'ygani yo'q. 

18. Frabotta uzun pasni ko'rsatdi, ammo muvaffaqiyatsiz.

15. Makkenni maydon markazida bo'shliq topdi. U to'p bilan oldinga yurib, o'ngga, Kezaga pas berdi. U esa ozroq oldinga yurdi va zarba yo'lladi, noaniq.

14. Bu o'yinda kim favorit ekanligi hozircha aniq emas. "Speciya" to'p bilan sezilarli ravishda ko'p muomala qilyapti. To'pni yo'qotganda esa "Yuventus"ni jiddiy bosim ostiga olmoqda. 

10. Frabotta Vinyaliga nisbatan qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi. 

9. Keza gol urdi, ammo inobatga olinmaydi, sababi Bentankur pas uzatganda u ofsaydda edi.

8. "Speciya"ning yaxshi hujumi!  Madjore o'ng qanotda to'pni qabul qilib, uni Markiccaga uzatdi. Mehmonlar vakilining zarbasi darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

7. "Yuventus" katta qiyinchilik bilan oldinga boryapti. Mezbonlarga "Speciya"ning kuchli pressingi xalaqit qilmoqda. 

5. Kulusevski to'p bilan oldinga bordi, uni Erlich qatiyat bilan kutib oldi.

3. Madjore o'zining "yurishi"dan keyin burchak to'pi ishlab oldi.  Markiccaning uzatmasi "YUVe" himoyachilariga qiyinchilik tug'dirmadi.

2. "Speciya" darhol to'pni o'zida saqlashga tushib ketdi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Bahs Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Italiya A Seriyasi 25-turida "Yuventus" o'z maydonida "Speciya"ni qabul qiladi. Uchshbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика