So’nggi yangiliklar

17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  1 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  2 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  5 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  35 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  1

A Seriya. "Yuventus" yana birinchi o'ringa qaytdi Yangiliklar

A Seriya. "Yuventus" yana birinchi o'ringa qaytdi

"Milan" minimal hisobda mag'lub etildi.

Yuventus Milan 1:0

10 noyabr, 00.45, "Alyanc Stedium"

Gol: 1:0 – 77 Dibala.

Yuventus – SHchensniy, Kuadrado, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Bentankur, Pyanich, Matyuidi (Rabo, 70), Bernardeski (Duglas Kosta, 61), Iguain, Ronaldu (Dibala, 55).

Milan – Donnarumma, Konti, Leo Duarte, Romanoli, Teo, Lukas Paketa (Rebich, 85), Bennaser, Krunich (Bonaventura, 61), Suso, Piontek (Rafael Leau, 66), CHalxanoglu.

Ogohlantirishlar: Krunich (40), Bennaser (45), Kuadrado (56), Teo (89), CHalxanoglu (90), Suso (90).


Juventus

Paulo Dybala - 77'

Serie A . 12-tur

11/11/2019, 00:45

0
:
1
Tugadi

AC Milan

Stadion: Allianz Stadium, 40478 tomoshabin

Bosh hakam: Fabio Maresca

45'
90'
55'  Cristiano Ronaldo (Paulo Dybala)
57'  Juan Cuadrado
61'  Federico Bernardeschi (Douglas Costa)
70'  Blaise Matuidi (Adrien Rabiot)
77'  Paulo Dybala
77'  Gonzalo Higuain
40'  Rade Krunic
45'  Ismael Bennacer
61'  Rade Krunic (Giacomo Bonaventura)
66'  Krzysztof Piatek (Rafael Leao)
85'  Lucas Paqueta (Ante Rebic)
89'  Theo Hernandez
90'  Hakan Calhanoglu
90'  Suso


                                                               Sahifani yangilash

Uchrashuv yakunlandi. "Yuventus" ochkolari sonini 32 taga etkazib, musobaqa karvonboshiligini qaytarib oldi. "Milan" esa 14-o'rinda qoladigan bo'ldi. 

90+4. Dibala hisobni yiriklashtirishi mumkin edi, ammo...

90. Matyuidiga nisbatan qo'pollik ishlatgan Suso ham ogohlantirildi.

89. So'nggi daqiqalar asabiy ruhda davom etmoqda. Teo ham sariq kartochka ishlab oldi.

86.Tashabbus "Milan" tomoniga o'tib ketdi. "Yuventus" ikki qatorli himoya chizig'ini yuzaga keltirib olgan.

83. CHalxanogluning uzoqdan yo'llagan yana bir xavli zarbasi va SHchensniyning super seyvi.

79. "Milan" katta kuch bilan oldinga tashlanmoqda. "Rossonerilar" hisobni tenglashtira olishadimi?

77. GOOOOOOOOOOLLLLL! Nixoyat, uchrashuvda xisob ochildi. Paulo Dibala mezbonlarni oldinga olib chiqdi.

70. U uchrashuvni davom ettirolmadi. Xayrulla Hamidovning fiklarini o'z vaqtida o'qiy olgan Sarri Matyuidining o'rniga Adrien  Raboni maydonga tushirdi.

69. Blez Matyuidining qovurg'asida muammo yuzaga kelganga o'xshaydi.

61. O'zgarish. Bernardeski o'rniga Duglas kosta maydonga tushirildi. "Yuventus"ning hujumlari endi o'zgacha ko'rinish olishi mumkin.

60. Sariq kartochkasi bor Kuadrado yana bir bor qo'pol o'ynadi. Yaxshiyam hakamning himmati bor...

58. "Milan" hujumchisi Piontek yana o'tkir burchak ostidan xavli zarba yo'lladi. SHchensniy yana o'z o'rnida.

55. O'zgarish. Ronaldu o'rniga Dibala uchrashuvni davom ettiradi. Portugaliyalik hujumchi yana Mauriccio Sarri bilan ko'rishmay kiyinish xonasiga yo'l oldi.

52.Mezbonlarning qarshi hujumi xavfli ko'rinish olishi mumkin edi, ammo Bernardeskining uzoq masofadan yo'llagan zarbasiga yana aniqlik etishmadi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

- Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus.

45+1. Bir daqiqa ichida Teo va Pionteklar SHchensniy darvozasini o'qqa tutib ko'rishdi. Polshalik posbon esa xushyor.

45. "Milan" xavliroq ko'rinmoqda va o'ynamoqda.

43. Nihoyat, Ronaldudan xavfli zarba. Ammo bu ham Donarummaga qiyinchilik tug'dirmadi.

42. Maqsadsiz hujumlar davom etadi.Jamoalar maydonda nimadir bilan shug'ullanishyapti.

40. Qarshi hujumga qochayotgan Iguainni to'xtatib qolgani uchun "Milan" futbolchisi Krunich ogohlantirildi.

36. Xuan Kuadrado harakatlanayotgan "Yuventus"ning o'ng qanot himoyasida bo'sh zonalar ko'zga tashlanmoqda. Kolumbiyalik futbolchi hujumga berilib ketyapti. "Milan" asosan shu tomondan hujumlarga urg'u bermoqda.

33. CHalxanoglu bilan to'qnashib ketgan "Yuventus" futbolchisi Bernardeski shifokorlar yordamidan foydalangach, o'yinga qaytdi.

30. Federiko Bernardeski o'ng qanotdan reyd uyushtirib, zarba yo'lladi. To'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

25. "Rossonerilar" hisobni ochishiga bir bahiya qoldi. Qanotdan uzatilgan to'pni Paketa boshi bilan darvozaga yo'lladi. SHchensniydan seyv.

18. "Yuventus"da asosan Bernardeski o'ynayotgan chap qanot faollik ko'rsatmoqda. "Milan"da esa Susoning o'ng qanoti.

14. "Yuventus"ning hujumi. Iguain o'tkir burchak ostidan zarba berdi. Burchak to'pi ishlab oldi.

12. Hamon darvozalar tomon aniq zarba berilganicha yo'q.

6.Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuvga qadar "Milan" hisobida 13 ochko bor edi. "Rossonerilar" turnir jadvalining 12-pog'onasida joylashganlar. "Yuve" esa 29 ochko bilan ikkinchi bo'lib turibdi. Turin klubi bugun g'alaba qozonsa, birinchi o'ringa qaytadi.

3. Uchrashuvda tashabbusni qo'lga olish uchun har ikki jamoa faol harakatlar amalga oshirishmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi. O'yinni "keksa sinora" boshlab berdi.

"Milan" futbolchilarining uchrashuvdan oldingi chigalyozdi mashg'ulotlari:

- Assalom-u aleykum, championat.asia saytining qadrli kuzatuvchilari! Bugun Italiya A Seriyasi 12-turining markaziy bellashuvi "Yuventus"-"Milan" bahsini sizlar bilan birgalikda kuzatib borishni ixtiyor etdik. Mazkur sahifa orqali uchrashuvning matnli translyaciyasini bevosita kuzatib borishingiz va o'z fikrlaringiz bilan o'rtoqlashishingiz mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика