A Seriya. "Yuventus" mavsumda 3-bor mag'lub bo'ldi

9 fev 2020, 02:48
Italiya chempionati 23-tur uchrashuvlari davom etadi.

Mazkur tur doirasida "Verona" mehmoni bo'lgan "Yuventus" mag'lubiyatga uchradi. Uchrashuvda dastlab "keksa sinora" futbolchilari hisobni ochdi. Ronalduning goliga "Verona" safida yaqinda "Milan"dan xarid qilingan Borini va tajribali Jampaolo Paccinilar javob qaytarishdi. Bu turinliklarning chempionatdagi 3-mag'lubiyatiga aylandi. Ushbu g'alabadan keyin "Verona" 10-o'rindan 6-pog'onaga ko'tarilib oldi.

A Seriya musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.  

Verona – Yuventus 2:1 

9 fevral, 00.45, Mark Antonio Bentegodi

Gollar:

0:1 – 65 Ronaldu, 1:1 – 76 Borini, 2:1 – 86, penalti Paccini.

Verona – Silvestri, Gyunter, Rraxmani, Kumbula, Faraoni, Pessina, Lazovich (Dimarko, 79), Dzakkani (Paccini, 69), Amrabat, Borini, Velozu (Verre, 58).

Yuventus – Shchensny, Bonuchchi, Aleks Sandro, de Ligt, Pyanich, Kuadrado, Bentankur (De Shilo, 82), Rabo, Duglas Kosta (Remzi, 72), Ronaldu, Iguain (Dibala, 59).

Ogohlantirishlar:

Aleks Sandro (20), Lazovich (39), Pessina (41), Dibala (75), Bonuchchi (85).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia