So’nggi yangiliklar

20:07"Mirabror Usmanov Cup-2024". Финал. Ўзбекистон - Гватемала 2:1  4 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  344 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  24 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1

A Seriya. Ronaldu dubl qayd etgan bahsda "Yuventus" "Lacio"ni engdi Yangiliklar

A Seriya. Ronaldu dubl qayd etgan bahsda "Yuventus" "Lacio"ni engdi

Italiya chempionati 34-turidan o'rin olgan "Yuventus" - "Lacio" bahsi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Yuventus – Lacio 2:1 

«Alyanc Stedium»

Gollar: 1:0 – 51, penalti Ronaldu, 2:0 – 54 Ronaldu, 2:1 – 83, penalti Immobile.

Yuventus – SHensni, Aleks Sandro, Bonuchchi, de Ligt, Bentankur, Kuadrado, Remzi (Matyuidi, 57), Rabo, Duglas Kosta (Danilo, 57), Dibala (Rugani, 89), Ronaldu.

Lacio – Strakosha, Acherbi, Luis Felipe (Falbo, 89), Bashtush, Laccari (Moro, 89), Parolo, Anderson (Vavro, 66), Kataldi (Anderson, 75), Milinkovich-Savich, Immobile, Kaysedo (Adekane, 66).

Ogohlantirishlar: Anderson (37), Aleks Sandro (60), Bonuchchi (82), Danilo (88).


Bahs yakunlandi. "Yuventus" - "Lacio" 2:1. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+2. Anderson xavfli hujum boshladi, de Ligt o'z vaqtida xavfni bartaraf etdi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi. 

90. Uuuux! Milinkovich-Savichdan ajoyib zarba va SHensnidan qoyilmaqom seyv!  

89. "Lacio"da 2 ta o'zgarish: Luis Felipe o'rniga Falbo, Laccari o'rniga Moro tushdi.

89. "Yuventus"da o'zgarish: Dibala o'rniga Rugani tushdi. 

88. Danilo Immobileni qo'pol tarzda yiqitdi va sariq kartochkaga loyiq deb topildi. 

85. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 49% - 51%

84. Immobile mavsumdagi 30-golini urdi va Ronaldu bilan tenglashib oldi. 

83. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Immobile penaltidan unumli foydalandi - 2:1! 

80. Penalti! "Lacio" tepadi. Bonuchchi Immobilega nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi.

78. SHensni burchak to'pi paytida darvozadan chiqib kelishda xatoga yo'l qo'ydi. Milinkovich-Savichning bosh bilan bergan zarbasi xavfli, ammo noaniq ketdi.

77. Zarba! Andre Andersonnig uzoqdan yo'llagan zarbasini SHensni qaytara oldi. 

75. "Lacio"da almashtirish: Kataldi o'rniga Andre Anderson o'yinni davom ettiradi. 

74. Hakam o'yinda "pauza" elon qildi. O'yinchilar suv ichib olishlari mumkin. 

72. Zarba! Dibalaning zarbasi to'g'ri darvozabon Strakoshi tomon yo'naltirildi. 

71. Rodrigo Bentankur raqibga nisbatan qo'pollik ishlatdi, uning qurboni Sergey Milinkovich-Savich bo'ldi. 

67. "Lacio"da 2 ta o'zgarish: Anderson o'rniga Vavro, Kaysedo o'rniga Adekane tushirildi.

66. Uuuux! Dibalaning ajoyib uzatmasidan so'ng Ronaldudan bosh bilan zarba, darvoza to'sini "Lacio" joniga oro kirdi.

63. Ronalduning bosh bilan yo'llagan zarbasidan keyin Strakosha to'pni qo'ligi ilib oldi. 

60. Aleks Sandro Laccariga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

59. Rnaldu A Seriyadagi gollari sonini 30 taga etkazdi va to'purarlik poygasida etakchilikni qo'lga oldi. 

57. "Yuventus"da 2 ta o'zgarish: Duglas Kosta o'rniga Danilo, Remzi o'rniga Matyuidi tushdi.

54. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!  2:0!   Luis Felipe jamoasiga pand berdi, Dibala va Ronaldu birgalikda darvozabonning yakka o'ziga qarshi to'qnash kelishdi. Paolo Krishtianuga to'pni uzatdi va gol!  

52. Ronaldu mavsumdagi 29-golini urdi va to'purarlar poygasida Immobile bilan tenglashib oldi! 

51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ronaldu penaltini golga aylantirib, hisobni ochdi - 1:0! 

49. Vaziyat VARda tekshiriladi. To'p Bashtushning qo'liga maydon markazi ichida tekkan bo'lishi ham mumkin. Penalti! 

48. Ronalduning kuchli zarbasidan keyin to'p Bashtushning qo'liga tegdi, jarima to'pi belgilandi. 

46. Zarba! Dibalaning zarbasini Strakosha qaytardi. Ronaldu qaytgan to'pga yiqilgan holatida zarba berdi, ammo kuchsiz chiqib qoldi, himoyachi to'pni tepib yubordi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. 

45+2. Rabo maydon markazida Immobileni yiqitdi. 

45. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 3 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Uuuuux! Immobilening uzoqdan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegdi. "Yuve"ning omadi keldi. 

40. "Lacio" hujumga o'tdi, lekin rimliklarga nimadir etishmayapti, hujumchilar egergiyalarini ishga solishlari lozim. 

37. Bentankurga nisbatan qo'pollik ishlatgan Anderson sariq kartochka bilan jazolandi. 

36. Uuuxx! Ronaldu burchak zarbasidan oshirilgan to'pni bosh bilan darvoza tomon yo'lladi, ozgina noaniq.

36. Zarba! Raboning qoyilmaqom zarbasini Strakosha qaytarishga erishdi. 

35. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 64% - 36%

33. Rabo uzoqdan zarba berishga qaror qildi, to'p Luis Felipening oyog'iga tegib ketdi. 

32. "Yuventus" dastlabki 30 daqiqada o'yinni boshqarishga urinyapti, himoyadan hujumga o'tishda turinliklar yaxshi o'yin ko'rsatishyapti. 

31. Duglas Kosta ajoyib harakati orqali ajoyib g'oyani amalda tatbiq jtishga urindi, biroq himoyachilar bunga qarshilik ko'rsatishdi. 

28. Laccari Raboga nisbatan qo'pollik ishlatdi, ammo negadir hakam bunga etibor qaratmadi. 

27. Davom etamiz. To'p "Lacio" vakillarida va ular hujum boshlamoqda. 

26. Hakam xushtagini chaldi va kichik tanaffus elon qildi. 

22. Ronaldu "Lacio" jarima madonchasi ichida ro'y bergan havodagi kurashda g'olib keldi, ammo hakarakat jamoaga muvaffaqiyat keltirish uchun etarli bo'lmadi. 

23. Maydon markazida Rabo va Kaysedo to'qnashib ketishdi va maydonda yotishibdi. Hammasi joyida, davom etamiz. 

21. "Yuventus"da tezkor hujum. Rabo Ronaldudan to'pni qabul qilib oldi va Remziga pas berdi, uelslik o'yinchining zarbasi himoyachiga tegib qoldi. 

19. Ronaldu chap qanotda faollik ko'rsatdi va raqbni aldagan holda to'pni ichkariga uzatmoqchi bo'ldi,ammo to'p Krishtianuning oyog'iga bo'ysunmadi. 

17. Kataldining zarbasi! To'p "rikoshet" orqalm maydonni tark etdi. 

15. "Keksa sinora"  bosim qilishda davom etishyapti. Hozircha "Lacio" barchasiga dosh bermoqda. 

12. Dibala himoyaidan to'pni "o'g'rilab ketdi" va ikki himoyachini aldadi, keyin esa rimliklar vaziyatni nazorat ostiga olishdi. 

11. Uuux! Aleks Sandroning bosh bilan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegdi.

8. Duglas Kostaning uzoqdan yo'llagan zarbasi. Vaziyat Tomas Strakosha nazorati ostida.

6. Bonuchchi o'z vaqtida Kaysedoning zarbasi yo'lini to'sib qo'ydi, aks holda yakun mezbonlar uchun ayanchliroq tugagan bo'lardi.   

4. "Yuventus" hujumda, Dibala orqaroqda o'ynayapti va yarim himoya vakillariga ko'mak bermoqda. 

3. Turinliklar faollik ko'rsatishni boshladilar. Ronalduning qanotdan uzatgan pasi Strakoshaning to'g'ri qo'liga etib keldi.

2. Ana sizga syurpriz! Iguaini zaxirada, asosiy tarkibda esa Dibala o'ynayapti. Qaydnomada Gonsalo asosiy tarkibda ko'rsatilgandi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Jamoalar maydonga chaqib kelishyapti.

- O'yin 00:45da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Italiya A Seriyasi 34-turida "Yuventus" o'z uyida "Lacio"ni qabul qiladi. Uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика