So’nggi yangiliklar

21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  4 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  14 21:00Суперлига. "Сўғдиёна" – "Бухоро" (матнли трансляция)  4 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  25 20:38РПЛ. Файзуллаев захирадан тушиб ассист қайд этган ўйинда ЦСКА ғалабага эришди, Ашурматов "Рубин" ғалаба қозонган ўйинда захирадан ўйинга қўшилди, "Акрон" эса...  10 20:34"Истиқлол" — "Санат Нафт". Таркиблар маълум  0 19:54CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистоннинг Қирғиз Республикасига қарши ўйин учун таркиби маълум  2 19:41"Сабаҳ" — "Нефтчи". Таркиблар маълум  0 19:01"Ньюкасл" кейинги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 18:38Ҳакамларимиз Қозоғистон – Қирғиз Республикаси аёллар терма жамоалари ўртасидаги учрашувни бошқариб боришади  0 17:39“CAFA U-17 Championship 2025” бошланмоқда  3 16:50АПЛнинг якунланаётган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси аниқланди  4 16:21"Футбол олами". Ўзбекистон кубоги 1/8 финал жуфтликлари маълум  1 15:45Ўзбекистон кубоги. 1/8 финал баҳсларининг саналари маълум  6 15:29"Насаф" қизиқарли кечган баҳсда ОКМКни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

A Seriya. Ronalduning dubli "Yuventus" g'alabasini taminladi Yangiliklar

A Seriya. Ronalduning dubli "Yuventus" g'alabasini taminladi

Italiya chempionati 8-turidan joy olgan "Yuventus" – "Kalyari" uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Yuventus – Kalyari 2:0 

«Alyanc Stedium»

Gollar: Ronaldu 38', 42'

Yuventus – Buffon, Demiral, Danilo (Sandro, 85), de Ligt, Rabo (Makkenni, 69), Kuadrado, Artur (Bentankur, 85), Kulusevski (Keza, 85), Bernardeski, Ronaldu, Morata (Dibala, 69).

Kalyari – Krano, Tripaldelli (Sottil, 46), Valyukevich, Klavan (Karboni, 70), Pizakane, Unas (Oliva, 81), Marin (Kaligara, 70), Rog, Joao Pedro, Zappa, Simeone (Pavoletti, 81).

Ogohlantirishlar: Rabo (32), Tripaldelli (35), Danilo (53), Artur (54), Sottil (74).


Uchrashuv yakunlandi. "Yuventus" va Ronaldu muxlislarini tabriklaymiz. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+3. Makkenni Sottilni yiqitdi va hujum boshlashga yo'l qo'ymadi. 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

90.  "Kalyari" "Yuve"ning ketma-ket hujumlariga bardosh bera olayotgani tahsinga loyiq. 

88. Kuadrado qoida buzish evaziga Sottilni to'xtatib qoldi. 

86. Zarba! Bernardeskining chalg'ituvchi pasidan keyin Dibala zarba yo'lladi, ammo ancha noaniq. 

85. "Yuventus"da 2 ta o'zgarish: Danilo o'rniga Sandro, Artur o'rniga Bentankur, Kulusevski o'rniga Keza tushirildi.   

82. Bernardeski burchak to'pini ijro etdi, Makkenining zarbasi o'zi o'ylaganchalik chiqmadi. 

81. "Kalyari"da 2 ta o'zgarish: Simeone o'rniga Pavoletti, Unas o'ringa Oliva maydonga tushdi. 

78. "Yuventus" tezkor qarshi hujumga o'tdi. Makkenni raqib jarima maydonchasi ichida uzatmani amalga oshirdi, biroq Bernardeskiga kelayotgan to'p Zappa tomonidan bartaraf etildi. 

76. Xavfli vaziyat! Dibala bir nechta himoyachini aldab, zarba berdi, darvozabon qaytargan to'p Kulusevskiga etib keldi, uning zarbasi esa himoyachilar tomonidan "bloklandi". 

74. Dibalani yiqitgan Sottil sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

71. "Kalyari"da 2 ta o'zgarish: Klavan o'rniga Karboni, Marin o'rniga Kaligara tushirildi. 

69. "Yuventus"da 2 ta almashtarish: Rabo o'rniga Makkenni, Morata o'rniga Dibala tushdi.

68. GOOOOOOOOLL!! Klavan gol urdi, biroq vaziyat VARda tekshiriladi, Marin ofsaydda qolgan bo'lishi mumkin. Ha, gol bekor qilindi.  

67. "Kalyari" qarshi hujumga o'tdi, Pedro ustamonlik bilan harakatlanib, burchak zarbasi ishladi.

65. Uuuuxx! Qanday imkoniyat!  Bernardeskining pasidan keyin Morata noaniq zarba yo'lladi, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 

62. Zarba!  Rogning azoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi. 

60. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 70% - 30%

58. Kuadradodan uzatma, Valyukevich to'pni qaytarishga erishdi. 

56. Zarbaaa! Ana xolos! Bernardeski yaqin masofadan gol urolmadi, to'p Krano tomonidan qaytarildi. 

54. Artur Maringa nisbatan qo'pollik ishlatdi va ogog'lantirildi. 

53. Danilo majburiy fol uchun sariq kartochka oldi. 

53. Zarbaaaa!! Dastlab Kuadradoning zarbasi rikoshet orqali maydonni tark etdi. keyingi vaziyatda Demiral bosh bilan darvozs to'sinini nishonga oldi.  

52. Zappa jarima to'pini kombinacion usulda o'yinga kiritdi. To'p himoyachilar tomonidan qaytarildi.  

50. Mezbonlar mehmonlarni bosimda ushlab turishibdi, ammo to'pni darvozaga yo'llashda qiyinchilik yuzaga kelyapti.

49. Rok raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi, Artur jabrlanishi mumkin edi. 

47. Ronaldu oldinga itlildi va Moratani ps bilan taminlamoqchi edi, ammo Pizakane to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

46. Kalyari"da o'zgarish: Tripaldelli o'rniga o'yinni Sottil davom ettiradigan bo'ldi. 

Birinchi bo'lim o'z nihoyasiga etdi. Hozircha hisob – 2:0. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

42. GOOOOOOOOOOOOOLL! Krishtianu raqib darvozasini ishg'ol etdi – 2:0! 

42. Zarbaaa! Kuluskvskining zarbasi rikoshet orqali maydonna tark etdi. 

38. GOOOOOOOOOOOOOOOLLL! Ronaldu to'pni o'ziga qulay tarzda to'g'rilab olib, zarba berdi va to'p darvozaning uzoq burchagidan joy egalladi – 1:0! 


37. Uuuuxx!  Bernardeskining chamasi 23 metrdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi. 

35. Tripaldelli o'ng qanot orqali oldinga borgan Kuadradoni yiqitdi va sariq oldi. 

32. Rabo Joao Pedroga nisbatan qo'pol o'ynagani bois ogohlantirildi.

30. Ronalduning ajoyib uzatmasi Tripaldelli tomonidan bartaraf qilindi, burchak to'pi. 

29. Zarba!  Kulusevskining chap oyoqdagi ajoyib zarbasiga ozgina aniqlik ketishmadi. 

27. "Yuve"ning hujumi uzilib qoldi: Kulusevski tomon juda kuchli pas yo'llandi...

25. Qanday vaziyat!  Morata Ronalduga qulay pas etkazib bermoqchi bo'ldi, Valyukevich oxirgi lahzada to'pni tepib yuborishga erishdi, burchak zarbasi. 

23. Zarba!  Ronalduning zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib, maydondan chiqib ketdi, burchak to'pi.

20. Bernardeski!  Yana bir bor zarba berdi, noaniq.

19. Zarba!  Kulusevski to'pni havolatib ichkariga uzatdi, himoyachilar qaytargan to'p Bernardeskiga etib keldi, uning zarbasi esa ancha noaniq ketdi. 

18. Ronaldu-Morata kombinaciyasidan so'ng Krishtianu yiqilib tushdi, hakam qoida buzilmagani haqida xabar berdi. 

16. Rabo uzoq masofadan zarba yo'llashga urindi, ammo ancha kuchsiz chiqib qoldi. 

15. Bernardeskiyana to'p bilan, u Morata tomon uzatmani amalga oshirdi, lekin Krano to'pni musht bilan urib yubordi.

13. O'yin boshlanishidan oldin Alvaro Morata oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlandi. 

11. GOOOOOOOOOOOOL!  Bernardeski kuchli zarbasi orqali hisobni ochdi, biroq Morata ofsaydda qolgani bois gol bekor qilindi. 

8. Morata ichkariga kirib bordi, biroz palapartishlik kuzatildi va xavf sodir bo'lmadi, Valyukevich to'pni qaytarib yubordi. 

7. Hozircha "Yuventus"ning hujumlari o'xshamayroq turibdi. To'p tezda yo'qotilmoqda.

5. Jamoalar tomonidan hujum ketidan hujum sodir etilyapti. Mehmonlar vakilining uzatmasini Buffon ilib oldi.

3. Bugun Pirlo darvozani Buffonga ishonib topshirdi, Kuadrado sardor sifatida o'ynayotgan bo'lsa, himoya markazida Demiral-de Ligt juftligidan foydalanilmoqda.

2. Morata o'ng qanotdan oldinga bordi va Klavan bilan kurashib, yiqilib tushdi, hakam qoida buzilmaganini malum qildi. 

1. O'yin start oldi! 

- Madhiya yangrab o'tdi. 

- Diqqat qilamiz, futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda.

CHigil yozdi mashg'ulot jarayonidan suratlar

"Yuve" stadionda!

O'yin Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Bugun Italiya A Seriyasi 8-turida "Yuventus" o'z maydonida "Kalyari"ni qabul qiladi. Ushbu bahsni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика