So’nggi yangiliklar

14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  0 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  5 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  11 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  4 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  6 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  5

A Seriya. "Yuventus" o'z maydonida "Jenoa"ni ishonchli hisobda mag'lub qildi Yangiliklar

A Seriya. "Yuventus" o'z maydonida "Jenoa"ni ishonchli hisobda mag'lub qildi

A Seriyaning 30-turida "Jenoa" safarda "Yuventus" mehmoni bo'lmoqda.

Yuventus – Jenoa 3:1

Gollar: Kulusevski (4, 1:0), Morata (22, 2:0), Skamakka (49, 2:1), MakKenni (70, 3:1).

Yuventus – SHchensni, de Ligt, Danilo, Kellini, Kulusevski (Makkenni, 68), Kuadrado (Aleks Sandro, 46), Rabo, Bentankur, Keza (Artur, 75), Ronaldu, Morata (Dibala, 68).

Jenoa – Perin, Biraski (Gilone, 46), Krishito, Masello, Dzappakosta, Bexrami (Pyaca, 46), Radovanovich, Rovella (Zayc, 63), Badel, Skamakka (Melegoni, 70), Pandev (SHomurodov, 63).

Ogohlantirish: Kuadrado (20), Kulusevski (37), Bexrami (38), Rovella (53).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Yuventus" "Jenoa"ni mag'lub etdi va hisobidagi ochkolari sonini 62taga etkazib oldi.

90+4. ZARBAAAA!! Sandroning kuchli zarbasi darvoza to'rining ustiga tushdi.

90+3. Ronalduning zarbasini Perin ikki urinishda ushlab oldi.

Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. ZARBAAAA!! Sandro hisobni yiriklashtirishi mumkin edi!! Perin zarbani qaytarishga ulgurdi!

87. Ronaldu darvozabondan ham baland sakragani uchun fol qayd etildi! Albatta xazil)

84. Rostdan ham, MakKennining goli o'yin taqdirini hal qildi. "Jenoa" esa yugurmay qo'ydi.

82. Sariq olgani uchun Kuadradoning o'rniga tushgan Sandro ham ogohlantirish ishlab oldi.

77. "Yuventus"da xavfli vaziyat. Ronalduning zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

70. Gol! Hozirgina maydonga tushgan MakKenni o'yin taqdirini deyarli hal qilmoqda.

67. "Jenoa" "Yuve"ni jarima maydonchasiga qamab qo'ygancha bosim uyushtirmoqda.

63. O'yin boshlandi! SHomurodov Pandevning o'rniga maydonga tushirildi!

61. XAVFLI VAZIYATTTTT!!! "Yuve" uchga ikki vaziyatda edi. Keza Ronalduga pas berish o'rniga Morataga to'pni oshirdi. Ammo pas noaniq ketdi. 

57. ZARBAAAAAA!! Ronalduning zarbasi biroz noaniq ketdi.

56. ZARBAAAAAAAAAA!! PYACAAAA!!! Bonuchchini xot-dogga jo'natgan Marko yaqin masofadan darvozani ishg'ol qila olmadi...

55. ZARBAAAAAA!! Pyacaning kuchli zarbasini SHensni qaytardi!

53. "Jenoa" juda katta bosim uyushtirmoqda!!! "Yuve"ning birinchi bo'limdagi to'laqonli ustunligi 4 daqiqadayoq yo'q bo'lib ketdi.

49. GOOOOOOOOOOLLLL!!! SKAMAKKAAAAA!!! Burchakdan oshirilgan to'pni Skamakka boshi bilan darvozaga yo'lladi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45. ZARBAAAAAAA!!! Skamakka bir urinishda dunyoning eng yaxshi himoya tandemlaridan biri - Bonuchchi va De Ligtdan o'tib ketdi. Ammo uning zarbasini SHensni qiyinchilik bilan qaytardi!

43. UXXXX!!! Kulusevski qanotdan darvoza yoniga darvozani oshirdi. Himoyachilar to'pni Ronalduga o'tishiga yo'l qo'ymadi.

40. "Yuve" bosim uyushtirmoqda. Ammo vaziyatlar yaratilishi qiyin bo'lmoqda.

36. ZARBAAAAAA!!! Kezaning pasidan keyin Rabo raqib posti tomon ajoyib zarba yo'lladi. Perin o'z o'rnida.

32. Zappakostaning jarimadan oshirgan to'pini Ronaldu qaytarib yubordi.

30. O'yin bobida kutilgandek "Jenoa" deyarli hech nima qila olmayapti. "Yuve" juda faol va juda ko'p vaziyat yaratmoqda.

26. "Yuve"da yana bir imkoniyat. Ronalduning kuchsiz zarbasini Perin ushlab oldi.

22. GOL! "Yuve" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Kezaning zarbasini Perin qaytardi. Ronaldu bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi. Morataning kuchli zarbasi esa darvozadan o'rin oldi.

21. "Jenoa" yaxshi nuqtadan jarima zarbasiga ega bo'lgandi. Skamakkaning zarbasi darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi.

19. "Yuve" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan oshirilgan to'pni Morata darvoza tomon yo'lladi. Anchagina noaniq.

15. Biraskining zarbasi anchagina noaniq ketdi.

13. Zappakosta Kuadradoning oyoqlari orasidan to'pni olib o'tib, darvoza yoniga uzatgandi. Pandev etib kelgunicha SHensni to'pga chiqib ushlab oldi.

11. Ronalduning chap oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Vaziyat Perinning nazorati ostida bo'lib turgandi.

7. Kezaning zarbasi raqibiga tegib, kuchini yo'qotdi va Perinning ushlab olishiga qiyinchilik tug'dirmadi.

4. GOL! Kulusevski qanotdan oshirilgan to'pni darvozaga kiritdi.

3. Kulusevski o'ng qanotdan to'pni "Jenoa" darvozasi yoniga oshirgandi. Ammo himoyachilar raqiblariga zarba berishi uchun yo'l qo'yishmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Alyanc" stadioniga qaratamiz. Ushbu stadionda "Jenoa" mehmon bo'ladi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика