So’nggi yangiliklar

10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  0 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  21 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  5 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  6 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  16 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  6 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  20 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  2

A Seriya. "Bolonya"ni mag'lub qilgan "Yuventus" 4-o'ringa ko'tarildi Yangiliklar

A Seriya. "Bolonya"ni mag'lub qilgan "Yuventus" 4-o'ringa ko'tarildi

Ushbu sahifada Italiya chempionati 19-turi doirasidagi "Yuventus" hamda "Bolonya" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv matnli translyaciya qilindi.

Juventus

Arthur - 15', Weston McKennie - 71'

Serie A . 19-tur

24/01/2021, 15:30

0
:
2
Tugadi

Bologna

Stadion: Allianz Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Juan Luca Sacchi

45'
90'
15'  Arthur
15'  Cristiano Ronaldo
21'  Dejan Kulusevski
47'  Giorgio Chiellini
52'  Arthur
69'  Federico Bernardeschi (Alvaro Morata)
71'  Weston McKennie
71'  Juan Cuadrado
78'  Arthur (Adrien Rabiot)
78'  Leonardo Bonucci (Matthijs de Ligt)
78'  Dejan Kulusevski (Aaron Ramsey)
90'  Weston McKennie (Merih Demiral)
14'  Emanuel Vignato
46'  Emanuel Vignato (Nicola Sansone)
46'  Lorenzo De Silvestri (Adama Soumaoro)
62'  Mitchell Dijks
64'  Mattias Svanberg (Nicolas Dominguez)
76'  Mitchell Dijks (Rodrigo Palacio)
76'  Riccardo Orsolini (Andreas Skov Olsen)

Yuventus – Bolonya 2:0 

24 yanvarya, 14.30, «Alyanc Stedium»

Gollar:

1:0 – 15 Artur, 2:0 – 71 Makkenni.

Yuventus – SHchensny, Danilo, Kellini, Bonuchchi (de Ligt, 78), Kuadrado, Bentankur, Makkenni (Demiral, 90), Kulusevski (Remzi, 78), Artur (Rabo, 78), Bernardeski (Morata, 69), Ronaldu.

Bolonya – Skorupski, Larangeyra, Deyks (Palasio, 75), Tomiyasu, de Silvestri (Sumaoro, 46), Soriano, Sxauten, Orsolini (Olsen, 76), Svanberg (Dominges, 64), Vinyato (Sansone, 46), Barrou.

Ogohlantirishlar:

Vinyato (14), Kulusevski (21), Kellini (47), Artur (52), Deyks (62).

Uchrashuv yakunlandi. "Keksa sinora" ochkolari sonini 36taga etkazib olgani holda turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarildi.

90+2. Ikkinchi gol muallifi Ueston Makkenni o'rniga Merix Demiral maydonga tushdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. Ronaldu bugun gol urish uchun hamma narsani qildi, ammo Skorupski buni xohlamayapti. Polshalik darvozabondan navbatdagi seyv.

87. Adrien Rabo 2-3 kishini aldab, raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. Skorupskidan navbatdagi seyv.

82. Ronaldu jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo'lladi, ammo darvozabon o'z o'rnida. Portugaliyalik futbolchi mavsumdagi 16-golini urishni juda xohlamoqda.

81. Sansonening jarima maydoni ichiga amalga oshirgan uzatmasi noaniq ko'rinish oldi.

78. Pirlo bir yo'la 3 nafar futbolchini maydonga tushirdi. De Ligt, Rabo hamda Remzi maydonga tushirildi. Bonuchchi, Kulusevski hamda Artur uchun bugungi o'yin yakunlandi.

75. Ronaldu jarima maydoni ichidagi Makkenniga to'p uzatdi. Amerikalik futbolchi 3 metr masofadan darvozani ishg'ol qila olmadi.

72. Gol! O'yinda hisob o'zgardi. Burachakdan etkazilgan to'pni Makkenni boshi bilan "Bolonya" darvozasiga kiritib qo'ydi - 2:0.

68. "Keksa sinora"da o'zgarish Bernardeskining o'rniga Morata maydonga tushdi.

64. Xuan Kuadradodan navbatdagi zarba, yana noaniq.

63. "Yuventus"da qulay "standart". Makkenni jarima maydonchasi yaqinida raqiblarini qo'pollik ishlatishga majbur qildi.

61. Kuadrado navbatdagi bor qulay vaziyatda turgan jamoadoshlarini to'p bilan taminlash o'rniga, darvozaga zarba berdi. Burchak zarbasi.

59. Nikolas Sansonening chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

56. Rikardo Orsalinining aylanma zarbasini Voycex qiyinchilik bilan bartaraf qildi.

52. Ikkinchi bo'lim avvalida to'p nazorati mehmonlar tomoniga o'tib ketdi.

48. Kuadrado kutilmaganda o'o'z darvozasi tomon zarba berib qo'ydi. SHchesnidan seyv!

"Bolonya" safida o'zgarishlar: Vinyatoni Sansone, Silvestrin Sumaoro almashtirdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Luka Sakkining hushtagi chalindi. Tanaffus!

45. Uchrashuvning birinchi bo'limiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

41. VAR tizimi ishga tushdi. Nahotki, mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilanadi. Yo'q, hammasi joyida, uchrashuv davom etadi.

40. Uxxx! Orsolini aldamchi harakatlari bilan "Yuve" himoyachilarining "boshini aylantirib", to'pni Roberto Sorianoga uzatdi. 29 yoshli italiyalik futbolchining kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

37. Barrouning jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pini Kellini qaytarib yubordi.

33. "Yuventus"ning navbatdagi qarshi hujumi! Kuadrado to'p bilan jarima maydonchasi ichiga kirib bordi. Barcha u to'pni o'ngroqda turgan Ronalduga etkazib berishini taxmin qilib turgan bir paytda darvoza tomon zarba yo'lladi - noaniq.

31. "Bolonya"ning navbatdagi mazmunsiz hujumi zarbasiz yakunlandi.

27. Mehmonlar darvozasi oldida "olovli" vaziyat! Ronaldu va Kulusevskining ketma-ket yuerilgan kuchli zarbalarini Skorupski qiyinchilik bilan bartaraf qildi.

25. "Bolonya"da qarshi hujum. Vinyato chap qanotdan oldinga o'tib, to'pni jarima maydonchasining ichiga oshirdi, ammo zarba beradigan futbolchi topilmadi.

21. Maydon markazida "Bolonya" futbolchisiga nisbatan qo'pol o'ynagan Bernardeskiga sariq kartochka ko'rsatildi.

15. Gol! Uchrashuvda hisob ochildi. Arturning jarima maydonchasi tashqarisidan tepgan to'pi raqib himoyachisiga tegib, darvozaning ichiga borib tushdi - 1:0.

14. Bentankurga nisbatan qoidani buzgan Vinyato hakam tomonidan ogohlantirildi.

Italiya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing

7. Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'p uzatdi, Makkenni zarba berish uchun to'pga moslasha bilmadi.

5. Kuadrado maydonga quladi. Unga ham shifokorlar yordami kerak.

2. Rodrigo Bentankurga nisbatan maydon markazida qoida buzildi. Urugvaylik futbolchiga maydon tashqarisida yordam ko'rsatiladi.

1. Uchrashuv start oldi! O'yinni Ronaldu boshlab berdi.

– Jamoalar stadionga chiqib kelishmoqda.

Juventus

Arthur - 15', Weston McKennie - 71'

Serie A . 19-tur

24/01/2021, 15:30

0
:
2
Tugadi

Bologna

Stadion: Allianz Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Juan Luca Sacchi

45'
90'
15'  Arthur
15'  Cristiano Ronaldo
21'  Dejan Kulusevski
47'  Giorgio Chiellini
52'  Arthur
69'  Federico Bernardeschi (Alvaro Morata)
71'  Weston McKennie
71'  Juan Cuadrado
78'  Arthur (Adrien Rabiot)
78'  Leonardo Bonucci (Matthijs de Ligt)
78'  Dejan Kulusevski (Aaron Ramsey)
90'  Weston McKennie (Merih Demiral)
14'  Emanuel Vignato
46'  Emanuel Vignato (Nicola Sansone)
46'  Lorenzo De Silvestri (Adama Soumaoro)
62'  Mitchell Dijks
64'  Mattias Svanberg (Nicolas Dominguez)
76'  Mitchell Dijks (Rodrigo Palacio)
76'  Riccardo Orsolini (Andreas Skov Olsen)

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика