So’nggi yangiliklar

07:04Об-ҳаво сабабли 30 дақиқа учрашувда тўхталиш бўлган “Пачука“ — “Ред Булл Зальцбург“ учрашуви якунланди  0 04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  1 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  2 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  105 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  2 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  1 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0 23:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Видад Касабланка"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўйнамади  35 22:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" пенальтилар сериясида "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  15 21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  2 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  2 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  1 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  4 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   12

A Seriya. "Yuventus" bilan o'yinda 100 km/s tezlikda harakatlanmoqchi bo'layotgan - "Kevo" (anons) Yangiliklar

A Seriya. "Yuventus" bilan o'yinda 100 km/s tezlikda harakatlanmoqchi bo'layotgan - "Kevo" (anons)

A Seriyani ochib beradigan va barchani diqqat etiborida turadigan bahs so'zsiz "Kevo" hamda "Yuventus" o'rtasida kechadi.

Mazkur bahsda "Yuventus"ning eng yirik xaridi, jahonning eng kuchli ikki futbolchisidan biri hisoblangan Krishtianu Ronaldu A Seriyadagi debyutini aynan "Kevo"ga qarshi o'tkazadi. SHu boisdan A Seriyaning startiga bo'lgan etibor nihoyatda kuchli. Ronalduni mehmon qiladigan jamoa - "Kevo" ham bugungi uchrashuvda qo'l qovushtirib o'tirmoqchi emas.

O'tgan mavsumda oxirgi uchta o'yinni yutgan va A Seriyada jon saqlab qolishni bir amallab uddalagan "Kevo"ni jiddiy bahs kutmoqda

Xususan "Kevo" bosh murabbiyi Lorenco D`Anna "Yuventus"ga qarshi hujumkor va ochiq futbol ko'rsatmoqchi.

- "O'yinni katta umidlar va o'zimizga bo'lgan ishonch bilan boshlamoq lozim. "Yuventus"ning yangi tarkibi hali birga o'ynamagan va bu jihat balki bizga qo'l kelishi ham mumkin. Muhimi, qo'rqmaslik zarur. Agarda qo'rqsak, unda maydonga tushmagan maqul. Biz shunchaki qo'l qovushtirib o'tirmaymiz. Maqsad aniq - "Yuventus"ga muammolarni taqdim etish. "Kevo" jahonning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi kerakli natija uchun o'ynaydi. Ronaldu? Agarda biz Ronalduni qanday yopish haqida o'ylab o'tirsak, unda "Yuve"ning boshqa ftubolchilarini ko'zdan qochirib qo'yamiz. Biz Ronalduga hech qanday taktik "qopqon" qo'ymaymiz. Futbolda alohida nomlarga, individual bir futbolchiga etibor qaratilmaydi. Biz bir jamoa bo'lib o'ynaymiz. "Kevo" ham kuchli jamoa. Buni biz bugun isbotlashga urinib ko'ramiz. Mazkur o'yinni juda intiqlik bilan kutyapman. Xuddiki o'zim maydonga tushadigandek. "Yuventus" bilan o'yinda jamoamiz hech narsadan qo'rqmay maydonda 100 km/s tezlikda harakatlanishi talab etiladi", - deydi Lorenco D`Anna.

"Kevo" uchun mavsumni "Yuventus"ga qarshi boshlanish juda yaxshi voqea bo'lmasada, ammo o'zlarini ko'rsatish va nimalarga qodir ekanliklarini tekshirib olish imkoniyat sanaladi. Aynan shu jihatlarni inobatga olgan "Kevo" bosh murabbiyi bo'lajak o'yinda ochiq va hujumkor futbol tarafdori ekanligini aytmoqda. CHunki "Yuventus"ga qarshi butun uchrashuv davomida himoyada yuqori bosim ostida o'ynash nihoyatda og'ir. Undan ko'ra jamoa tavakkalga qo'l urib o'z oimadini raqib darvozasi oldidan izlamoqchi. Lorenco D`Annaning ushbu bayonoti avvalambor jamoaning o'ziga bo'lgan ishonchini oshirish, ruhlantirish. Muxlislarni ham jonlashtirish. SHuningdek, Lorenco D`Anna ushbu bayonoti mazkur o'yin uchun eng yaxshi anons.

"Kevo"ni yozdagi transfer oynasi vaqtida 6 nafar futbolchi tark etdi. Jamoaga esa oz emas ko'p emas, naqd 19 nafar futbolchi kelib qo'shildi. Ularning katta qismi aslida "Kevo" tegishli bo'lib, yangi mavsum oldidan ijaradan qaytgan futbolchilar.

"Eshaklar" transfer oynasida 10 million evro sarf qilishdi. Jamoani tark etgan Ingleze va Kastroni o'rnini hech kim bilan to'ldirishni iloji bo'lmadi. Tajribali himoyachi Dario Daynelli esa butsasini mixga ildi.

"Kevo"ga kelgan futbolchilar ro'yxati:
Djordjevich - "Lacio" - erkin agent
Valent - "Ternana" - ijaradan qaytdi
Kiyine - "Salernitana" - ijaradan qaytdi
Flore Flores - "Bari" - ijaradan qaytdi
Mbaye - "Karpi" - ijaradan qaytdi
Frey - "Veneciya" - ijaradan qaytdi
Garritano - "Karpi" - ijaradan qaytdi
Ridjione - "Ternana" - ijaradan qaytdi
Yamga - "Peskara" - ijaradan qaytdi
CHinelli - "Kremoneze" - ijaradan qaytdi
Yallou - "CHezena" - ijaradan qaytdi
Fabbro - "Bassano" - erkin agent
Stepanskiy - "Nant" - 2,5 mln
Tomovich - "Fiorentina" - 1 mln
Jakkerini - "Napoli" - 750 ming evro - ijara muddati uzaytirildi
Tanasevich - "Red Belgrano" - 300 ming evro
Rozzettini - "Jenoa" - ijaraga olindi
Obi - "Torino" - 2 mln
Barba - "Sporting" - 3 mln
Burruchaga - "River Pleyt" - erkin agent


"Kevo"dan ketgan futbolchilar ro'yxati:
Ingleze - "Napoli" - ijara muddati tugadi
Basten - "Standart" - 3 mln + 1 mln (bonus)
Daynelli - faoliyatini yakunladi
Gobbi - "Parma" - shartnoma muddati tugadi
Kastro - "Djenoa" - 6,5 mln
Garritano - "Kozenca" - ijaraga ketdi.

"Yuventus" qanday transfer kompaniyasini amalga oshirgani va tarkib qanchalik kuchaygani haqida alohida to'xtalib o'tishga hojat yo'q. Ronalduning transferidan tashqari "Yuve"ning yana bir tahsinga sazovor ishi bu "Askoli"dan 7,5 million evro evaziga xarid qilingan Favillini AQSHdagi turnedan so'ng "Jenoa"ga keyinchalik sotib olish huquqi bilan 12 million evroga pullagani bo'ldi. "Yuventus" uchun eng katta yo'qotish bu so'zsiz afsonaviy darvozabon Jiji Buffonning ketishi bo'lsa, eng omadli xarid - Ronaldu.

"Yuventus"ga kelgan futbolchilar ro'yxati:
Emre Jan - "Liverpul" - erkin agent
Mattia Perin - "Jenoa" - 12 million evro
Duglas Kosta - "Bavariya" - 40 million evro (ijaradagi futbolchi sotib olindi)
Joau Kanselu - "Valensiya" - 40 million evro
Krishtianu Ronaldu - "Real" - 117 million evro
Leonardo Bonuchchi - "Milan" - 35 million evro
Andrea Favilli - "Askoli" - 7,5 million evro

"Yuventus"dan ketgan futbolchilar ro'yxati:
Klaudio Markizio - shartnoma bekor qilindi
Stefano Sturaro - "Sporting" - ijara
Marko Pyaca - "Fiorentina" - ijara
Gonsalo Iguain - "Milan" - ijara
Mattia Kaldara - "Milan" - 35 million evro
Rolando Mandragora - 20 million evro
Emil Audero - ijara
Alberto CHerri - ijara
Kvadvo Asamov - "Inter" - shartnomasi yakunlandi
SHtefan Lixtshtayner - "Arsenal" - shartnomasi yakunlandi
Benedikt Xyovedes - ijara muddati tugadi
Janluiji Buffon - PSJ - shartnomasi yakunlandi
Andrea Favilli - "Jenoa" - 12 million evro


A Seriya, 1-tur.

"Kevo" - "Yuventus" (21:00)

"Bentegodi" stadioni.

Bosh hakam
: Fabricio Paskua.

"Kevo"- (4-3-3) Sorrentino; Kachchatore, Bani, Tomovich, Yaroshinskiy; Depaoli, Radovanovich, Xetemay; Birsa, Stepinski, Jakkerini.

"Yuventus" - (4-2-3-1) SHensni; Aleks Sandro, Bonuchchi, Kellini, Kanselu; Xedira, Pyanich; Duglas Kosta, Dibala, Kuadrado; Ronaldu.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика