So’nggi yangiliklar

00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  0 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  1 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  2 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2 18:29Ўзбекистон терма жамоасининг иккинчи кун машғулотлари — Шомуродов, Турғунбоев ва Ҳусанов Тошкентда  5

A Seriya. Ronaldu penaltidan gol ura olmagan o'yinda "Yuventus" va "Atalanta" 1 ochkodan ishlab oldi Yangiliklar

A Seriya. Ronaldu penaltidan gol ura olmagan o'yinda "Yuventus" va "Atalanta" 1 ochkodan ishlab oldi

Italiya chempionati 12-turi doirasida "Yuventus" - "Atalanta" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Yuventus – Atalanta 1:1
"Alyanc Stedium"
Gollar: 1:0 – 29 Keza, 1:1 – 57 Froyler.

"Yuventus" – SHensni, de Ligt, Danilo, Bonuchchi, Makkenni, Kuadrado, Bentankur, Artur (Rabo, 27), Keza (Aleks Sandro, 75), Ronaldu, Morata (Dibala, 84).

"Atalanta" – Gollini, Gozens, Palomino, Romero, Xatebur, Malinovskiy (Miranchuk, 71), Froyler, Pessina (Gomes, 53), de Ron, Gimshiti, Sapata (Muriel, 72).

Ogohlantirishlar: Romero (38), Rabo (46), de Ron (52), Morata (60), Makkenni (80).


Juventus

Federico Chiesa - 29'

Serie A . 12-tur

16/12/2020, 21:30

1
:
1
Tugadi

Atalanta

Remo Freuler - 57'

Stadion: Allianz Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Doveri

45'
90'
27'  Arthur (Adrien Rabiot)
29'  Federico Chiesa
29'  Rodrigo Bentancur
46'  Adrien Rabiot
60'  Alvaro Morata
61'  Cristiano Ronaldo
75'  Federico Chiesa (Alex Sandro)
80'  Weston McKennie
84'  Alvaro Morata (Paulo Dybala)
38'  Cristian Romero
52'  Marten de Roon
53'  Matteo Pessina (Alejandro Gomez)
57'  Remo Freuler
71'  Ruslan Malinovsky (Aleksey Miranchuk)
71'  Duvan Zapata (Luis Muriel)


A Seriya musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati


Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz  mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


90+4-daqiqa. So'nggi daqiqada mehmonlar burchak zarbasi ishlab olishdi. Uzatmadan keyin himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi va bosh hakamning final hushtagi yangradi. Har ikki raqib g'alabaga munosib o'yin ko'rsatdi, lekin ularning hech biri bugun mag'lubiyatga loyiq emasdi. SHu sababli durang adolatli natija bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmas. Etiboringiz uchun tashakkur, sog' va salomat bo'ling!   

90+3-daqiqa. "Atalanta"ning ham hujumga o'tish uchun bo'lgan harakati amalga oshmadi.  

90+2-daqiqa. "Yuventus" durangga rozi emas, bu jamoaning shoshayotganidan ko'rinib turibdi, lekin hozircha Pirlo shogirdlari hisobni o'zgartira olishmayapti.  

90+1-daqiqa. "Atalanta" hujumga o'tmoqchi edi, lekin o'ng qanotga uzatmada noaniqlikka yo'l qo'yildi. 

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90-daqiqa. Sandroning qanotdan uzatmasidan keyin bir yo'la uch futbolchi to'qnashib ketdi, murakkab vaziyat bo'lsada, posbon to'pni egallab oldi.  

89-daqiqa. Dibalaga nisbatan qo'pollik uchun hakam jarima zarbasi belgiladi. 

86-daqiqa. O'ng qanotda uch-to'rt nafar futbolchi ishtirok etgan kombinaciya to'p jarima maydoniga yorib kirayotgan Xateburga to'p oshirilishi bilan davom ettiralayotgandi, lekin Bonuchchi tajriba hisobiga to'pni boshi bilan darvozabonga to'g'rilab yubordi.   

Ronaldudan kuchli zarba, lekin to'p darvozadan biroz yuqorilab o'tib ketdi. 

85-daqiqa. "Atalanta" futbolchilari ijrosida mayda follar soni oshib bormoqda. 

84-daqiqa. O'zgarish! Alvaro Morata o'rniga Paulo Dibala o'yinga qo'shildi.

82-daqiqa. Alexandro Gomesdan yaxshi zarba, Voycex SHensni o'z o'rnida. 

80-daqiqa. Markazda "Atalanta" futbolchilari jamoaviy harakatlar evaziga to'pni olib qo'yishdi. Gasperini shogirdlari o'ng qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rishdi, lekin texnik xato bunga yo'l qo'ymadi.  

78-daqiqa. "Yuventus" maydon markaziga yaqin hududa to'pni o'zida ushlab turibdi. 

76-daqiqa. "Yuventus" chap qanotdan hujumga o'tdi, lekin Morata hujumda fol ishlatdi. 

Ayni pallaga kelib, to'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 52 - 48 mezbonlar foydasiga. 

75-daqiqa. O'zgarish! Andrea Pirlo Keza o'rniga Aleks Sandroni "jang"ga tashladi. 

73-daqiqa. Taxminan 1,5 - 2 daqiqa ichida "Atalanta" futbolchilari 3-4 marta xavfli zarbalar yo'llashdi, lekin har safar nimadir bo'lib, to'p darvozagacha etib bormadi. Gasperini shogirdlarining ishtahasi ochilib ketdi chog'i.  

71-daqiqa. O'zgarish! "Atalanta" safida ikki o'zgarish. Aleksey Miranchuk va Luis Murel o'yinga qo'shildi. Malinovskiy va Duvan Sapat uchun bugungi bellashuv yakunlandi. 

70-daqiqa. Rabo to'pni olib qo'ygach, hujumga shoshilmaslikka qaror qildi. "Yuve" shoshilmay, nafas rostlab olishni xohlamoqda.  

69-daqiqa. "Atalanta" qo'rqmay pozicion hujumlar tashkil etmoqda. 

67-daqiqa. "Yuventus" qarshi hujumga chiqib ketishi mumkin edi, biroq turinliklarning niyati amalga oshmay qoldi. 

65-daqiqa. Yana bir xavfli vaziyat! Xans Xatebur o'ng qanotdan to'pni jarima maydonining uzoq burchagiga aniq etkazdi, u erda Robin Gosens murakkab harakatni amalga oshirib, zarba yo'llay oldi, lekin to'p biroz noaniq yo'nalish oldi.    

64-daqiqa. Ha, ikkinchi bo'lim kutganimizdanda, umid qilganimizdek qiziqarli va murosasiz o'tmoqda. 

62-daqiqa. Gollinidan yana bir ajoyib seyv! Morata qulay imkoniyatdan zarba yo'llay olgandi, ammo posbon yiqilayotib, amallab to'pni qaytarib yubordi. 

61-daqiqa. To'p oldida kutilganidek Ronaldu. Zarbaaa va Gollini to'pni nafaqat qaytardi, balki ushlab oldi.   

60-daqiqa. PENALTI! Xatebur Kezani jarima maydoni ichida yiiqtgani uchun hakam nuqtani ko'rsatdi.   

58-daqiqa. Buyog'iga o'yin qanday bo'larkin?!

57-daqiqa. GOOOOOL! Remo Froyler! Daxshat zarba va hisob tenglashdi! To'p nafaqat ajoyib traektoriyada uchdi, balki to'singa tegib to'rdan joy oldi.  

55-daqiqa. Birinchi bo'limda deyarli ko'rinmagan Ronaldu faol harakat qilib, sheriklari uchun vaziyat yaratishga urinib ko'rdi, biroq uning uzatmasidan keyin to'pga intilayotgan Federiko Keza o'yin qoidasini buzdi.  

53-daqiqa. Matteo Pessina o'rniga o'yinga Papu Gomes qo'shildi. "Atalanta" etakchisi baribir maydonga tushirildi. 

52-daqiqa. SARIQ KARTOCHKA! Kuadradoga nisbatan qo'pollik uchun Martin de Ron ogohlantirildi.    

51-daqiqa. Ikkinchi bo'limni Andrea Pirlo shogirdlari faolroq boshlashdi. 

50-daqiqa. Gollini o'yinni davom ettira olishini bildirdi va o'rnidan turdi. Uning o'zi to'pni "Yuve"ga qaytarib berdi. 

48-daqiqa. Buffon hakam to'g'ri qaror qabul qilganini aytayotgandek. Morata va Ronaldu ham kelib, darvozabonning holidan xabar olishdi.  

47-daqiqa. Qiziq vaziyat. "Yuventus" qulay imkoniyatga ega bo'ldi, Morataning zarbasidan keyin to'p Gollinining yuziga tegdi, ikkinchi tempda gol urib qo'yayotgandi, ammo hakam ungacha hushtak chalib, o'yinni to'xtatdi. Hakam tomonidan feyr-pley desak mubolag'a bo'lmas.    

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni mehmonlar boshlab berishdi.

45+3-daqiqa. "Atalanta" yana bir bor hujumga o'tib, raqib davrozasiga yo'l topishga urinib ko'rdi, biroq himoyachilar yana to'pni qaytarishga muvaffaq bo'lishdi. Ayni shu pallada hakamning birinchi bo'lim yakunlangani haqidagi hushtagi chalindi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi!

45+2-daqiqa. "Yuventus" to'pni o'zida ushlab turish orqali raqibni "tinchlantirib", bo'limni yakunlab qo'ymoqchi. 

45+1-daqiqa. SARIQ KARTOCHKA! Rabo ogohlantirildi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqa. Deyarli butun maydon bo'ylab pressing uyushtirgan "Atalanta" oxiri to'pni olib qo'ydi, lekin tezkor hujumga o'tib ketishning imkoni bo'lmadi.  

Birinchi bo'lim deyarli yakuniga etdi, to'pga egalik qilish borasida ko'rsatkich 53% - 47% mezbonlar foydasiga. 

42-daqiqa. Ruslan Malinovskiy avvaliga burchak zarbasidan uzatmani amalga oshirdi, himoyachi to'pni yana to'g'ri ukrainalik futbolchiga qaytardi, bu safar Ruslan to'pni darvozaga yo'lladi, ammo yana noaniq.  

40-daqiqa. Leonardo Bonuchchi Sapataga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun jarima zarbasi belgilandi. Yaxshi zarbadan keyin Voycex to'pni qaytardi.  

39-daqiqa. Bir necha daqiqadan buyon "Atalanta" katta kuch bilan hujumga tashlanmoqda va raqibni maydonning ikkinchi yarmiga chiqishiga deyarli imkon qoldirmayapti. 

38-daqiqa. SARIQ KARTOCHKA. Kristian Romero ogohlantirildi.  

38-daqiqa. Ruslan Malinovskiy! O'ng qanotidan futbolchi jarima maydoniga kirib bordi va zarba yo'lladi, ammo to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. 

36-daqiqa. de Ligt maydon markaziga yaqin hududda Pessinaga nisbatan o'ta qo'pol harakat qildi, lekin hakam bu safar himoyachini kechirdi. 

34-daqiqa. SARIQ KARTOCHKA! Aynan Duvan de Ligtga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.  

32-daqiqa. "Atalanta"ning javobi. Sapata zarba uchun qulay vaziyatga chiqdi va to'pni darvozaga yo'lladi, biroq kiperga tekkan to'p darvoza ustidan o'tib, maydonni tark etdi. Burchak to'pidan esa naf chiqmadi.  

29-daqiqa. GOOOOOOOL! Federiko Keza! Yarim himoyachi kutilmaganda kuchli zarba bilan darvoza yuqori burchagini aniq nishonga oldi! Gollini hech nima qila olmadi. 

28-daqiqa. Yana de Ligt va Sapata to'qnashuvi. Sal kam 30 daqiqa o'yinni tomosha qila turib, shu narsa malum bo'ldiki niderlandiyalik himoyachi bugun Duvan Sapata bilan individual ravishda harakat qilmoqda.  

27-daqiqa. Mezbonlar safida majburiy o'zgarish. Arturning o'rnini Rabo egalladi.  

25-daqiqa. 2-3 daqiqa o'tgach, o'rnidan turdi va o'yinni davom ettirishga urinib ko'rdi, lekin o'xshamadi. Uning o'ziga to'p uzatilgach, futbolchi barchadan to'xtashni so'radi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborib, maydonga yiqildi.  

21-daqiqa. Artur to'qnashuvdan keyin shifokorlar yordamiga muhtoj bo'lib yotibdi. 

20-daqiqa. "Atalanta" burchak to'pi ishlab oldi. Uzatmadan keyin ish zarbagacha etib bormadi. 

19-daqiqa. Sapata va de Ligt to'p uchun kurashdi, himoyachi to'pni uzoqlashtirdi, lekin aynan Mateys oyog'ini ushlab yiqilayozdi. Takroriy lavhada Duvan Sapata biroz xavfli o'ynagani ko'rindi. 

17-daqiqa. "Atalanta" hisobni ochishiga sal qoldi. Malinovskiy, Pessina rivojlantirgan hujumni Duvan Sapata kuchli zarba bilan yakunlayotgandi, ammo de Ligt tanasini qalqon qilib, to'p darvozagacha etib bormasligini taminlay oldi. Ikkinchi urinish esa qovushmadi va SHensni to'pni egallab oldi.       

16-daqiqa. Morata qulay vaziyatda to'pga ega chiqishi mumkin edi, lekin Jimsiti bunga imkon qoldirmadi. 

15-daqiqa. Mehmonlarning navbatdagi hujumi zarbagacha etib bormadi. 

14-daqiqa. "Atalanta" hujumga o'tmoqchi bo'ldi, lekin markazda to'p oldirildi. 

12-daqiqa. Bu nimasi endi? Mezbonlar ajoyib imkoniyatga ega bo'lishdi. Morata va Ronaldu bitta himoyachiga qarshi chiqib borishdi hamda portugaliyalik futbolchi zarbasini posbon qaytardi, keyin to'pga Alvaro birinchi bo'lib etib keldi va darvozaga teskari turgan holatda tovoni bilan zarba berdi, biroq... Zarba qovushmadi va to'p noaniq yo'nalish olganidan tashqari, darvozagacha etib bormadi ham.    

9-daqiqa. Himoyachi to'pni darvozabonga qoldirdi, Alvaro Morata esa oxirigacha taqib etib bordi va Gollini keskinlikni yo'qqa chiqarish niyatida to'pni uzoqlashtirayotganda, Morata tashlanib bunga qarshilik qildi.   

6-daqiqa. O'yin tempi sekin-asta ko'tarilayotgandek. Hozirgi vaziyatda avvaliga Morata jarima maydoniga yorib kirmoqchi bo'ldi, himoyachi bunga yo'l qo'ymay, to'pni olib qo'ydi va javob hujumini boshlab berdi. "Atalanta" futbolchilari ham qisqa uzatmalar yordamida maydonning ikkinchi yarmiga o'tib ketishayotgandi, Mateys De Ligt qoida buzdi. 

5-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Yuve"ning dastlabki xavfli hujumi himoyachilarning xatosidan keyin yuzaga keldi. Raqiblar bir-biriga ishonib qolganidan foydalangan Morata to'pni ilib ketdi va jarima maydoni markazida turgan Ronalduga etkazdi, ammo KriRoning urinishi besamar ketdi.  

4-daqiqa. Mezbonlar himoyachilarining xatosidan so'ng "Atalanta" yana hujumga o'tdi va Matteo Pessina zarba yo'lladi, darvozabon o'z o'rnida. 

3-daqiqa. Jabrlanuvchining o'zi zarbani amalga oshirdi, ammo to'p juda-juda yuqoridan o'tib ketdi. 

2-daqiqa. Malinovskiy o'ngroqdan oldinga o'tayotganda Artur tomonidan yiqitildi. Xavfli jarima zarbasi belgilandi.

1-daqiqa. Markazda har ikki jamoa vakillari raqibga ortiqcha vaqt va hudud berishmayapti. 

O'yinni markazdan "Yuventus" futbolchilari boshlab berishdi. 

Futbolchilar maydonga tushib kelishdi. Sardorlar esdalik sovg'alari bilan almashishdi. 

Bellashuv start olishiga bir necha daqiqalar qolmodqa. Ungacha "Yuventus" futbolchilari stadionga kirib kelishi aks etgan suratlarni etiboringizga havola etamiz.

 

Juventus

Federico Chiesa - 29'

Serie A . 12-tur

16/12/2020, 21:30

1
:
1
Tugadi

Atalanta

Remo Freuler - 57'

Stadion: Allianz Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Doveri

45'
90'
27'  Arthur (Adrien Rabiot)
29'  Federico Chiesa
29'  Rodrigo Bentancur
46'  Adrien Rabiot
60'  Alvaro Morata
61'  Cristiano Ronaldo
75'  Federico Chiesa (Alex Sandro)
80'  Weston McKennie
84'  Alvaro Morata (Paulo Dybala)
38'  Cristian Romero
52'  Marten de Roon
53'  Matteo Pessina (Alejandro Gomez)
57'  Remo Freuler
71'  Ruslan Malinovsky (Aleksey Miranchuk)
71'  Duvan Zapata (Luis Muriel)


Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Yuventus" – "Atalanta"

22.30, "Alyanc Stedium"

"Yuventus" – SHensni, de Ligt, Danilo, Bonuchchi, Makkenni, Kuadrado, Bentankur, Artur, Keza, Ronaldu, Morata.

"Atalanta" – Gollini, Gozens, Palomino, Romero, Xatebur, Malinovskiy, Froyler, Pessina, de Ron, Jimsiti, Sapata.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика