So’nggi yangiliklar

19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  0 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  6 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  2 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  4 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  4 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  103

A Seriya yo'llanmasi uchun o'yin - muxlislar raqib murabbiyi qiziga tahdid qilib, yutqazib berishni so'rashmoqda Yangiliklar

A Seriya yo'llanmasi uchun o'yin - muxlislar raqib murabbiyi qiziga tahdid qilib, yutqazib berishni so'rashmoqda

Italiyada g'oliblik uchun kurash maydondan tashqarida ham bo'lishi hech kimga sir emas.

Italiya chempionati "B" Seriyasida kurash hal qiluvchi pallasiga kirib ulgurgan.

Bugun, dushanba, 10 may kuni 38-tur doirasida "Salernitana" safarda "Peskara" bilan to'p tepadi. Agarda "Salernitana" g'alaba qozonsa – A Seriyaga chiqadi. "Peskara" esa yanada quyiroq ligaga, S Seriyaga yo'l olishi aniq bo'lib ulgurgan.

Bir qarashda chempionatning yakuniy qismidagi odatiy hol, intriga va navbatdagi uchrashuv. Ammo o'yindan avval aqlbovar qilmas ishlar yuz bermoqda.


"Peskara" ustozi Janlukka Grassadoniya – Salernodan. "Salernitana" futbol klubi tarbiyalanuvchisi, asosiy jamoa safida yuzga yaqin o'yinda maydonga tushgan. Uning oilasi Salernoda istiqomat qiladi. Kuni-kecha esa murabbiyning 18 yoshli qiziga "Salernitana" muxlislari hujum qilishdi.

Italiyaning "La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga tayanadigan bo'lsak, barchasi quyidagicha bo'lgan – besh kun davomida qizga taxdid qilib kelishgan va keyin harakatga o'tishgan. Janluka Grassadoniyaning turmush o'rtog'i oila azolari shokda ekanligini va ular boshqa shaharga ko'chishlarini malum qildi.

Grassadoniyadan bo'lajak bahsda yutqazib berishni talab qilishmoqda. A Seriya yo'llanmasi taqdirini maydon tashqarisida hal qilish qanchalik to'g'ri? Inson hayotiga taxdid-chi? Nazarimizda, quyi ligaga tushib ketishi aniq bo'lib ulgurgan "Peskara" uchun chinakam motivaciya paydo bo'lgandek.

Pescara

Serie B . 38-tur

10/05/2021, 18:00

3
:
0
Tugadi

Salernitana

Andre Anderson - 67', Tiago Casasola - 72', Gennaro Tutino - 81'

Stadion: Stadio Adriatico Giovanni Cornacchia, 0 tomoshabin

45'
90'
24'  Jens Odgaard
66'  Rodrigo Guth
70'  Mirko Valdifiori
74'  Massimo Volta (Mardochee Nzita)
74'  Mirko Valdifiori (Andrea Tabanelli)
77'  Christian Capone
82'  Christian Capone (Alessio Riccardi)
46'  Cedric Gondo (Milan Djuric)
46'  Sofian Kiyine (Andre Anderson)
63'  Leonardo Capezzi (Andrea Schiavone)
67'  Andre Anderson
72'  Tiago Casasola
73'  Luka Bogdan (Ramzi Aya)
79'  Tiago Casasola (Tomasz Kupisz)
81'  Gennaro Tutino
81'  Tomasz Kupisz


Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика